7-amaliy mashg‘ulot. Sulfid rudalarini bakterial oksidlashdagi muammolari va ularni bartaraf etish yo‘llari.
Qiyin ishlov beriladigan oltinsulfidli konsentratlarini biotexnologiya usullarini qullab qayta ishlashda, har hil masalalarning echilish nuqtai nazaridan kelib chiqiladi.
Bakteriyalar ishtirokidagi, sulfidli minerallarning oksidlanishida, boshqa kup elementlar ham kuchsiz sulfat eritmada ishqorlanadi (Eritmaga o’tkaziladi). Bunda, bakteriya xujayralari tomonidan, sulfid minerallari tug‘ri oksidlanadimi, yoki kuchli kimyoviy oksidlovchi uchvalentli temir ta’siri ostidami, kationlar va anionlar konsentratsiyasining ko’payishi kuzatiladi va ular bakteriyalar hayot faoliyati ta’siridanmi, yoki ikkovining ta’siridan kelib chiqishi mumkin. Bundan tashqari, oksidlanish jarayoni, yoki minerallarning parchalanishi shunga olib keladiki, Eritmaga utmagan elementlarda qator O’zgarishlar paydo bo’ladi. Ular valentligini uzgartirmagan holda, yangi paydo bulgan moddalar holatiga o’tadi (kalsiy gipslar tarkibiga utadi), yoki oltingugurt kabi, qisman oksidlanish natijasida, uzining reaksion qobiliyatini ko’paytiradi. SHunday qilib, “sulfid oltingugurti” kursatkichi, sifat tarkibini emas, umumiy oltingugurt va sulfid oltingugurti nisbati sifatida, tiklangan, + 4 dan – 2 gacha bulgan oltingugurt moddalarining yig‘indisi miqdorini kursatadi. Qattiq fazadagi oltingugurtning bunday birikmalari borligi, mumkin, sulfidlarning bakterial ochilishiga kam ta’sir etib, texnologiyaning keyingi bosqichlarida muhim ta’sir kursatishi mumkin.
Bakterial ishqorlanish texnologiyasining boshqa nuqtai nazari, pulpadagi bakterial xujayralarining sulfid minerallariga faol birikib, sulfidlarning tug‘ridan-tug‘ri oksidlanishini amalga oshirishidir. Ularning miqdori 10-107 xuj/g atrofida bo’lib, bioishqorlanish va yuvib tozalashda ham kuzatiladi. Aytish joizki, biozavodda qo’llaniladigan, biokekni tozalab yuvish loyihasi shunga olib keladiki, bakterial Eritmalarning bir qismi qattiq faza tomonidan ushlanib qoladi, va bu holat, yuvilgan biokek tarkibida bakterial xujayralarining ko’payishiga olib keladi. Yuqorida keltirilgan tafsilotlar, kekning keyingi ishqorlash texnologik amallarini utkazishda salbiy ta’sir kursatadi. Oldin ohakni, keyin ishqorli sianidlar Eritmasini qushish, bakterial xujayralarining ulishiga va parchalanib ketishiga olib keladi, va ular tarkibidagi organik moddalar Eritmaga utadi. Oltingugurtning reaksiyaga moyil moddalari (oksidlanish, politionatlar paydo bulishi) bilan kimyoviy reaksiyalar hosil bo’lib, bunga qushimcha kiritilgan sian- ionlar bilan rodanidlar ham paydo qilishadi. O‘shbu barcha jarayonlar, oltinning ionalmashinuvchi smolalarga sorbsiya bulishini qiyinlashtirib, smolaning hajmini kamaytirishadi, uning tashqi yuzasini organik moddalar bilan ifloslanishiga olib kelib, bu uz navbatida, oltinning desorbsiyasini qiyinlashtiradi va sunngi mahsulot chiqishining sifatini pasaytiradi.
Muammolarning echilishining ehtimolli bulgan yullari:
Konsentratning biooksidlanishida, biooksidlash bulinmasida, sulfid oltingugurtining tularoq oksidlanishi uchun bir necha yullar bor:
a) qo’shimcha bosqich yordamida, jarayon kechishining muddatini uzaytirish (yana bir reaktor qushish)
b) alohida fermenterda, temir ishtirokisiz muhitda etishtirilgan, oltingugurtning tiklangan moddalarini faol oksidlovchi bakteriyalar assotsiatsiyasining qushimcha miqdorini, ohirgi bosqichga ekish
v) Eritmadan ajratib olingan bakterial kekini alohidagi havzaga olib, unda 28-38°C issiqlikda, sulfidlarning qushimcha muddatdagi oksidlanishini utkazish
g) Q:S = 1: 1,5 –dagi nisbatda, mezofil mikroflora yordamida, havo aeratsiyasi bilan oksidlash (hovuz usuli).
2. Bakterial kekini tozalab yuvishda va uning qattiq fazasining keyingi repulpatsiyasida (suv qushib zichligini kamaytirish), keyinchalik , vakuum ostida, yoki press-filtrda filtrlashda, bir marotabali Eritma ajratishini kuzda tutish.
3. Sianidlar berilishidan oldin, tozalab yuvilgan bakterial kekini qoldiq va tiklangan oltingugurt miqdorini qushimcha oksidlash. Bunda faol oksidlashning bir necha usulini qullash mumkin:
a) havo kislorodi yordamida, pH muhiti kursatkichi 8 va undan baland holda, pulpani havo bilan faol qorishtirish va keyinchalik ishqorlovchi Eritmalar yordamida pH –ni korreksiyalash (tug‘irlash).
b) havo bilan qushimcha tarzda kimyoviy oksidlovchilar qushish, masalan vodorod pYeroksidi, yoki marganets birikmalarini.
v) oltingugurt birikmalarini kam ishqorli sharoitlarda oksidlovchi tion bakteriyalarini, yoki ularning assotsiatsiyalarini bakterial oksidlash jarayoniga qushish.
Barcha variantlarni qullab, tarkibida oltingugurt bor birikmalarni oksidlab bulgandan keyin, kekni qushimcha tozalab yuvilishini ta’minlashni kuzda tutish.
Ishqorlash biotexnologiyasini takomillashtirish uchun, barcha ishlarni bajarishda, GMZ-3 OIF bazasida, sutkasida 0,2-0,5 t hajmda sulfilarni oksidlovchi, ishlab chiqarish uskunasiga uxshash, pilot uskunasini yig‘ib ishlatish maqsadga muvofiqdir. Bunday qurilmada, texnologik jarayonning alohidagi pog‘onalirini, biokekni tozalab yuvishdan ishqorlash jarayonigacha qushib utkazilishi bilan urganish mumkin. Butun texnologik loyiha buyicha ishonchli natijalarni olib, biozavodning keyingi texnologik reglamentiga mahsus uzgartirishlar kiritib, uni yaxshilash mumkin. Bunga qushimcha, bunday uskunada, konsentratning biooksidlash pog‘onalarini qayta urganib, tozalab yuvish texnologik kursatkichlarini yaxshilab, biokekni ishqorlash va sorbsion sianlashga tayyorlashni engillashtiradi va boshqa oltinsulfidli konlardan keltirilgan konsentratlarning, yoki ularning qorishmalarining biooksidlash texnologiyasini urganish qulay.
Do'stlaringiz bilan baham: |