O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
«ELEKTRONIKA VA AVTOMATIKA» FAKULTETI
«ISHLAB CHIQARISH JARAYONLARINI AVTOMATLASHTIRISH» KAFEDRASI
«Sohaning texnologik o‘lchashlari va asboblari» fanidan
« Gidrostatik sath o‘lchash vositalari » mavzusida
Bajardi: S27\19- guruh talabasi
Xudoyberdieva Maloxat Ashurovna
Rahbar: ass. Ortiqov E.E.
Toshkent – 2022
MUNDARIJA
|
Kirish..............................................................................
|
|
|
Asosiyqism.....................................................................
|
|
1
|
Gidrostatik sath o‘lchagichlari
|
|
2
|
Difmanometrik sath o‘lchagichlar
|
|
3
|
Pezometrik sath o‘lchagichlar
|
|
..
|
............................................................................
|
|
..
|
|
|
|
Xulosa............................................................................
|
|
|
Foydalanilganadabiyotlarro‘yxati.................................
|
|
Kirish
Gidrostatik sath o‘lchagichlari ochiq idish hamda bosim ostidagi idishlarda turli suyuqliklar (jumladan, agressiv, tez kristallanuvchi va qovushoq moddalar) sathni o‘lchashda ishlatiladi. Gidrostatik sath o‘lchagichlarda suyuqlik sathni o‘lchash suyuqlik ustuni hosil qiladigan bosimni o‘lchash bilan amalga oshiriladi, ya’ni P=H∙ρ∙g , (1) bu erda R — suyuqlik ustuni hosil qilgan bosim, Pa; N — suyuqlik sathi; m; r- suyuqlik zichligi, kg/m3; g — og‘irlik kuchi tezlanishi, m/s2.
(1) tenglama bosimni o‘lchash asosida ishlaydigan sath o‘lchagichlari
qurish mumkinligini ko‘rsatadi.
Suyuqlikning gidrostatik bosimini difmanometr yordamida o‘lchaydigan gidrostatik sath o‘lchagichlar difmanometrik sath o‘lchagichlar deb ataladi. Suyuqlikning gidrostatik bosimini havo bosimiga o‘zgartiruvchi gidrostatik sath o‘lchagich pezometrik sath o‘lchagich deb ataladi. Difmanometr bilan ochiq va yopiq idishlardagi suyuqliklar sathni, ya’ni bosim ostidagi, atmosfera yoki siyraklanish sharoitidagi suyuqliklar sathini o‘lchash mumkin. Bunday asboblarning ishlash prinsipi ikki suyuqlik ustunining gidrostatik bosimlar farqini o‘lchashga, ya’ni idishdagi suyuqlik sathiga bog‘liq bo‘lgan o‘zgaruvchan suyuqlik ustuni bosimini va solishtirish o‘lchovi vazifasini bajaruvchi doimiy ustun bo‘yicha bosimlar farqini o‘lchashga soslangan. 1-rasmda ochiq idishdagi suyuqlik sathni difmanometr bilan o‘lchash sxemasi ko‘rsatilgan. 1 difmanometrning ikkala impulsli naychasi nazorat suyuqlik (agar u agressivbo‘lmasa) bilan to‘ldiriladi. Difmanometr sezgir elementiga ta’sir etadigan R1 va R2 bosimlar farqini o‘lchaydi. SHu bosimlar uchun (1) tenglamaga mos ravishda quyidagi ifodalarni yozish mumkin:
P1=(H+h1)∙ρ1∙g;
P2=h2∙ρ2∙g. (1)
SHunday qilib, difmanometr idish 2 dagi nazorat qilinadigan suyuqlik sath N orqali ifodalanadigan bosimlar farqini o‘lchaydi:
ΔP=P1-P2=(H+h1)∙ρ1∙g-h2∙ρ2∙g. (5.12)
Agar ikkala impulsli naychadagi suyuklik zichligi r1 va r2 bir xil bo‘lsa va h1 =
1 – расм. Очиқ идишда суюқлик сатҳини дифманометр билан ўлчаш схемаси
h2 bo‘lsa, u holda
ΔP=H∙ρ∙g , (2
bu erda,
ρ=ρ1=ρ2.
(1) va (2) lardan ko‘rinadiki,
difmanometrik sath o‘lchagichining ko‘rsatishi nazorat
qilinayotgan muhitning zichligi o‘zgarishi bilan
o‘zgaradi. Agar impulsli naychalarda 1 r va
2 r zichliklar ayirmasi mavjud bo‘lsa, kursatishlarda
ham xatolik paydo bo‘ladi (shu xatolikni yo‘qotish
uchun impulsli naychalar yonma-yon yotqaziladi).
Nihoyat, (2) ifoda «manfiy» impul’sli naychada
(«—» belgi bilan belgilangan) suyuqlik sathi nazorat qilinayotgan sath N o‘zgarishi
bilan o‘zgarmagan holdagina o‘rinli.
Buni ta’minlash uchun shu impulsli naychada muvozanatlashtiruvchi idish 3 o‘rnatiladi. Idish va impulsli naycha sath o‘lchagich shkalasining boshlang‘ich belgisi deb qabul qilingan 00 sathigacha suyuqlik bilan to‘ldiriladi.
2-rasmda bosim ostida (berk idishlarda) suyuqlik sathini difmanometr bilan o‘lchash sxemasi ko‘rsatilgan. Muvozanatlashtiruvchi idish 4 idishning havoli (bug‘li) bo‘shlig‘i 3 ga ulanadi va maksimal sathda o‘rnatiladi. Impulsli naycha 2 idishning suyuqlikli bo‘shlig‘iga bevosita ulanadi. Difmanometr 1 bilan
o‘lchanadigan bosimlar farqi ΔR uchun ifoda difmanometrning musbatli R1 va
manfiyli R2 kameralarida hosil qilinadigan bosimlar opqali osongina topilishi mumkin:
P1=(h+h0)∙ρ1∙g , (3)
bu erda, ρ1 — muvozanatlashtiruvchi idish va impulsli naycha 5 dagi suyuqlik
zichligi. R2 bosim idishdagi zichligi ρ2 bo‘lgan suyuklik ustunining gidrostatik bosimi
impulsli naycha 2 dagi zichligi ρ1 bo‘lgan suyuklik ustuni h0 va balandligi h — N va
zichligi ρ bo‘lgan idishdagi havo (bug‘) ustuni gidrostatik bosimlari yig‘indisidan
Do'stlaringiz bilan baham: |