Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali «konchilik ishi» kafedrasi


-MA’RUZA TOG‘ JINSLARINING SUVLANGAN MASSIVI HOLATINI



Download 5,28 Mb.
bet53/107
Sana01.07.2022
Hajmi5,28 Mb.
#727593
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   107
Bog'liq
O\'UM ГЕОМЕХАНИКА lotin

29-MA’RUZA


TOG‘ JINSLARINING SUVLANGAN MASSIVI HOLATINI
TО‘SIQLI PARDALAR BILAN BOSHQARISH.


Reja:
1.Ochiq ishlarda er osti suvlari bilan kurashashdi tо‘siqli pardalar haqidagi umumiy ma’lumotlar va ularning afzalliklari.
2.Transheya-tirqishli tо‘siqlar
3.Quduq-tirqishli tо‘siqlar
4.Inyeksion tо‘siqlar. Kriogen (muz jinsli) tо‘siqlar. Inyeksion tо‘siqlarni qurish va kriogen (muz jinsli) tо‘siqlarni yaratish texnologiyasi.

Hozirgi vaqtda Karyerlarni er osti suvlaridan himoya qilishning ustuvor usuli hisoblanadigan drenaj - atrof muhitga salbiy ta’sir kо‘rsatish bilan bog‘liq bо‘lgan bir qator sezilarli kamchiliklarga ega.


Yer osti suvlarini uzoq vaqt davomida tortib chiqarish ularning tо‘yinishi, harakatlanishi va bо‘shashishini keltirib chiqaradi, va bu katta maydonlarda depression voronkalarning shakllanishiga olib keladi. Shu munosabat bilan daryolar, kо‘llar, suv omborlarining rejimi buziladi; ichimlik suvlarining quduqlar va mayda suv havzalari qurib qoladi; yirik suv havzalarining unumdorligi pasayadi; tanlanib olinayotgandlarining ifloslanishi natijasida er osti suvlarining siqati yomonlashadi. Darajalar va bosimlarning sezilarli pasayishi natijasida er yuzasi chо‘kadi va drenaj zonalarida muldalar hosil bо‘ladi, bu esa er yuzasi va er osti inshootlarining deformatsiyalanishiga olib keladi. Ba’zi hollarda karst hosil bо‘lish va suffoziyalanish jarayonlari jadallashadi.
Drenajning atrof muhitga salbiy ta’siriga yо‘l qо‘ymaslik va Karyerlarning qurish samarasini sezilarli oshirish er osti suvlari bilan kurashishning yangi istiqbolli uslubi – tо‘siq imkonini beradi.
Tо‘siq himoyalanadigan obyektga er osti suvlarining harakatlanish yо‘lida suv tashuvchi gorizontlarga joylashtiriladigan filtrlashga qarshi pardalar tizimini namoyon qiladi.
Ilk bora tо‘siqli (filtrlashga qarshi) pardalar uzunligi va о‘lchamlari unchalik katta bо‘lmagan uchastkalarni himoya qilish maqsadida gidrotexnik qurilishda qо‘llanilgan. Konchilik ishida tо‘siq birinchi marta shaxta stvollari kavlanganda joriy etilgan edi. Hozirgi vaqtda undan gidrotexnik, fuqarolik kon sanoati qurilishi amaliyotida foylanilmoqda.
Karyerlarni er osti suvlaridan himoya qilish uchun filtratsiyalashga qarshi pardalarning keng miqyoslarda qо‘llanilish imkoniyati konchilik ishi etakchi mutaxassislarining tadqiqotlari bilan isbotlangan.
Yer osti suvlaridan himoya qilish bо‘yicha maxsus ishlar zarur bо‘lgan foydalanilayotgan, qurilayotgan va loyihalanayotgan Karyerlar uchun tabiat sharoitlarining tahlili, 137 holatdan 85tasida (61 %) tо‘siq qо‘llanilishi maqsadga muovifligidan darak beradi.
Tо‘siqli pardalarni qо‘llanilishining asosiy sharti – tо‘siq qо‘yuvchi suv tashuvchi gorizontlar asosida suv о‘tkazmaydigan bog‘lanma (loyli) jinslarning mavjudligidir. Filtratsiyalashga qarshi parda ushbu jinslar bilan birlashishi kerak (odatda u ularda 1,5—2 m) chuqurlikka tushib turadi, ya’ni pardalar mukammal bо‘lishi kerak (1-rasm). Nomukammal pardalar hatto ularning asoslari va suvga chidamli jinslar о‘rtasida masofadagi bir necha diametr bо‘lib qolsa ham о‘z samaradorligini yо‘qotadi.
Qurilish usuli bо‘yicha tо‘siqlarning quyidagi bir necha tiplari qо‘llaniladi: transheya-tirqishli, quduq-tirqishli, inyeksion va kriogen (muz jinsli).
Tirqishsimon qazilmalarni kavlash uchun seriyaviy ekskavatorlar, transheya qazigichlar, chо‘kdirish privodiga va aylanib harakatlanadigan burg‘ulash qurilmalari qо‘llaniladi.
Tо‘siqli transheyalarni ekskavatorlar bilan kavlash bloklarda amalga oshiriladi. Chiqarilgan jins transheya chetiga taxlanadi. Qazilma devorining turg‘unligi transheyani kavlash vaqtida tо‘ldiriladigan loyli qorishma bilan ta’minlanadi. Blokni kavlash tugagandan sо‘ng transheyaga bо‘ldozerlar yordamida chiqarilgan jins va unga qо‘shilgan loydan iborat bо‘lgan tо‘ldirgich yordamida tо‘ldirib qо‘yiladi.
Transheyalarning uzluksiz kavlanishi kurakli yoki о‘rnatma frezerli tipdagi ishchi organiga ega bо‘lgan maxsus transheya kavlagichlar yordamida olib boriladi (2-rasm). Bunday mexanizmlar chet el amaliyotida keng qо‘llaniladi, ular yordamida 1.6 m enlikdagi va 12.5 m.gacha chuqurlikdagi, almashtirilganda 150---400 munumdorlikka ega bо‘lgan filtratsiyalashga qarshi pardalarni qurish mumkin. CHо‘kdirish privodiga ega bо‘lgan SVD – 500, SVD – 500r, UBS – 1 va boshqa jinslarni buzuvchi asbobning aylanuvchan harakatini о‘rnatish keng tarqaldi.
Quduq-tirqishli tо‘siqlar aylanuvchan va zarbali burg‘ulaydigan burg‘ulash stanoklari yordamida, hamda shpuntni qoqish va vibrochо‘kdirish usuli bо‘yicha quriladi.
Quduq-tirqishli tо‘siqlar qurilganda UKS-22M, UKS-30M, BS-1M kabi zarbali burg‘ulanadigan, UKS-30M-OP, URB-ZAM, UKS-22M-OP aylanuvchan stanoklar keng qо‘llaniladi. Tо‘siqlarni burg‘ulash stanoklari bilan kavlash о‘zaro kesishadigan quduqlar ki blokli kavlash bilan olib boriladi (3-rasm). Birinchi holatda quduqlar navbatma-navbat burg‘ulanadi: dastlab toqlari (3a-rasm) ularni tо‘siq materiali (beton) bilan tо‘ldirib, sо‘ngra juftlari (3b-rasm) yoki bir vaqtning о‘zida tо‘ldirilib biri biridan keyin burg‘ulanadi. Ikkinchi holatda quduqlar blok doirasida yaxlit tirqish hosil qilib yо‘naltiruvchi kolonnalar himoyasi ostida kavlanadi. Tirqish blok kavlanishi tugagandan sо‘ng tо‘ldiriladi (3v-rasm).
Quduq-tirqishli tо‘siqlarning maksimal chuqurligi 100 m, pardaning kengligi 0,9 m.gacha, zaif yumshoq jinslar almashganda 3—8 m /, qattiq jinslar almashganda esa 0.4---1.2 m / unumdorlikka ega bо‘ladi.
Quduq-tirqishli tо‘siqlarning asosiy kamchiligi – parda yaxlitligi nazorat qilinishining murakkabligi, ayniqsa qiyshayib ketishi mumkin bо‘lganligi sababli о‘zaro kesishuvchan quduqlar burg‘ulanganda.
Tо‘ldirish yoki vibrochо‘kdirish usuli bilan tо‘siqli pardani qurish (keyinchalik uni ajratib olib) uzunligi 8 m.gacha bо‘lgan standartli ikki tavrli temir balka (shpunt) yoki dizel-bolta, relsda yuradigan kopyor yordamida amalga oshiriladi.
Ishlarning texnologiyasi quyidagilardan iborat: shpunt vibrator yordamida tog‘ jinslari ga chо‘kdiriladi, sо‘ngra chiqarib olinadi, va hosil bо‘lgan bо‘shliqqa parda materiallari haydaladi. 0.1 mqalinlikdagi va 7 m.gacha chuqurlikdagi pardalar hosil bо‘ladi. Mazkur usul vaqtinchalik foydalaniladigan pardalarni qurish uchun qо‘llaniladi. Tо‘siqli tirqishlarni tо‘ldirish uchun filtrlashga qarshi material sifatida loyli, sement-loyli qattiqlashtiruvchi va qotmaydigan qorishmalar; bitumlar bilan tо‘yintirilgan matolar (qanor qop matosi, parusina, brezent); sintetik plyonka materiallar (poliyetilen, polivinilxlorid) qо‘llaniladi. Transheyalarni qorishmalar bilan tо‘ldirish kо‘pincha kо‘tariladigan oqim uslubi bilan amalga oshiriladi (4-rasm).
Inyeksion tо‘siqlar suv tashish qatlamiga tog‘ jinslarining g‘ovvaklariga va yoriqlariga kirib borib, ularning filtratsion qobiliyatini pasaytiruvchi maxsus mahkamlovchi qorishmalarni haydash yо‘li bilan barpo etiladi (5-rasm).
Inyeksion materiallar sifatida sementli, sement-loyli va loyli qorishmalar; bitumla, suyuq shisha, sintetik qatronlar qо‘llaniladi. Yoriqsimon tog‘ jinslaridagi tshsiqlar uchun sementli va sement-loyli qorishmalar qо‘llaniladi. Issiq va sovuq bitumlar er osti suvlarining katta tezliklari bilan karstlangan jinslarda foydalaniladi. Suyuq shishani (silikatlash) 1.0---1.2 mmfraksiyali qumli jinslardagi о‘siqlar uchun qо‘llash maqsadga muvofiq. Qatronlash tog‘ jinslariga sintetik qatronlar (karbamid, epoksid, fenolformaldegid va b.) haydash yо‘li bilan amalga oshiriladi. Qotirgichlar sifatida tuz, shovul va forfor kislotalari, xlorli ammoniy va xloroi temirdan foydalaniladi. 0.5 dan 5.0 m/sut.gacha koyeffitsiyentli mayda donachali va changsimon qumlarda qatronlarni qо‘llash samaraliroq sanaladi.
Kriogen (muz jinsli) tо‘siqlar jinsning haroratini sun’iy yо‘l bilan pasaytirish va uning tarkibidagi erkin suvni muzlatish yо‘li bilan yaratiladi. Muz jinsning zarrachalarini sementlaydi va tog‘ jinslari massivning suv о‘zkazmasligini ta’minlaydi.
Jinslarni muzlatishning namokob, tuzsiz, havo-namokob va havo usullari qо‘llaniladi. Namokob usul quduqqa muzlatilgan (minus 30---40 grad.gacha) konsentratsyalangan tuzli namokoblarni haydashdan iborat. Namokobsiz uulda esa quduqdagi jinslar suyuq ammiakli karbonat angidridining bug‘lanishi hisobiga muzlaydi. Havo usulida tabiiy sovutish akkumulyatorlaridan foydalaniladi.
Konchilik amaliyotida tо‘siqli pardalarni tanlash kо‘plab omillarga va birinchi о‘rinda gidrogeologik sharoitlar bilan belgilanadi. Tо‘siqlarni suvlangan massivni barpo etishga sarflanadigan kapital xarajatlar drenajga sarflanadigan kapital xarajatlardan kam yoki ularga teng bо‘lganda suvli massivning holatini boshqarish vositasi sifatida qо‘llanilishi iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq sanaladi.
Planda joylashtirilish sxemasi bо‘yicha tо‘siqli pardalar chiziqli va konturli (yopiq va ochiq) turlarga bо‘linadi. Chiziqli pardalar Karyerlar va ularning uchastkalarini er osti suvlari yassi parallel bо‘lganida (masalan, Karyer borti yaqinida joylashgan daryodan chiqadigan suv filtratsiyalanganda) qо‘llaniladi. Konturli pardalar esa Karyerlardagi er osti suvlarining yumaloq shaklga yaqin bо‘lgan radial oqimi sharoitlarida qо‘llaniladi.

Download 5,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish