Islom qadriyatlari


Dinnning siyosiy ildizlari



Download 52,38 Kb.
bet10/19
Sana11.07.2022
Hajmi52,38 Kb.
#773906
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
14 мавзу ISLOM QADRIYATLARI. (1)

Dinnning siyosiy ildizlari turli siyosiy kuchlarning dindan o‘z mayda-chuyda manfaatlarida foydalanish imkoniyati va shu tariqa uni bevosita yoki bilvosita qo‘llab-quvvatlashi orqali, uning jamiyatdagi roli va ta’sirini kuchaytirishida namoyon bo‘ladi. Shu ma’noda din va siyosat o‘rtasida ham uzviy va doimiy aloqa mavjud.
Dinning ibtidoiy shakllari.
Ibtidoiy odam hayoti haqidagi tasavvurlarimizga ko’ra, uning hayotida kelib chiqqan diniy tasavvurlar quyidagi ibtidoiy din shakllarida namoyon bo’lgan.
1. Totemizm. Totem so’zi - Shimoliy Amerikada yashaydigan Ojibva qabilasi tilida «uning urug’i» ma’nosini anglatadi. Uning mohiyati «odamlarning hayvonot yoki o’simlikning muayyan turlariga qarindoshlik aloqalari bor», deb e’tiqod qilishdir. Ehtimol, ma’lum bir jamoaning avvalda asosiy ozuqa manbaini tashkil qilgan hayvon yoki o’simlikka nisbatan e’tibor keyinchalik vujudga kelgan qabilaning diniy tasavvurlarining asosiy shakllaridan biriga aylangan bo’lishi mumkin. Urug’dosh guruhlar o’zlarini umumiy belgilari va totemlari bo’lgan hayvon yoki o’simlikdan kelib chiqqan deb bilar edilar. Ammo bunday totemlar va odamlar orasidagi aloqalar uzoq o’tmishga tegishlidir va bilvosita ularning mavjud bo’lganligini faqatgina qadimgi rivoyatlar tasdiqlaydi. Masalan, hozirgi davrgacha Avstraliya Aborigenlari orasida saqlanib qolgan afsonalardan ularning tasavvurlarini bilib olish mumkin.
Urug’dosh jamiyatning shakllanishi jarayonida totemizm muhim rol o’ynadi. Ayniqsa, ular qarindosh guruhlarning boshqalardan ajralishiga sabab bo’ldi. «O’zimizniki», ya’ni bir totemga tegishli degan aniq taassurot paydo bo’ldi. Totemizm ta’sirida paydo bo’lgan urf-odatlar va normalar asrlar davomida qat’iy ravishda qo’llanildi. Bu totemga xos bo’lmagan begonalar bu jamoa urf-odati va normalaridan chetda hisoblangan. Totemizmning bunday ijtimoiy roli totemistik ko’rinishlarni evolyutsion xarakteriga ham ta’sir ko’rsatdi. Vaqt o’tishi bilan qarindoshlik tizimining mustahkamlanib borishi jarayonida birinchi darajali totem tartibi haqida tasavvur ilgari surildi.
Insoniyat rivojlanishining dastlabki bosqichlarida totemizmning asosiy vazifalari - birinchi ma’ruzada aytib o’tilganidek birlashtiruvchilik, tartibga soluvchilik edi. Totemizm diniy shakllarning dastlabkisi bo’lishiga qaramasdan, hozirda ham ko’plab xalqlarning urf-odatlarida, e’tiqodlarida uning unsurlari saqlanib qolgan (Masalan, Hindistonda sigir, Avstraliyada kenguru, Qirg’izlarda oq bug’u afsonaviy baxt keltiruvchi hayvon sifatida ulug’lanadi).
2. Animizm (lotin tilida anima - ruh, jon ma’nolarini anglatadi). Animizm ruhlar mavjudligiga ishonch, tabiat kuchlarini ruhlantirish hayvonot, o’simlik va jonsiz jismlarda ruh, ong va tabiiy qudrat borligi haqidagi ta’limotni ilgari suruvchi ilk din shakllaridan biri. Ilk animistik tasavvurlar qadim o’tmishda, ehtimol totemistik qarashlar paydo bo’lgungacha, oilaviy jamoalarning shakllangunicha vujudga kelgan. Biroq yetarli tushunib yetilgan va barqaror ko’rinishdagi diniy xarakterga ega bo’lgan tizim sifatida kechroq, totemizm bilan bir vaqtda shakllangan.
Animizm totemizmdan farqlanadi. Totemizm ma’lum bir oilaviy guruhning ichki iste’moliga uni boshqalardan farqlash maqsadiga yo’naltirilgan bo’lsa, animistik tasavvurlar keng va umumiy harakterga ega. Ular hammaga tushunarli va ma’qul bo’lgan. Shu bilan birga u tabiatning qudratli kuchlarini - osmon va yer, quyosh va oy, yomg’ir va shamol, momaqaldiroq va chaqmoq kabilarni ilohiylashtirib, ularda ruh mavjud deb bilar edi. Tabiiyki, ibtidoiy odamlar nafaqat tabiatning buyuk mavjudliklarini, balki yer yuzining ayrim alohida qismlari - tog’lar va daryolar, adir va o’rmonlar kabi odam e’tiborini tortuvchi narsa va jismlarga ham ilohiy munosabatda bo’lar edilar. Hattoki ko’p yillik daraxt, kattaroq xarsang tosh, jarliklarga o’xshash narsalar ham ibtidoiy odamlar tasavvurida jonli, tafakkurli, sezuvchan va harakat qiluvchi, shuningdek, yaxshilik yoki yomonlik keltirishi mumkin deb tushunilgan. Shunday bo’lgach, ushbu tabiiy narsa, hodisalarga e’tibor bilan munosabatda bo’lish taqazo etilardi, qurbonliklar qilish, ularning haqiga duo qilib, marosimlar uyushtirilardi.
Animizm zamonaviy dinlarning barchasining asosiy aqidaviy qismini tashkil etadi. Jumladan, jahon dinlari bo’lmish buddaviylik, xristianlik va islomda ham ruhlar haqidagi ta’limot mavjud.

Download 52,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish