Ishlash prinsipi. Sinxron mashina motor rejimda ishlashi uchun uning stator chulg’amlariga uch fazali o’zgaruvchan tok, qo’zg'atish chulg’amiga esa o‘zgarmas tok beriladi. Stator chulg‘amida toklar vujudga keltirgan MYK lar aylanma magnit maydonni hosil qiladi. Bu maydon qo‘zg‘atish chulg‘amidagi tok bilan ta’sirlashib aylantiruvchi momentni hosil qiladi va u rotorni aylantiradi. Demak, sinxron motorning stator chulg‘amiga berilgan elektr energiya uning validagi mexanik energiyaga aylanar ekan.

Sinxron motorlarning vektor diagrammalarini qurishda tok fazasini tarmoq kuchlanishi UT ga nisbatan aniqlash qabul qilingan. Sinxron motor stator chulg‘amiga berilgan kuchlanish U(M), tok I va ular orasidagi vaqt bo‘yicha siljish burchagi φ ma'lum bo’lganda vektor diagrammani qurish sinxron generatorniki kabi amalga oshiriladi
.
.
Sinxron motorlarni ishga tushirish usullari.
Sinxron motorni ishga tushirishning quyidagi usullari mavjud: yordamchi motor vositasida, tok chastotasini o‘zgartirish yo‘li bilan va asinxron usulda ishga tushirish. Bu usullardan eng ko‘p qo‘llaniladigani asinxron usuldaishga tushirishdir.
Zamonaviy sinxron motorlarni qo'zg'atish uchun o'zgaruvchan tok tarmog’iga ulanadigan va motorning har turli rejimlarida qo‘zg‘atish tokini avtomatik boshqarishni amalga oshiradigan tiristorli qo‘zg‘atgich qurilmalari qo'llaniladi. Bunday qo‘zg‘atish usuli eng ishonchli va tejamlidir, chunki tiristorli qo‘zg‘atgich qurilmalarining FIК o‘zgarmas tok generatorlarnikidan yuqoridir.
Sinxron motorlarning zamonaviy seriyalarida TE-320/48 (qo‘zg‘atish kuchlanishi U = 48 V) va TE8-320/75 (qo‘zg‘atish kuchlanishi Uqo’z=75 V) tipli tiristorli qo‘zg‘atgich qurilmalari keng qo’llaniladi.
Qo‘zg‘atishga sarflanadigan quwat, odatda, mashina foydali quwatining 0,2÷5% ni tashkil qiladi (kam qiymatlar katta quwatli mashinalarga oid). Quwati bir necha kW gacha bo‘lgan sinxron mashinalarda qo‘zg‘atishni doimiy magnit yordamida amalga oshiriladi (bu holda qo‘zg‘atish chulg‘ami bo‘lmaydi).