Islomiy fondlar trust ko’rinishida. Bunday ko’rinishda investorlar jamgarma uchun ishonchli vakil tayinlaydilar Va ushbu vakil rentabilligi yuqori deb hisoblangan nuqtalarga jamg’arma mablag’larini investitsiya qiladi. Bunday holatda vakil jamg’armaga omonotdor sifatida javobgar shaxsga aylanadi.
Islomiy fondlar sherikchilik ko’rininishida Sherikchilik ko’rinishida fond menejeri ham jamg’armada o’z ulushiga ega bo’ladi, qolganlar aksiyadorlar singari ishtirok etishadi. Bunday holatda tayinlangan sherik fond mablag’larini boshqarishga javobgar bo’ladi.
Fondlar qanday holatda tashkil etilishidan qat’iy nazar, roli va majburiyatlari jihatidan o’zgarmas xarakterga ega bo’ladi. Fond menejeri jamg’armani boshqarishga va investorlar uchun foyda keltirish uchun javobgar shaxs bo’ladi.
Islomiy fondlarning tuzulishi Islomiy jamgarmalarda ko’plab kishilar ishtirok etadi. Investorlar, fond menejeri, shariat kengashi va fondlarni shakllantirishda ishtirok etuvchi boshqa hamkorlar shular jumlasidan.
Islomiy jamg’armalarda ishtirok etuvchi subyektlar: a) Investorlar: yakka tartibdagi va jamg’arma ko’rinishidagi investorlar jamg’armaga pul kirituvchilar bo’lishadi.
b) Fond menejeri: fond menejeri jamg’arma uchun javobgar shaxs bo’lib, investorlar nomidan ularning manfaatlaridan yuzasidan harakat qilivchi individual shaxs yoki tashkilot.
c) Shariat kengashi: shariat ulamolaridan tashkil topgan guruh bo’lib, fond faoliyatining islom ahkomlari doirasida amalga oshirilishi nazarot qilishadi.
d) Boshqalar: fondlar bilan turli xil hamkorlik shartnomalariga ega shaxslarr va tashkilotlar.
Islomiy fondlarning strukturasi Investorlar va fond boshqaruvchisi orasidagi konsruktiv munosabatlar fond strukturasini tashkil qilishda juda ham muhim omillardab biri hisoblanadi. Islomiy fondlar quyid keltirilgan tuzilmalardan taskil topishimumkin:
Mudoraba
Vakala
Mushoraka
Mudoraba strukturasi: Mudoraba bir tomon kapital ikkinchi tomon esa malaka va tadbirkorlik layoqati bilan boshqaruvga yo’naltirilgan holatda foyda olishga qaratilgan hamkorlik turidir. Bu ko’rinishda investorlar kapital bilan ishtirok etishadi, fond menejeri esa ushbu jamg’armani mudoraba shartnomasi shartlari asosida boshqaradi. Foyda investor va fond menejeri o’rtasida kelishilgan nisbat bo’yicha taqsimlanadi. Yo’qotish esa faqat invesorlar zimmasiga tushadi. Ba’zida foyda nisbati aniq qilib belgilanib qo’yilishi mmkin. Misol uchun, jamg’arma kutilayotgandan ko’ra yuqoriroq foydaga erishsa, bu foyda mudoribga berilishi yoki tomonlar o’rtasida yangidan kelishilgan nisbat bo’yicha taqsimlanishi mumkin. Lekin foyda doimo aniq o’rnatilga qiymatda bo’lishi mumkin emas. Foyda vaqt nuqtayi nazaridan kelishilgan tartibda taqsimlanishi mumkin.