Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika univyersiteti


Misni Yer osti-kimyoviy va bakterial-kimyoviy tanlab eritish



Download 7,64 Mb.
bet70/119
Sana31.12.2021
Hajmi7,64 Mb.
#199482
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   119
Bog'liq
2 5325771064926538383

Misni Yer osti-kimyoviy va bakterial-kimyoviy tanlab eritish

Misni oksidlangan, aralash, va yuqotilgan, balansdan tashqari rudalardan ajratish uchun EOTE keng qo‘llanadi. Mayami (AQSH) ruda koni ekspluatatsiyasida misni EOTE qo‘rulmasida katta tajriba orttirilgan. Shunga qaramay konda 0,1-0.2 % mis briktirgan anchagina zahira qolgan. Mis asosan xalkozin (Cu2S) shaklidadir.

Jaroyon texnologiyasi qo‘llanayotgandan buyon uzluksiz takomillashtirildi.

Dastlab ruda massasini qayta ishlangan 0.46 km2 qulotilgan maydonustidagi chuqur orqali sug‘orildi. Shundan so‘ng chuqurning bir qismi 0.78% gacha mis biriktirgan maydalangan sulfidli va oksidlangan mis rudasi bilan to‘ldirildi. SHu tariqa chuqurda 0.019 km2 yaqin ruda uyumi hosil bo‘lib u yer ostidagi ruda bilan birga tanlab Eritildi.

Erituvchi sifatida faqat oksidlangan mis minerallarni erituvchi suvni qo‘llash, samarasizligi ma’lum bo‘ldi. Shuning uchun erituvchi eritmalarga sulfat kislotasi qo‘shildi. Uning konsentratsiyasi 30 dan 3-4 g/l gacha pasaytirildi.

Erituvchiga havuzda sulfat kislota qo‘shilganidan kiyin polietilen quvurlar orqali sachratib sug‘orish uchun uzatiladi. Eritmalar uch-to’rt hafta davomida ruda qatlamidan sizib o‘tib ma’lum doirada (gorizonte 305 m) yig‘iladi va u yerdan nasoslar orqali misni ajratish uchun jo‘natiladi.

Erituvchining pH 2,4 yaqin bo‘ladiki, bu bakteriyalar hayot faoliyati uchun eng qulay sharoitdir. Tuproqli maydonlarda sug‘orish maxsus 15X15 m. joylashtirilgan quduqlar orqali amalga oshiriladi. Sug‘orish Eritmada tanlab Eritishdan kiyin misning konsentratsiyasi 1.3-0.9 g/l. gacha pasaygunicha davom ettiriladi. Ruda qatlamida harakatlanayotgan erituvchining tezligi 659 m/sutkani tashkil qiladi. Sug‘orish oralig‘idagi interval 3 oyni tashkil qilib, bu vaqt oralig‘ida nafaqat havo kislorodi ta’sirida balki tion mikroorganizmlari ta’sirida ham sulfidli minerallar oksidlanadi. Eritmaning bo‘g‘lanish orqali yuqotilishi 10% dan oshmaydi. Eritma tarkibida odatda 2 g/l gacha Cu va 2 g/l gacha Fe bo‘ladi. Misni Eritmadan ajratish sementatsiyalash orqali metall qirindi bo‘lakchalari yordamida 1t. mis uchun 0.59 dan 1.09 t. gacha sarflab amalga oshiriladi yoki ekstraksiyalanadi. Sementatsiyalab olingan mis 80-85 % gacha Su ni briktiradi.1 t. mis uchun 1,4 t qirindi temir bo‘laklari va 5.17 t sulfat kislotasi sarflanadi.

13. 1. Rasmda sulfidli mis minerallarini yer ostida tanlab eritishning prinsipal sxemasi («Big Mayk» AQSH misolida) keltirilgan. Rudada mis xalkozin (Cu2O) shaklida bo‘lib misning miqdori 2 %. Sulfat kislotali tanlab Eritishda pH 2 Erituvchida misning ajralishi 70% gacha etadi. Yalpi portlatishdan so‘ng 600 mingga yaqin tog‘ massasi maydalanib o‘rtacha 230 mm,bo‘lakchalar hosil qilindi va unda to‘rt pog‘anali teks maydonda sachratib tarqatuvchi diometri 50 mm. polixlorvinilli shlanglar joylashtirildi. Sulfat kislotaning kuchsiz Eritmasi (rH=1,5-2) magistral yo‘l orqali tarqatuvchi quvr uzatgichga 750l/min. miqdorida uyum yuzasiga berildi. Misni biriiktiruvchi Eritma maydalangan ruda qatlamidan sizib o‘tib ochiq kon tubiga quyiladi. U Yerdan ochiq konning 54m. chuqurlikdagi qudug‘i orqali sementatsiyalovchi qurilmaga etkaziladi. Maxsulot Eritmasi 2g/l. gacha misni biriktiradi.

MDH (Destyarsk) ruda konida bakterial-ximyoviy EOTE sanoat sinov qurulmasi ishga tushurilishi shuni, ko‘rsatdiki, Eritmada tion mikroorganizmlarining mavjudligi mahsulot Eritmasida misning miqdori ko‘payishiga, temir sulfat tuzi regeneratsiyasi tezligining oshishiga olib keladi. Fosforli tuzlar, ammoniy sulfatning ishlatilishi xujayralar miqdorini ko‘paytirib ularning aktivligini oshiradi. Bunda misning sutkalik ajralishi 10-17% ga, ruxniki esa 16-28% ga oshadi.

13. 1. Rasm. Sulfidli mis minerallarini Yer ostida tanlab Eritishning prinsipal sxemasi («Big Mayk» AQSH)

1- Sulfat kislotasi idishi; 2- Erituvchi Eritmasini tayyorlash uchun havuz; 3- chiqit Eritmalari uchun quvur; 4- toza suvni uzatish uchun nasos; 5-Erituvchini uzotish quviri; 6- sug‘orish sistemasi; 7- mahsulot Eritmasini chiqarib olish qudug‘i ;8- sementatsiyalash kameralari; 9- qurutish maydoni; 10- chiqit Eritmalari uchun zumf .
Takrorlash uchun savollar

1. Foydali qazlmalarni Yer ostida tanlab eritishning boshqa tanlab Eritish usullaridan prinsipial farqi nimada?

2. Fizikoviy kolmatatsiya nima va u qaysi sabablarga ko‘ra sodir bo‘ladi ?

3. Kimyoviy kolmatatsiya nima va u qaysi sabablarga ko‘ra sodir bo‘ladi ?

4.Ruda qatlamini filtrllash xususiyatini oshirish uchun qanday choralar qo‘llash mumkin

5. Yer ostida tanlab Eritishda mikroorganizmlarining aktivligini oshirish uchun qaysi asosiy omillarni optimallash zarur ?

6. Misni Yer osti-kimyoviy va bakterial-kimyoviy tanlab Eritish texnologiyasini amalga oshirish tartibini tushuntiring.

7. Sulfidli mis minerallarini Yer ostida tanlab Eritishning prinsipal sxemasini («Big Mayk» AQSH) izohlang?



Download 7,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish