Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali «konchilik ishi» kafedrasi


-MA’RUZA TOG‘ JINSLARINING SUVLANGAN MASSIVI HOLATINI



Download 5,28 Mb.
bet51/107
Sana01.07.2022
Hajmi5,28 Mb.
#727593
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   107
Bog'liq
O\'UM ГЕОМЕХАНИКА lotin

28-MA’RUZA


TOG‘ JINSLARINING SUVLANGAN MASSIVI HOLATINI
DRENAJLASH TIZIMI BILAN BOSHQARISH


Reja:
1. Karyerlarni suvdan himoya qilish bо‘yicha umumiy masalalar.
2. Geologik, gidrogeologik va muhandis-geologik omillarga qarab konlar murakkablilik darajasining tasniflanishi.
3. Drenajlash tizimlari, ustroystva i texnicheskiye sredstva drenaja.

Karyerlarni suvdan himoya qilish borasidagi umumiy masalalar.Yer osti va ertyuzasi suvlari – Karyerlar bortlari, qiyaliklari, pog‘onalari va ag‘darmalari turg‘undigining buziilishiga olib keluvchi muhandis-geologik hodisalarni belgilab beruvchi muhim, ba’zan hal qiluvchi sababidir. Massivlar turg‘unligining buzilish va Karyerga tushadigan katta suv oqimlari tog‘ ishlari uchun xavfli vaziyatni yuzaga keltiradi, texnologik uskunalarning ishdan chiqishiga, foydali vazilmaning yо‘qolishiga va suvsizlanishiga olib keladi.


Ochiq kon ishlarining ishlab chiqarishga salyuiy ta’sirini pasaytirish uchun Karyerlarni himoya qilish bо‘yicha maxsus chora-tadbirlar nazarda tutilgan.
Karyerlar er osti suvlaridan yomg‘ir, erigan va toshqin suvlarini yig‘ish va Karyer maydonlari tashqarisiga chiqarib yuborish maqsadiga ega bо‘lgan gidrotexnikinshootlar tizimi yordamida himoya qilinadi. Bunday tizim Karyer gidrohimoyasi degan nomga ega. Karyer suvlari bilan kurashish Karyer ichi suv chiqarishi yordamida amalga oshiriladi. Er osti suvlarini himoya qilish uchun er osti suvlari oqimining yoki uning bir qismining Karyer tashqarisida drenajli qurilmalar bilan tutilishini nazarda tutuvchi drenaj qо‘llaniladi.
Karyerni suvdan himoya qilish tizimini kо‘plab sonli tabiiy omillar va kon ishlarini olib borish texnologiyasini hisobga olgan holda loyihalashtirish kerak. Karyerni suvdan himoya qilish tizimini tanlashga ta’sir qilvchi asosiy tabiiy omillarga geologik, gidrogeologik, muhandis-geologik,orogidrografi va iqlim omillari kiradi.
G.L.Fesenko va boshqalar tomonidan qiyaliklardagi jinslarning turg‘unligiga er osti suvlarining ta’sir qilish darajasi va suv tashish qatlamlarining joylashish sharoitlarini hisobga olingan asosiy tasniflash alomatlari sifatida ochiq usulda qaziladigan konlarni tasniflash taklif etilgan edi. Ushbu tasniflashga binoan, barcha konlar uch asosiy guruhga ajratiladi.
Birinchi A guruhiga yumshoq bog‘lanma va qattiq loyli, shuningdek yumshoq bog‘lanmas yoki zaif seyemntlangan jinslaridan tuzilgan konlar kiradi. Mazkur jinslardagi qiyaliklarning turg‘unligini er osti suvlarining mavjudligi belgilab beradi. Jinslarning joylashish sharoitlariga qarab A guruhdagi konlar uchta kichik guruhlarga ajratiladi:
A-1 – qatlamlari gorizontal joylshgan;
A-2 – nishablab yiqiladigan (8---100gacha);
A-3 - nishabli va tik yiqiladigan.
B guruhi konlari asosan suv ta’siri ostida о‘zining mustahkamligini о‘zgartirmaydigan qoyali va yarim qoyali darzsimon turg‘un jinslardan tuzilgan.
V guruhga geologik tuzilishida A va B guruhlar uchun xos bо‘lgan jinslar komplekslarining uchastkalari qabо‘l qilinadi.
Karyerlarni er osti suvlaridan himoya qilganda oqilona quritish meyorlarini tanlash qiyaliklar, pog‘onalar, Karyerlar bortlari va ag‘darmalari yoki yoki ruxsat etilgan darajalari, suv bosimlari va oqimlaridan kelib chiqqan holda muhandis-geologik hodisalari kon ishlarini olib borilishini murakkablashtirmaydi.
Karyerlarning drenaj tizimlari– ma’lm ketma-ketlikda ishga tushiriladigan va aniq sxema bо‘yicha joylashtiriladigan suv tashuvchi gorizontlarni quritish va er osti suvlarini tutish uchun mо‘ljallangan drenaj qurilmalari majmuasini namoyon qiladi.
Drenaj qurilmalarining joylashish sxemasi, qurilish va xizmat kо‘rsatish muddatiga qarab drenaj tizimlari bir necha tiplarga bо‘linadi. Qurish muddatlariga qarab inshootlar ilgarilab ketuvchi (dastlabki) va parallel drenaj tizimlariga ajratiladi.
Ilgarilab ketuvchi tizim darajalarini dastlabki pasaytirishsiz qazish ishlarini olib borish imkoniyati bо‘lmagan yoki umuman olib borilishi о‘ta murakkab bо‘lganda, murakkab gidrogeologik sharoitli konlarda qо‘llaniladi. Bunday hollarda drenaj tizimlari kondan foydalanish boshlangunga qadar 1…3 yil ichida quriladi. Drenajning kon ishlariga nisbatan ilgarilab ketish vati Karyer maydoni yoki drenaj tizimini foydalanish uchun amalga kiritilgandan sо‘ng unga dastlabki ishlov berish uchastkalari doirasida depression voronkalarni shakllantirish muddatlari hisoblariga binoan belgilanadi. Bundan buyon drenaj tizimi kon ishlariga nisbatan ilgarilab ketishi (vaqt bо‘yicha) bilan rivojlanadi.
Parallel drenaj tizimi nisbatan oddiy gidrogeologik sharoitli konlarda va kon ishlar – ochiq usuldagi, hamda foydali qazilmalar qazib olish ishlari bilan bir vaqtning о‘zida qо‘llaniladi. Parallel drenaj tizimi mustaqil yoki ilgarlab ketuvchi drenaj bilan birgalikda amal qilishi mumkin. Bunday drenaj tizimi birlashgan deb ataladi va Karyerlarni о‘ta murakkab gidrogeologik sharoitlarga ega bо‘lgan er osti suvlaridan himoya qilish uchun qо‘llaniladi.
Xizmat kо‘rsatish muddatlariga qarab drenaj tizimlari doimiy va vaqtinchalik turlarga bо‘linadi.
Doimiy drenaj tizimi Karyer tashqarisida yoki noishchi bortlarda quriladi va konnin qazish ishlari tugagangacha foydalanuvda bо‘ladi. Alohidadrenaj qurilmalar vaqt о‘tishi bilan yangilariga almashinishi mumkin, biroq drenaj tizimi umuman olganda barqaror bо‘lib qoladi.
Vaqtinchalik drenaj tizimi ishchi bortlarda quriladi, ularni himoya qilish uchun xizmat qiladi va ish frontining kо‘chishiga qarab kо‘chiriladi, о‘zgarmas turda mavjud bо‘ladi yoki boshqachasi quriladi (gidrogeologik va muhandis-geologik sharoitlarning о‘zgarishiga qarab).
Qurish usullariga qarab, drenaj tizimlari ustki, er osti va birlashgan turlarga ajratiladi.
Vaqtinchalik drenaj tizimi yerning ustida yoki Karyerlar pog‘onalarining yuzasida quriladi. Er osti suvlarining darajasini yoki bosimlarini pasaytirish kattaligiga qarab, mayda va chuqur drenajlarga ajratiladi. Mayda drenaj qazilmani va Karyer yoki suv tashuvchi gorizontlari unchalik chuqur joylashmagan ochiq transheyalar chegarasi oldidagi sig‘diruvchi jinslarni quritish uchun qо‘llaniladi. Bunda drenajli transheyalar sifatida bortoldi drenaj, suv shimdiruvchi quduqlar, nina filtrli qurilmalar va gorizontal drenaj quduqlar xizmat qiladi. Chuqurdrenaj er osti suvlarini tutishni va chuqur suv tashish gorizontlarini suvni pasaytiruvchi va suvni shimib oluvchi quduqlar, bir nuqtadan tarqalgan suv inshootlari va gorizontal drenaj tizimi bilan quritishni nazarda tutadi.
Ustki drenaj quyidagi afzalliklarga ega: unchalik katta bо‘lmagan kapital xarajatlar, inshootlarning kichik muddatlari; Karyer maydoni mahalliqy uchastkalarini quritilishi boshqaruvining yuqori tezkorligi.
Uning kamchiliklar quyidagilardan iborat: drenaj suvlari suv quyishi markazlanganligining murakkabligi; yuklash nasoslarining past ishonchliligi; tog‘ jinslarining filtratsion tavsiflari bо‘yicha qо‘llanilishining chegaralanganligi (filtratsiyalash koyeffitsiyent 3-5 m/sut ortiq bо‘lishi kerak).
Yer osti drenaj tizimi qoqma va ikki tomoni ochiq filtrlar, suv yig‘uvchi, bо‘shatuvchi, va ilgarilab ketuvchi quduqlar, suvni pasaytiruvchi quduqlar va boshqa drenaj qurilmalari quriladigan er osti kon lahimlaridan (shaxta, stvol, shtolnyalar, shtreklar va kvershlaglar) foydalanib drenaj tizimini yaratishni nazarda tutadi. Er osti suvlari barcha drenaj qurilmalardan kon lahimlariga kelib tushadi va markazlashgan holda yuzaga, Karyer maydonining tashqarisiga tortib olinadi.
Yer yuzasidan oldingi er osti drenaj tizimi quyidagi afzalliklarga ega: uning zaif kirib boradigan tog‘ jinslari drenaji uchun qо‘llanilishi (filtratsiya koyeffitsiyenti 1…3 m/sut past);drenajning markazlashganligi va ishonchliligi; Karyerdan suv chiqarilishini rad etish imkoniyati; ancha past foydalanuv qiymati.
Shu bilan birga, tizim ba’zi kamchiliklarga ham ega: katta hajmdagi kon ishlari va ularning yuqori qiymati; murakkab kon-geologik sharoitlarda drenaj lahimlarining turg‘unligini saqlab turganda ularning asoratlari paydo bо‘lish imkoniyati.

Download 5,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish