ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI MEXANIKA FAKULTETI DA O’TKAZILADIGAN “ZAKOVAT INTELLEKTUAL O’YINI” UCHUN TUZILGAN SAVOLLAR. 1-Savol : Ushbu so'zning ma'nosi lotinchada "vassalning yer mulki" degan ma'no anglatishi ko'pchiligimizga qorong'u bo'lsa kerak. Ba'zi xorijiy mamlakatlarda o'rta ma'lumotga ega bo'lib, oliy o'quv yurtiga kirib o'qish huquqiga ega bo'lgan shaxs shunday ataladi. Bizning ichimizda ham bunday nomga erishganlar ham borligini bilgan holda o'sha biz so'rayotgan so'zni ayting
Javob : Bakalavr
Manbaa : Manba. O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi. B harfi
2- Savol : "100ta buyuk ixtiro" nomli ko'rsatuvda Uni musiqa notalariga qiyoslaydilar. Bir hazilga ko'ra Uning ixtirochisi budilniklardan nafratlanarkan. Diqqat savol. U-?
Javob : Davriy jadval
3- Savol : Bir olimdan so'rashibdi:-Ustingizdan kulganlarda qanday qilib chidab turasiz. Olim esa javob beribdi:-Nima qibdi axir bu "u ishni qilishlaridan" yaxshiroqku. Diqqat savol. Qanday ish?
Javob : Ustimda yig'lashlaridan
4- Savol : Koreyslarda bir naql bor: “Tosh otsang albatta ULARning boshiga tushadi.” Savol: Ular kimlar?
Javob : KIMlar ya’ni KIM familyalilar
Izoh : Ular Koreya xalqining 5 dan 1 qismiga teng
5- Savol : Atrofga qarasangiz meni ko'rmaysiz, agar meni ko'rsangiz boshqa narsani ko'rmaysiz. Meni toping?
Javob : Tush
6- Savol : Miloddan avvalgi 3-asrda Xitoyda ixtiro qilingan X qushlarning ahamiyatini ma'lum darajada pasaytirib yubordi. Ushbu ixtironi ayting
Javob : Kompas
Izoh : Dengizchilar dengizdan orolga qaytish yo'nalishini qushlarning uchishiga qarab emas, kompasga qarab aniqlashni boshlagan
7- savol: Moviy ko‘llari va daryolarining betakror go‘zal manzarasi, bu davlat qarag‘ayining nafis yam-yashilligi tufayli bu davlatni qadimdan «Tonggi musaffolik mamlakati» deb atashadi. Bu qaysi mamlakat?
Javob: Koreya. 8- savol: O’tmishda yashab o‘tgan buyuk yozuvchilar, kompozitorlar, rassomlar ko‘pincha klassiklar deyiladi. «Klassik» so‘zi eng yaxshi, barkamol, namunali, hamma e’tirof qilgan kabi ma’nolarni anglatadi. Shunday bir alohida fan ham borki, u o‘zining barkamolligi tufayli klassik fan deyiladi. Bu qaysi fan?
Javob: Bu Nyutonning klassik mexanikasidir. 9- Bu siz bilan bizga juda yaxshi tanish bo‘lgan so‘z arab tilidan olingan bo‘lib, nozik fahm, yaxshi fikrlash degan ma’nolarni bildiradi. Bu qanday so‘z?
Javob: Zakovat. 10-