Leptotrix diskophora mikroorganizmida bu mexanizm aniqlangan.
Fermentlarsiz oksidlash jarayoni mikroorganizmlar tomonidan ishlab chiqarilgan metabolitlar yordamida amalga oshirilgan, keyin marganets cho’kib Megaterium, Siderocopsa va b. bakteriyalar xujayra devorchasida yig‘ilgan (sorbsiyalangan). Temirni oksidlashga qodir temir bakteriyalari guruxiga kupgina geterotrof, fototroflar, mikro suvutlari va b. kirib, ular temirni cho’kma xolatiga o’tkazishadi. Bular qatoriga avvalambor bir xujayralilar kiradi- Siderocopsa, Metallogenium, Galionella, temir bakteriyalarining ipsimon formalari – Spirothrix, Leptothrix.
Sorbsiya natijasida pH 5-7,5 va 4 dan 180C gacha bulgan tempYeraturada bakteriyalar tashqi tomoni temir gidroksididan iborat qopchiqlar bilan qoplanadi. Tashqi qopchiqning diametri 2-3 mkm, ichkisi 1 mkm etkanda, bakteriyalar, xuddi pust almashtirganday, eski qopchiqni tashlab, yangisi bilan qoplana boshlashadi.
As3+ oksidlovchi bakteriyalar turkumiga Pseudomonas arsenitoxidans avtotrof kulturasi kiradi. Bu kultura oltinmishyakli rudalardan ajratib olingan. Mishyakning oksidlanishi pH 6 quyidagi loyixa buyicha amalga oshadi
NaAsO2 + H2O ↔ NaAsO3 + 2H+ + 2e (7)
Sanoat chiqindi suvlarini mishyakdan tozalashda Pseudomonas putida va Alcaligenes eutrophus aerob geterotrof bakteriyalari qo’llanilishi mumkin.
Sanoat chiqindi suvlarini mikrobiologik usul bilan xromdan tozalanishining asosi shundan iboratki, Pseudomonas dechromaticans bakteriyalari xromat va bixromatlarni elektronlar akseptorlari sifatida anaerob organik muhitlarda O’zlarining rivojlanishi uchun qullashadi. pH 7,7-8,3 da va 20-250C temperaturada Cr6+kationi Cr3+ -ga tiklanadi, va Cr(OH)3 gidroksidi sifatida chukma xoliga utadi. Xromit konlarining sanoat chiqindi suvlaridan Pseudomonas chromatophila va Aeromonas dechromatica geterotrof mikroorganizmlari ajratib olinib, ular xromning tiklanishida ishtirok etishadi.
Xar xil mikroorganizmlar va ularning metabolitlari yordamida oltinni eritish hususiyatlari aniqlangan. Ayniqsa Bacillus, Pseudomonas, urug‘lariga mansub aminokislotalar ajratuvchi mikroorganizmlarda bu xususiyat yorqin namoyon bulgan. Bu aminokislotalar va oqsillar pH 9-10 da aminogruppa orqali Au–N bog‘ini hosil qilishadi, ular esa anion birikmalarini hosil qiladi. Oltinning aminokislotalar yordamida erishi asosan oksidlovchi perekislar yordamida amalga oshadi.
Auo H2O2 Au – N (8).
Kislotali muhitda aminokislotalar oltinni metall xolatigacha tiklaydi va natijada “yangi” oltin paydo bo’ladi. Oltinning yig‘ilishi (akkumulyasiya) va chukmaga o’tishi ko’pgina bakteriyalar, mitselial zamburug‘lar va bakteriyalarning mikro nusxalari yordamida amalga oshadi. Aspergillus niger zamburug‘lar massasi 2000C temperaturada quritilib, ularning konsentratsiyasi 40 g/l etkazilganda, eritma holatidagi oltinning 100% foizi chukma holatiga 4 sutka ichida amalga oshdi. Sorbsiyalovchi hususiyatlari bo’yicha mog‘orli zamburug‘lar faollashgan kumirlardan kam emas, sian birikmalarini yutish buyicha kumirlardan 10-12 barobar ustun turishadi va ion almashinuvchi elimlardan (smola) qolishmaydi.
Ayrim silikat va alyumosilikat minerallarini parchalashda ko’pgina mikroorganizmlar guruhi ishtirok etishadi va ular orasida avtotroflar (Thiobacillus sp, A.thioparus va b.), geterotroflar (Aspergillus niger, Bacillus megaterium, Bacillus musilaginosus), va tuproq mikroorganizmlari populyasiyasi, simbiotik kulturalar– lishayniklar va b.
Tuproqdan Aleksandrov tomonidan ajratilgan Bacillus musilaginosus, aerob turga mansub bo’lib, tarkibida uglevodlar va azot birikmalari bor sun’iy muhitlarda va kartoshka agarida yaxshi rivojlanishadi. Uglerod energiya manbasi sifatida kraxmal, glyukoza, saxaroza, fruktoza, laktozalar va b. pH 7,5-9 va 37-400C temperaturada ishlatishadi. Optimal temperaturada ular slikatlarni parchalab kremniy ajralishini ta’minlashadi. Ushbu bakteriyalarning tarkibida kremniy moddasi kup boksitlarni kremniysizlantirishi ham aniqlangan.
Eritmalardan metallarni yig‘ib (akkumulyasiya) qilish xususiyatlari ko’plab mikroorganizmlarga xos, va bu hususiyat metallar biosorbsiyasida qo’llaniladi. Ushbu mikroorganizmlarning biomassasi yuqori sorbsion sig‘imga ega.
Avtotrof mikroorganizmlar, suv utlari va geterotroflar o’zlarida kadmiy, kobalt, mis, nikel, kumush, oltin, molibden va uran ikkioksidini yig‘ish imkoniyatiga ega.
Aktinomitsetlar faol ravishda toriy va uran ikki oksidini yig‘ishadi, drojjalar–kadmiy, kobalt, mis, nikel va ruhni. Mitselial zamburug‘lari kobalt, radiy, toriy, marganets, simob, qurg‘oshin, ruh, uran ikki oksidini yig‘ishda qo’llanilishi mumkin va bundan tashqari sanoat chiqindi suvlari va h. ko’plab moddalarni sorbsiyalab, eritma va chiqindilardan metallarni cho’kmaga tushirishlari mumkin.
Savollar:
1.Idishdagi bakterial ishqorlash usulining afzalligi?
2. Mikroorganizmlarning asosiy turlariga ta’rif bering?
3. Fe2+,S0 i MeS oksidlovchi bakteriyalarga tushuncha bering?
4. Acidithiobacillus urug‘iga mansub bakteriyalar sinflariga tushuncha bering?
5. Sulfatredutsiyalovchi bakteriyalar hususiyatlari?
6. Mikroorganizmlar nima va ularning tavsifi?
7. Oxirgi yillarda mikrobiologlarning izlanishlari qaysi yunalishlarda olib borilmoqda?
8. Bakteriyalar sinflanishiga nimalar asos olingan?
9. Kislorodga nisbatdan bakteriyalar qaysi sinflarga bulingan?
10. pH muhiti va temperaturaga nisbatan bakteriyalar sinflari?
11.Ozuqa muhitiga nisbatdan bakteriyalar sinflari?
12. Marganets, xrom va kremniy birikmalariga bakteriyalarning ta’siri?
13. Og‘ir metallarni sorbsiyalovchi mikroorganizmlarga tushuncha bering?
14. Sanoat chiqindi suvlarini tozalashda mikroorganizmlarning roli?
Do'stlaringiz bilan baham: |