Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti elektrodinamika va radioto



Download 1,84 Mb.
bet64/71
Sana14.01.2022
Hajmi1,84 Mb.
#363264
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   71
Bog'liq
2 5314704828285327073

Nazorat savollari

1. Axborot, xabar va signal haqida ma’lumotlar keltiring.

2. Radioaloqa traktida ishlatiladigan signallarni qanday parametrlari bor?

3. Radioaloqa tizimini strukturaviy sxemasi tushuntiring.

4. Tashuvchi signallar qanday vazifani bajaradi?

17-mavzu. Additiv, multiplikativ va fluktuatsion halaqitlar.

Reja:


1. Halaqitlar va buzilishlar

2.Qabul qilingan signalni asliga mosligi va uzatish tezligi



1. Halaqitlar va buzilishlar

Amalda kanallar orqali signallar uzatilganda ularning shakli buziladi va xatolik bilan qayta aks ettiriladi. Signalning xatolik bilan qabul qilinishiga sabab kanal kiritadigan buzilishlar va signalga ta’sir etuvchi halaqitlardir.

Kanalning amplituda chastotasi va vaqt xarakteristikalari signalga chiziqli buzilishlar kiritadi. Bundan tashqari signalga kanaldagi nochiziqli rejimda ishlayotgan funksional uzellar nochiziqli buzilishlarni qo‘shadi. Chiziqli va nochiziqli buzilishlar kanal ma’lum parametrlariga bog‘liqligi uchun, paydo bo‘lish sababi ma’lumligi uchun ularni ma’lum tuzatishlar orqali yo‘qotish yoki sezilmas darajada kamaytirish mumkin.

Signal chiziqli va nochiziqli buzilishidan, uni tasodifiy halaqit ta’sirida buzilishini ajrata bilish shart. Chunki halaqitning signalga ta’sirini to‘liq yo‘qotish mumkin emas, uning parametrlari avvaldan ma’lum emas.

Foydali signalga qo‘shilib uni xatolik bilan aks ettirilishiga olib keluvchi har qanday ta’sir halaqit deb ataladi. Halaqitlar paydo bo‘lish sabablari va fizik hossalari bo‘yicha turlicha bo‘ladilar. Halaqitlar paydo bo‘lish joyiga qarab ichki va tashqi halaqit turiga bo‘linadilar. Ichki halaqitlar radioelektron qurilmalar aktiv va passiv elementlaridan qat’iy bir qiymatga ega tok o‘tmasligi, ya’ni vaqt birligida o‘tkazgichdan o‘tayotgan elektronlar soni o‘zgaruvchan ekanligi sababli paydo bo‘ladi.

Tashqi halaqitlarga atmosferada yuz beradigan elektr jarayonlari, shu jumladan momaqaldiroqlar natijasida hosiol bo‘ladi. Bu halaqitlar quvvati asosan uzun va o‘rta to‘lqin diapazonida to‘plangan. Kuchli halaqitlar paydo bo‘lishiga sanoat qurilmalari ishlashi ham sabab bo‘ladi. Ular sanoat elektr qurilmalarida tok qiymatining keskin o‘zgarishi, elektr transport (tramvay, trolleybus) elektr olgich qismlarining manba simiga jips yopishmasligi, elektr motorlar, meditsina diagnostika (tashrif qilish) va davolash qurilmalari tarqatayotgan elektromagnit nurlanishlari sabab bo‘ladi.

Begona radiostansiyalar nurlanishlari, ular tomonidan ajratilgan ish chastotalaridan foydalanish qoidalarining buzilishi, ish chastotasining barqarorsizligi, nurlantirayotgan foydali signal garmonikalari va subgarmonikalari qiymati texnik talabdagidan yuqoriligi sabab bo‘ladi. Shuningdek radiokanallarda halaqit – ko‘chma modulyatsiya natijasida ham paydo bo‘ladi.

Umuman olganda har qanday radiokanalda ichki va tashqi halaqitlar mavjud bo‘lib, ularning kattaligi foydalanilayotgan radiochastotalar diapazoniga ham bog‘liq.

Halaqit W(t) foydali signal S(t) ga ikki turli ta’sir etishi mumkin. Agar halaqit W(t) signal S(t) qo‘shilcha, ya’ni

S(t)+W(t)=X(t). (17.1)

Bunday halaqit additiv halaqit deb ataladi. Agarda halaqit ta’siridagi signal

X=μS(t) (17.2)

matematik ifoda bilan aks ettirilsa, bunday halaqit multiplikativ halaqit deb yuritiladi. Bunda μ– multiplikativ halaqit emas, balki halaqit ta’sirida foydali signal sathi o‘zgarishini ko‘rsatuvchi koeffitsiyent. Halaqit yo‘q bo‘lganda bu koeffitsiyent birga teng bo‘ladi (μ=1). Umuman μ=(-∞ ÷ +∞) – oralig‘i o‘zgarishi, signal sathini kamayishiga olib kelishi mumkin. Agar μ - foydali signal S(t) ga nisbatan asta-sekin o‘zgarsa, bu hodisa so‘nish deb ataladi.

Real radiokanallarda har ikki tur halaqitlar bir vaqtda signalga ta’sir etadi, natijada

X(t)= μ(t)∙S(t)+W(t) (17.3)

bo‘ladi, ya’ni qabul qilish qurilmasi kirishiga vaqt bo‘yicha sathi asta-sekin o‘zgaruvchi va halaqit W(t) qo‘shilgan X(t) signali ta’sir etadi.

Additiv halaqitlarga: fluktuatsion, impulsli va kvazigarmonik halaqitlar kiradi.

Fluktuatsion halaqit boshqa halaqit turlariga nisbatan yaxshi o‘rganilgan, u radiotexnik qurilmaga bir vaqtda bir necha tasodifiy kattalikdagi, ular ta’siridagi elektr zanjirlaridagi o‘tish jarayoni bir-biriga qo‘shilib ketishi natijasida paydo bo‘ladi. U hamma chastotalar diapazonida uchraydi, uning spektri cheksiz keng.

Impuls halaqit ba’zan vaqt bo‘yicha to‘plangan halaqit deb ham ataladi. Chunki u odatda bir-biridan ancha katta tasodifiy vaqt oralig‘ida qisqa vaqt davomiyligida radio qabul qilish qurilmasiga ta’sir etadi. Uning ta’sirida radio qabul qilish qismlarida yuz beradigan o‘tish jarayoni bir-biriga qo‘shilmaydi, navbatdagi impuls halaqit ta’sir etguncha avvalgisi ta’siri umuman tugab bo‘ladi. Bu tur halaqitga sanoat qurilmalari kiradi: payvandlash uskunalari; elektr transport; avtomobil o‘t oldirish qismlaridagilar.

Halaqitlarni fluktuatsion va impulsli halaqitga ajratilishi shartli bo‘lib, bir impulsli halaqit takrorlanish chastotasiga qarab tor polosali radio qabul qilish qurilmasiga fluktuatsion, keng polosali qabul qilish qurilmasi uchun impuls halaqit sifatida ta’sir etishi mumkin.

Impuls halaqit diskret tasodifiy jarayon bo‘lib, paydo bo‘lish vaqti va amplitudasi tasodifiy taqsimlangan. Impuls halaqit ham nazariy nuqtai nazardan cheksiz keng spektrga ega.

Kvazigarmonik halaqit ba’zan spektri bo‘yicha jamlangan halaqit deb ataladi, chunki bu tur halaqit turli radio uzatish qurilmalari tarqatayotgan elektromagnit to‘lqinlar, tor polosada halaqit qiluvchi turli san’at asbob-uskunalaridan iborat. Bunday halaqit radioqabul qilish qurilmasi o‘tkazish polosasini to‘liq, kshp hollarda qisman egallashi mumkin. Qisqa to‘lqin diapazonida kvazigarmonik halaqit asosiy halaqit hisoblanadi.




Download 1,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish