A, K, Q, J, ….. qatorni davom ettiring.
Javob: 10, 9, 8, …..(O’yin kartalari A – Tuz(Ace), K-Qirol (King), Q-Dama (Queen), J-Valet(Jack)). 11- Boksni hamma yaxshi biladi. Lekin boks atamasi bir sport turidagi jihozlar turuvchi joyni ham anglatadi. Bu qaysi sport turi?
Javob: Formula-1. 12- Qiziq savol: XIX asrlarda yevropada velosiped minish juda ommalashib ketadi. Velosiped bahona ayollarning azaliy orzularining ushalishi tezlashib ketadi. Savol: velosiped bahona ayollar qanday orzularini amalgam oshirib olishdi?
13- Adabiyot ixlosmandlari uchun mantiqiy savol. Alisher Navoiy shunday falsafiy fikrlar bitganlar:
"Halol va pok yashab komillikka erishmoq uchun yigitllik chog’ida xarakat qilish zarur. Zero payti kelib o’zing qo’ygan nuqtalarga xomush termulib xotiralarga berilishingga to’g’ri keladi”.
Savol: o’zing qo’ygan nuqtalar deb nimaga shama qilingan?
Hazrat Navoiy hassani umr yo’liga nuqtalar qo’yuvchi vosita deb ta’riflaganlar.
14- Kulgili savol: Tuyaga qushning tuxumini bostirsa nima bo’ladi?
Isrof bo’ladi
15- Yevropa Ittifoqiga kirib keladigan qalbaki maxsulotlarning foiz ko'rsatkichi bo'yicha
1-o'rin: Sigareta maxsulotlari
2-o'rin: Kiyim-kechak
Xo'sh 3-o'rinda qaysi maxsulot turadi?
Javob: Qaroqchilar tomonidan tayyorlangan soxta CD, VCD va DVD disklari
16- Ushbu mashxur qo‘shiq 1992 yil dunyo yuzini ko‘rdi, kompozitori Toni Britten ismli shaxs bo‘lgan bu qo‘shiq Londondagi avliyo Martin cherkovi xori tomonidan kuylangan. Qo‘shiq matni 3 xil tilda (ingliz, nemis ,frantsuz) yozilgan. Mazkur qo‘shiqda siz “eng kuchlilar”, “buyuk voqea”, “hammasi erkaklar” kabi so‘zlarni eshitishingiz mumkin. Gap qaysi qo‘shiq
haqida ketmoqda?
Javob: Yevropa Chempionlar Ligasi gimni
17- Savol : Wikipediaga ishonsak U qadimgi Yunonistonda "yetti erkin san'at" deb atalgan. Ilk bor XVIII-asr o'rtalarida Fransuz Lui Breton tashabbusi va D Didroning 25yillik mehnati evaziga dunyoga keldi. XIX-Asr boshlarida esa Ispaniya, Germaniya va Rossiyaliklar ham Uni yaratishdi. Savol hozirda Uning eng mashxurining nomini ayting!
Javob : WIKIPEDIA
Izoh : gap Ensiklopediya haqida edi. Hozirda eng mashxuri Wikepedia
18- Yunon faylasufi Demokritning bir gapi bor: Agarda kimga yaxshi kuyov uchrasa unda u o’g’illi bo’ladi. Agar yomon kuyov uchrasa… Jumlani to’diring.
Javob: Qizingdan ham ayrilasan
19- Shtutgartda noodatiy antiqa darslik chop etildi. Bu darslikni o’qish vaqtida o’quvchilar
o’zlarini o’qituvchi o’rniga qo’yib ko’rishlari va hatto darslik chop etuvchilarga baho qo’yishlari
ham mumkin. Siz menga 1 daqiqadan keyin, ushbu darslikning boshqalaridan farqli jixatini
ayting.
Javob:
Bu darslik atayin xatolar bilan chop etilgan.
20- Angliyada “S”, AQShda “U”. Xo’sh Toshkentdachi?
Javob:
M (metro haqida ketmoqda. “S” – subway, “U” - underground)
21- Maksim Gorkiyning shunday gapi bor: «Bu insoniyat tomonidan yaratilgan barcha mo‘‘jizalar ichida eng buyuk mo‘‘jizadir». U nimaga shunday yuqori baxo bergan?
Javob: Kitob.
23- Bu davlatning qadimgi nomi-Nairi. Bu «daryolar mamlakati» degan ma’noni bildiradi. Haqiqatdan ham bu yerda daryolar 200 dan ortiq. Bu qaysi davlat?
Javob: Armaniston.
24- Bu so‘z yunoncha «ko‘rpa-to‘shak» degan so‘zdan olingan. Albatta dastlab u vujudga kelganida u yerda ko‘rpa-to‘shakdan boshqa ko‘p narsa bo‘lmagan. Hozirda u o‘ta rivojlangan bo‘lsada, baribir ko‘rpa-to‘shaksiz u yerni tasavvur qilib bo‘lmaydi. U qaysi joy?
Javob: Klinika (kline).
25- Hadisda shunday deyilgan: «Pishay desang u ishni qil. Unda besh foyda bor: ko‘ngil yozish, kuch to‘plash, ilm va adab o‘rganish, dono kishilar bilan ziyoratda, suxbatda bo‘lish». Qaysi ish haqida shuday deyilagn?
Javob: Safar qilish.