Qadrli opa-singillar!
Barchamizga ayonki, dunyoda davlat va jamiyatning nufuzi, madaniy
darajasini ko‘rsatadigan mezonlar ko‘p. Lekin har qaysi millat va xalqning
ma’naviy kamolotini yaqqol aks ettiradigan shunday bir mezon borki, u
ham bo‘lsa, jamiyatning xotin-qizlarga bo‘lgan munosabati, hurmati bilan
belgilanadi.
Shu ma’noda, ayollarni ulug‘lab, ardoqlab, boshiga ko‘tarib
yashaydigan xalq o‘zining yuksak madaniyati va olijanob qadriyatlarini
amalda namoyon qiladigan va tasdiqlaydigan xalq sifatida obro‘-e’tibor
qozonadi, desak, yanglishmagan bo‘lamiz.
Mustaqil taraqqiyot yillarida O‘zbekistonimizni har tomonlama ravnaq
toptirish, oldimizda turgan ezgu maqsadlarga erishish yo‘lida butun
xalqimiz qatori xotin-qizlarimizning beqiyos hissasi borligini biz hamisha
minnatdorlik bilan ta’kidlaymiz.
Azaldan muhtarama ayollarimizga xos bo‘lgan mehnatsevarlik,
mehribonlik, shukronalik va orastalik, ro‘zg‘orni, umuman, oila hayotini
oqilona boshqarish fazilatlari eng yuksak tahsinlarga sazovordir.
Ayni vaqtda davlat idoralari boshqaruvida va ijtimoiy-iqtisodiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
102
hayotimizda – ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, ta’lim-tarbiya, sog‘liqni
saqlash, ilm-fan, madaniyat kabi turli jabhalarda, xususan, Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi, “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” singari butun
dunyoda
tan
olingan
dasturlarimizni
amalga
oshirishda
opa-
singillarimizning
ibrat
ko‘rsatib,
samarali
mehnat
qilayotganini
mamnuniyat bilan e’tirof etamiz.
Shu borada birgina misol – mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha soha
va tarmoqlarida mehnat qilayotgan aholining 50 foizga yaqinini aynan
xotin-qizlar tashkil etayotganining o‘zi ko‘p narsani anglatadi, deb
o‘ylayman.
Albatta, biz opa-singillarimizning mehnat va turmush sharoitlarini
yanada yaxshilash, oila, onalik va bolalikni himoya qilish, farzandlarimiz,
ayniqsa qiz bolalarning zamonaviy bilim va kasb-hunar, ilm-fan
cho‘qqilarini egallab, hayotdan munosib o‘rin olishlari uchun boshlagan
ishlarimizni izchil davom ettirishimiz kerakligini yaxshi tasavvur etamiz.
Yurtimizda 2013-yilga “Obod turmush yili” deb nom berganimiz va
shu asosda davlat dasturi qabul qilganimiz zamirida avvalo ana shunday
amaliy ishlarimizni yangi, yuksak bosqichga ko‘tarishdek ezgu maqsad
mujassamdir.
Joriy yilda davlat byudjeti xarajatlarining qariyb 60 foizini ijtimoiy
sohalarga yo‘naltirish, ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdorini
o‘rtacha 23 foizga oshirish bo‘yicha belgilab olgan rejalarimiz, hech
shubhasiz, bu yo‘lda yana bir salmoqli qadam bo‘ladi.
“Obod turmush yili” Davlat dasturida oila institutini mustahkamlash,
ayollarning jamiyat hayotidagi roli va nufuzini yuksaltirish, ularning
qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, xotin-qizlarni, xususan,
qishloq joylarda ish bilan ta’minlash, oilaviy biznes va kasanachilikni
rivojlantirish, ayollarga kredit ajratish orqali ularni tadbirkorlik faoliyatiga
keng jalb etish kabi biz uchun ustuvor bo‘lgan vazifalarga alohida o‘rin
berilgani ayniqsa e’tiborlidir.
Xalqimizning hayot darajasi va sifatini yanada oshirish maqsadida
zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari, shifoxonalar, ta’lim-tarbiya,
madaniyat va san’at, sport maskanlari, kommunikatsiya tarmoqlari, savdo
va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini qurish, yangi turar-joylar, jumladan,
qishloqlarimizda namunaviy loyihalar asosida 10 mingta uy-joy barpo
etish, katta hajmda obodonchilik ishlarini amalga oshirish ko‘zda
tutilmoqda.
www.ziyouz.com
kutubxonasi
103
Shular qatorida ayollarimizning og‘irini yengil qilish masalasi ham,
tabiiyki, e’tiborimiz markazida bo‘ladi. Xususan, xotin-qizlarning uy-
ro‘zg‘or yumushlarini yengillatish maqsadida mamlakatimizda ishlab
chiqarilayotgan maishiy texnika va zarur tovarlarni xarid qilish uchun
beriladigan
iste’mol
kreditlari
hajmini
1,3
barobar
oshirish
mo‘ljallanayotganini qayd etish joiz.
Bunday ulkan rejalarni hayotga tatbiq etish uchun 6 trillion 650
milliard so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltirilayotganining o‘zi butun
hayotimizni qamrab oladigan keng ko‘lamli maqsad va vazifalarni yaqqol
ifoda etadi, desam, ayni haqiqatni aytgan bo‘laman.
Do'stlaringiz bilan baham: |