Reja
1. Misni yer ostida tanlab eritish jarayoni
2. Yer ostida tanlab eritishning afzalliklari
3. Misni yer osti-kimyoviy va bakterial-kimyoviy tanlab eritish
Rangli metall konlarini qayta ishlashda odatda ishlatilmagan balansdan tashqari yuqatiladigan rudalar yig‘ilib qoladi va ularda metallarning miqdori konditsiya miqdoridan past bo‘ladi.
Bu rudalardan samarali va rentablli ravshda metallarni ajratib olish uchun kon-geologik maqbul sharitlarda kimyoviy yoki bakterial-kimyoviy tanlab eritish usullarini qo‘llash mumkin.
Yer ostida tanlab eritish (EOTE) - foydadi komponentlarni ruda, tog‘ jinslaridan ularning o‘zi joylashgan o‘rinlarida eritmaga o‘tkazib,ularni erigan holatda yer yuzasiga qayta ishlash uchun chiqarishdir. (skvajenli va shaxta usiliga farqlanadi.)
Yer ostida tanlab eritish sxemasi uyumda tanlab eritish sxemasiga o‘xshash, farqi shundaki tanlab eritish kimyoviy yoki bakterial eritmalari yer ostida tanlab eritishda rudagacha ilgaridan qazilgan quduqlar orqali jo‘natiladi. Ma’lum vaqtdan keyin ruda qatlamidan sizib o‘tgan metallarni biriktiruvchi eritma yer ostidagi keyingi balantlikda yig‘iladi va u Yerdan nasoslar orqali yer yuzasida joylashgan sementatsialovchi yoki ekstraksiyalovchi uskunalarga uzatiladi. yer ostida tanlab eritish yoki shaxtasiz usuli foydali qazilma konlarini qayta ishlash, potensial imkoniyatlarning yuqoriligi bilan metal ishlab chiqarishni oshirish va sanoat miqiyosidagi zaxiralar ko‘lamini kengaytirish imkoniyatlarini beradi. Undan tashqari bu usulda kapital xarajatlarning pastligi, sarf xarajatlarning tezda qoplanishi, tashqi atrof muhitga kam ta’siri, kon ishlari xofsizligining yuqori darajasibilan xarakterlanadi.
Sanoat miqiyosida uranni yer ostida tanlab eritish AQSH, MDH va O‘zbekistan respublikasida amalga oshirilmoqda. yer ostida tanlab Eritishda konning kon-geologik sharoitlari va uni ekspluatatsiyaga tayyorlash muhim axamiyatga ega. Yer ostida tanlab Eritish texnologiyasi konning geologik, morfologik va gidrogeologik o‘ziga xosligi bilan uzviy bog‘liq. Birinchidan, kon rudasi Erituvchini tabiiy o‘tkazuvchanlik xususiyatiga yoki uni o‘tkazuvchan qilish imkoniyatiga ega bo‘lsin.
Ikkinchidan,ajratilgan ruda maydoni tagida o‘tkazmaydigan qatlam bo‘lib, metallarni ajratib olish uchun jo‘natiladigan Eritma, mahsulot Eritmasining oqib yo‘qotilmasligini va yig‘ilishini taminlasin. O‘tkazuvchanlik qobiliyatini hosil qilish uchun ruda odatiy usullarda maydalaniladi yoki yadroviy qo‘rulmalarlar qo‘llaniladi. Tanlab Eritiladigan ruda bo‘laklarining o‘lchami jaroyonga halaqit qiluvchi jinslar tarkibiga ,maydalash usuligava Erituvchining tarkibiga bog‘liq. Masalan: Sulfat kislotali EOTE kanallar va yoriqlar kolmatatsiyasi sababli ruda qatlamining filtrlash xususiyatini pasaytiradi. Bu holat ayniqsa ruda tarkibida halaqit qiluvchi jinslar-karbonatlar bo‘lsa, gips hosil bo‘lishi sababli kimyoviy kolmatatsiyani yuzaga keltiradi. Ruda qatlamini filtrllash xususiyatini oshirish uchun beriladigan hvoning yoki Erituvchining gidrostatik bosimi oshiriladi, hamda N2SO4 konsentratsiyasi minimum miqdorigacha pasaytiriladi. EOTE uchun ham, uyumda va chanlarda tanlab Eritish uchun ham jaroyonni belgilovchi asosiy omil Erituvchining pH dir. Undan tashqari OQP (Eh), ikki va uch valentli temir miqdori, kislorod, korbonatangidrid va sulfid minerallari yuzasidagi oksidlanish jaroyonlarini jadallashtiruvchi tion mikroorganizm-larining mavjudligi ham katta ahamiyatga ega.
EOTEda mikroorganizmlarining aktivligini oshirish uchun jaroyonga ta’sir etuvchi-pH, harorat, kislorod ta’minoti, karbonat kislotasi ,mineral tuzlar taminotini yaratish va bu prametrlarni optimallash zarur. A.I.Kalabin monografiyasida EOTE texnikasi va texnologiyasi , jaroyonning iqtisodiy ko‘rsatkichlari,uni qo‘llash amaliyoti, ilmiy asoslash metodikasi batafsil yoritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |