Islom karimov mamlakatimizni yanada obod etish va modernizatsiya qilishni qat’iyat bilan davom ettirish yo‘lida


O‘ZBEK XALQIGA TINCHLIK VA OMONLIK KERAK



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/37
Sana29.01.2022
Hajmi1 Mb.
#417691
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   37
Bog'liq
Islom Karimov. Asarlar. 21-jild. Mamlakatimizni yanada obod etish va modernizatsiya qilish yo\'lida (1)

O‘ZBEK XALQIGA TINCHLIK VA OMONLIK KERAK 
Prezidentimiz Islom Karimovning 2013-yil 25-aprelda qabul qilingan 
“Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi 
farmoni urushda halok bo‘lgan yurtdoshlarimiz xotirasiga, olovli 
janggohlardan omon qaytgan bobolarimizga, og‘ir kunlarni sabr-bardosh 
bilan yenggan momolarimizga ko‘rsatilayotgan ehtiromning yana bir 
yorqin ifodasidir. Mazkur farmonga muvofiq barcha shahar va tumanlarda, 
qishloq va mahallalarda urush qatnashchilari va nogironlariga pul 
mukofotlari va bayram sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. 
Bugun oramizda bo‘lgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining 
holidan 
xabar 
olish, 
tibbiy-ijtimoiy 
yordam 
ko‘rsatish 
– 
jamoatchiligimizning doimiy e’tiborida. 
Ilgari, sovet tuzumi davrida 9-may asosan G‘alaba bayrami sifatida 
butun SSSR hududida katta dabdaba bilan nishonlanardi. Qizil 
maydonlarda harbiy paradlar o‘tkazilar, pioner va komsomollar, ishchi va 
dehqon sinfi vakillari saf tortib o‘tardi, minbarda esa sho‘ro dohiylari turar 
edi. Afsuski, bunday manzarani bugun ham sobiq sovet hududidagi ayrim 
mamlakatlarda ko‘rish, kuzatish mumkin. 
Davlatimiz 
rahbari 
tashabbusi 
bilan 
bundan 
15-yil 
oldin 
mamlakatimizda bu sanaga Xotira va qadrlash kuni deb nom berilganidan 
keyin uning ma’no-mazmuni tubdan o‘zgardi. Poytaxtimizda, barcha 
viloyat va tuman markazlarida avvalgi “Noma’lum soldat” deb nom olgan, 
qandaydir mavhum g‘oyani ifoda etadigan yodgorlik o‘rniga Motamsaro 
ona haykali o‘rnatildi. Bu birinchi navbatda mazkur sananing asl insoniy 
mohiyatini yaqqol ochib beradi. 
Endilikda 9-may kuni mamlakatimizda Ikkinchi jahon urushida qurbon 
bo‘lgan millionlab odamlar xotirasi oldida bosh egib ta’zim qiladigan, 
bugun hayot bo‘lgan urush qatnashchilariga yuksak hurmat-ehtirom bajo 
keltiriladigan, ezgu mazmunga ega marosim tusini oldi. 
O‘tganlarni yodga olish, xotirlash, ularning oxirati obod bo‘lishini 
tilash aynan Motamsaro ona siymosi orqali namoyon bo‘lmoqda. Cheksiz 
qayg‘uga cho‘mgan Onaizor timsolida jigarbandining tirik ekaniga, uning 
eson-omon o‘z bag‘riga qaytishiga umid qilib o‘tgan ming-minglab 
onalarning taqdiri, ularning sog‘inch va iztirob tuyg‘ulari aks etgan. 
Xotira maydonida milliy uslubda bunyod etilgan peshayvonlardagi 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
167
lavhalarda 
o‘sha 
mudhish 
urushda 
halok 
bo‘lgan 
barcha 
yurtdoshlarimizning nomi zarhal harflar bilan yozib qo‘yilgan. Bu ularning 
jasorati va matonatiga tan berish, urush fojialaridan saboq chiqarishga 
qaratilgandir. Bularning 
barchasi 
mamlakatimizda 
inson 
xotirasi 
muqaddas, uning qadr-qimmati aziz va mo‘tabar ekanini ifoda etadi. 
9-may. Poytaxtimizdagi Xotira maydoni har qachongidan gavjum. Bu 
yerga urush va mehnat faxriylari, hukumat a’zolari, senatorlar va 
deputatlar, harbiylar, jamoatchilik vakillari tashrif buyurdi. 
Maydon uzra mahzun musiqa taraladi. 
Soat 09:30. Maydonga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom 
Karimov kirib keldi. 
Davlatimiz rahbari harbiy orkestr sadolari ostida Motamsaro ona 
haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. 
Prezidentimiz Ikkinchi jahon urushida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz 
xotirasiga hurmat bajo keltirdi. 
– Bugun xalqimiz Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan 
G‘alabaning 68-yilligini, 9-may – Xotira va qadrlash kunini keng 
nishonlamoqda, – dedi Islom Karimov ommaviy axborot vositalari 
vakillari 
bilan 
suhbatda. 
– 
Ayni 
shu 
kunlarda 
barcha-barcha 
yurtdoshlarimiz o‘z insoniy burchini bajo etib, Vatanimiz ozodligi, 
musaffo osmoni uchun jon berib, qurbon bo‘lganlarning muqaddas xotirasi 
oldida bosh egib, ta’zim qiladi. 
Bugun oramizda bo‘lgan, bizga ma’naviy ibrat bo‘lib yurgan barcha 
urush qatnashchilarini ana shu buyuk sana bilan chin qalbdan tabriklashni 
o‘zim uchun katta sharaf deb bilaman, dedi Yurtboshimiz. Shular qatorida 
front ortida xizmat qilib, o‘ta og‘ir sharoitda g‘alaba qozonishga katta hissa 
qo‘shgan 
yurtdoshlarimizga, 
barcha-barcha 
faxriylarimizga 
sihat-
salomatlik, uzoq umr tilab qolaman. 
Bugun shu ulug‘ ayyomni nishonlar ekanmiz, bu g‘alabaning 
ko‘pchilik qatorida bizning xalqimiz uchun ham naqadar qimmatga 
tushganini, xalqimiz bu mudhish urushda qancha qurbonlar, qancha 
yo‘qotishlar berganini, qancha yetim-esirlar, mislsiz azob-uqubatlarni 
ko‘rganini yodga olsak, aytish mumkinki, el-yurtimizning taqdiri, uning 
kelajagi hal bo‘lgan o‘sha davrlarni eslasak, bu qonli urush odamlarimiz 
xotirasida umrbod qolajak. Urushning tugaganiga 68-yil bo‘lishiga 
qaramasdan, bunday qirg‘in, bunday ofatni bugun ham odamlarimiz alam 
va iztirob bilan eslaydi. 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
168
Shular haqida gapirganda, ba’zi bir raqamlarni esga olishni o‘rinli, deb 
bilaman, dedi Prezidentimiz. 
Urushdan oldin O‘zbekistonda 6,5 millionga yaqin aholi yashagan 
bo‘lsa, shundan 1,5 millioni janglarda bevosita ishtirok etgan. 500 mingga 
yaqin yurtdoshlarimiz urushda halok bo‘lganini, qanchasi bedarak 
ketganini, qanchasi mayib-majruh bo‘lib qaytganini hisobga oladigan 
bo‘lsak, bizning xalqimiz fashizm balosiga qarshi kurashga qanday katta 
hissa qo‘shganini tasavvur qilish qiyin emas. 
Bu haqiqatni hech kim hech qachon unutmasligi kerak. 
Ayni shu kunlarda xalqimiz urush davrida boshidan kechirgan og‘ir 
sinovlarni yana bir bor xayolimizdan o‘tkazar ekanmiz, o‘tmish voqealari 
albatta barchamizni o‘ylantiradi va kerakli xulosalar chiqarishga da’vat 
etadi. 
Hayotning o‘zi bir haqiqatni takror va takror isbotlab bermoqda. Ya’ni, 
tarixni bilmagan, tarixni unutgan, tarixdan xulosa chiqarmagan har qanday 
inson, har qanday xalq o‘z yo‘lidan adashishi, bir vaqtlar yo‘l qo‘ygan 
xatolarini yana takrorlashi mumkin. 
Biz bugun qanday shiddat bilan o‘zgarib, yon-atrofimizda qarama-
qarshilik, 
xavf-xatarlar 
kuchayib 
borayotgan 
notinch 
zamonda 
yashayotganimizni kuzatish va anglash qiyin emas. 
Shular haqida gapirar ekan, Prezidentimiz Afg‘onistonda o‘ttiz yildan 
ko‘proq davom etayotgan urush hozirgi kunda bizning hududimizda, butun 
Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va barqarorlikka eng katta xavf-xatar 
ekanligini alohida ta’kidladi. 
Afg‘onistondagi mavjud vaziyatni ko‘pchilik xalqaro siyosatchilar 
nochor, o‘ta og‘ir va qaltis, deb baholamoqda. Sodda qilib aytganda, ko‘p 
yillardan buyon davom etayotgan bu qonli urushni harbiy kuch bilan hal 
qilish mumkin emasligiga urushda qatnashayotgan tomonlar tobora iqror 
bo‘lmoqda, aynan shu holatni ko‘pchilik tan olmoqda. 
Boshqacha aytganda, bu inqirozni bartaraf etishning yagona yo‘li – 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish