O‘ZBEKISTON XOTIN-QIZLARINING RESPUBLIKA
KONFERENSIYASI ISHTIROKCHILARIGA BAYRAM TABRIGI
Aziz opa-singillar, muhtarama ayollar!
Avvalambor, sizlarga – O‘zbekiston xotin-qizlari respublika
konferensiyasining barcha ishtirokchilariga, sizlarning timsolingizda butun
mamlakatimiz ayollariga o‘zimning chuqur hurmatimni bildirib, anjuman
ishiga katta muvaffaqiyatlar tilayman.
Bundan yigirma bir yil oldin tashkil topgan O‘zbekiston Xotin-qizlar
qo‘mitasi o‘zining joylardagi bo‘limlari va tuzilmalari bilan birga o‘tgan
qisqa davr mobaynida, aytish mumkinki, o‘ta muhim va mas’uliyatli, ulkan
vazifalarni amalga oshirishda ko‘pgina yutuq va marralarga erishdi. Bu
tashkilotning
mamlakatimiz
ayollarining
manfaatlari,
huquq
va
erkinliklarini himoya qilish, ularning jamiyatimiz hayotidagi o‘rni va
nufuzini oshirish borasidagi ko‘p qirrali faoliyati, jahon xotin-qizlar
harakatining e’tibor markazida turgan dolzarb masalalarni hal qilishga
qo‘shgan hissasi ayniqsa oxirgi yillarda uning xalqaro maydondagi obro‘-
e’tiborini kuchaytirishga olib keldi.
Mamlakatimiz oldida turgan ustuvor vazifalarni amalga oshirishda –
bu jamiyatni demokratik yangilash bo‘ladimi, iqtisodiyotimizni isloh
qilish, xalqimizning hayot darajasi va sifatini oshirish bo‘ladimi, ta’lim-
tarbiya, sog‘liqni saqlash, ilm-fan, madaniyat sohalarini rivojlantirish
bo‘ladimi
–
bularning
barchasini
mujassam
qilib
aytganda,
O‘zbekistonimiz erishgan va dunyo hamjamiyati tan olayotgan marralarni
egallash yo‘lida butun xalqimiz qatori ayollarimizning hech narsa bilan
qiyoslab bo‘lmaydigan hissasi borligini bugun yana bir bor chuqur
minnatdorlik bilan e’tirof etishni zarur deb bilaman. Haqiqatan ham, ular
o‘zlarining mehnatsevarligi, oqilalik va shukronalik fazilatlari, sabr-
bardoshi, ertangi kunga ishonch tuyg‘usi bilan barcha qiyinchilik va
mashaqqatlarni yengib, boshqalarga o‘rnak bo‘lib kelayotganini ko‘plab
hayotiy misollarda yaqqol ko‘rish mumkin.
Shu borada o‘zimizga mos qadriyat va qarashlarimizni ifoda etadigan
muhim bir masalaga e’tiborimizni qaratishni o‘rinli, deb hisoblayman.
Har qaysi oilada go‘zallik va nafosat, mehr-muhabbat timsoli,
xonadonlarimiz osoyishtaligining posboni bo‘lmish, bir so‘z bilan
aytganda, oilani oilaga, jamiyatimizni jamiyatga aylantiradigan ayol zotiga
www.ziyouz.com
kutubxonasi
99
qancha tasannolar aytsak, qancha ta’zim etsak – baribir barchamiz
o‘zimizni ular oldida doimo qarzdor, deb his qilamiz.
Faqatgina ayol zotiga mansub bo‘lgan mana shunday noyob, betakror
xususiyat va fazilatlarni ta’riflash va ulug‘lash, ularning kundalik
turmushimizdagi ahamiyati va ta’sirini kuchaytirish, oilalarimizni yanada
mustahkam qilish, shu asnoda hayotimizni har tomonlama obod, go‘zal va
mazmunli etish – bunday dolzarb vazifalar bugungi kunda Xotin-qizlar
qo‘mitasi ish faoliyatida e’tibordan chetda qolmasligini istardim.
Takror-takror aytishga to‘g‘ri keladi: hozirgi vaqtda oilani, xususan,
yosh oilalarni mustahkamlash, og‘irini yengil qilish, ular duch keladigan
turli muammolarni yechish, zarur ko‘mak va yordam berish ham ana shu
masalalarning uzviy bir qismi ekanini yaxshi anglab olishimiz lozim.
Hech kimga sir emas, har bir ota-onaning ezgu orzusi bo‘lgan sog‘lom
va barkamol avlodni voyaga yetkazish, onalik va bolalikni himoya qilish
singari hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan vazifalarni amalga oshirishda
xotin-qizlar tashkilotlari va uning joylardagi bo‘linmalari faoliyatining
samarasini yanada kuchaytirishni bugun hayotning o‘zi talab etmoqda.
Muhtarama opa-singillarimizning o‘z bilim va professional malakasini,
salohiyati va iste’dodini ro‘yobga chiqarishlari uchun, ayollarimiz, yosh
qizlarimizni ayniqsa qishloq joylarda ish bilan ta’minlash, kasanachilik,
oilaviy biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar
tug‘dirib berish bugungi kunning eng dolzarb vazifalari qatoriga kiradi.
Hozirgi vaqtda dunyoda va mintaqamizda vaziyat tobora keskinlashib,
o‘zaro qarama-qarshilik va ziddiyatlar kuchayib borayotgan bir sharoitda
oilalarda, mahallalarda faol ish olib borish, yosh avlodimizni turli zararli
oqim va ta’sirlardan saqlash, azal-azaldan xalqimizga mansub bo‘lgan
insoniy fazilatlarni asrash qanday muhim ahamiyat kasb etayotganini,
o‘ylaymanki, hammamiz yaxshi tushunamiz. Shu borada bolalarimizni,
ayniqsa, qiz bolalarni sog‘lom ruhda tarbiyalash, ularning zamonaviy bilim
va
kasb-hunarlarni,
hayotda
o‘z
munosib
o‘rnini
egallashiga
ko‘maklashish,
urf-odat
va
marosimlarni
davr
talablari
bilan
uyg‘unlashtirish Xotin-qizlar qo‘mitasi, uning joylardagi vakillari va
faollari, diniy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha maslahatchilar oldida turgan eng
muhim vazifadir.
Bugungi anjumanda sizlar ayni shu yo‘nalishda olib borayotgan
ishlaringizga tanqidiy baho berib, xotin-qizlar tashkilotlari faoliyatini
yangi, yuqori bosqichga ko‘tarishga qaratilgan amaliy qarorlar qabul
www.ziyouz.com
kutubxonasi
100
qilasiz, deb ishonaman.
Barchangizga sihat-salomatlik, kuch-g‘ayrat, ishlaringizda yangi
muvaffaqiyatlar tilayman.
www.ziyouz.com
kutubxonasi
101
Do'stlaringiz bilan baham: |