Islom dinidagi Xavorijlar yo’nalishi va ularning siyosiy harakati



Download 89 Kb.
bet9/11
Sana25.03.2022
Hajmi89 Kb.
#509570
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Islom dinidagi Xavorijlar yo

Qarmatiylar. Ismoiliylarning da’vatchilari Yamanda muvaffaqiyat qozongach, Bahraynda qarmatiylar harakati bilan tanilgan yangi firqa vujudga keldi. Bu firqaning asoschisi kufalik Hamdon Qarmatdir. Ismoiliya arboblaridan Husayn al-Ahvoziy vafot qilgach, Hamdon boshqaruvni o’z qo’liga oldi. U o’z siyosatini targ’ibot qilishda faol ish olib bordi, natijada uning tarafdorlari asta-sekin ko’paydi. U Kufa tashqarisida joylashgan «Dor al-hijra» deb nomlangan markazni o’zi uchun qarorgoh qilib, u yerda da’vatchilar tayyorladi. SHuningdek, u kambag’al va beva-bechoralarga yordam berish maqsadida safdoshlaridan mol va turli soliqlarni yig’ar edi.
Qarmatiylarning siyosiy-g’oyaviy harakati Kufa atrofida boshlanib, IX asr oxirlariga kelib davlatga tahdid soluvchi va kishilar qalbiga qo’rquv tarqatuvchi harakatga aylandi. Keyinchalik ular Basra, Kufa va SHomning ba’zi nohiyalariga hujum qilishdi, so’ngra Yaman va Bahrayn hududlariga yoyildilar. Natijada ular Bahraynda Abu Sa’id al-Jannobiy boshchiligida kuchli davlatga asos soldilar. Qarmatiylar o’sha davrda Abbosiylar bilan bir qancha janglar o’tkazib, zafar ham qozonishdi. Haj mavsumlarida ham karvonlarga hujum qilib, bosqinchilik va talon-tarojlik bilan shug’ullanganlar. CHunki qarmatiylarning botiniy ta’limotiga ko’ra, ko’p amallar, jumladan, haj, «Qora toshga» sig’inish noto’g’ri edi. Ular faoliyatining kuchaygan davri 929 yil hisoblanadi. SHu yili ular Abu Tohir Sulaymon boshchiligida Makkaga kirib, hojilarni o’ldirib, jasadlarini Zamzam qudug’iga tashladilar hamda Ka’bani buzib, «al-Hajar al-asvad» (Qora tosh)ni o’z poytaxtlari Bahraynga olib ketdilar. Ibn Kasir o’zining «al-Bidoya va-n-nihoya» asarida zikr qilishicha, «al-Hajar al-asvad» qarmatiylar qo’lida 22 yildan ortiq qolib, 951 yilda Makkaga qaytarilgan. Qarmatiylar faoliyati uzoq muddat davom etib, 1077 yillarga kelib zaiflashgan.
IX asrning ikkinchi yarmida ismoiliyaning bu yo’nalishi qarmatiya deb nomlana boshladi. Boshqa guruh esa Muhammad ibn Ismoilning avlodlarini imomlar sifatida tan olishda davom etdilar. Bu imomlar Suriya, Xuroson va boshqa yerlarda juda faol da’vatchilik harakatini amalga oshirdilar. SHimoliy Afrikada «fotimiylar» hokimiyat tepasiga kelguniga qadar ismoiliya harakati tarixda «as-satr» (yashirinlik, maxfiylik) davrini boshdan kechirdi.
X asr boshlaridan boshlab bu guruh «fotimiy-ismoiliylar» deb atala boshladi. Yashirin imomning nomi va qaytish joyi qattiq sir saqlanganligi uchun uzoq vaqt qarmatiylar va ismoiliylar orasida katta farq bo’lmadi. Ba’zi tadqiqotchilar fotimiylargacha bo’lgan davrni ismoiliya harakatining qarmatiylik bosqichi deb hisoblaydilar.
IX asr oxiriga kelib ismoiliya o’z da’vatchilarining harakatlari bilan Janubiy Iroq, Xuroson, Xuziston, Bahrayn, Yaman, Suriya, Misr, Mag’ribda o’zining ko’p tarafdorlarini orttirdi. O’zlarini imom Ismoilning avlodlari deb hisoblagan fotimiylar harakatiga asos solinishi fotimiy-ismoiliylar bilan qarmatiylar orasida qat’iy bo’linishga olib keldi. X asrning oxiriga kelib Mag’rib, Misr, Suriya, Falastin, Hijoz fotimiylar hokimiyati ostiga o’tdi. Ularning maxfiy tashkilotlari xalifalikning sharqida, xususan, Iroqi Ajam (Eron)da keng tarqaldi.
Ismoiliylar o’z ta’limotlarini yoyishda puxta ishlangan maxfiy markazlashgan tashkilot tuzdilar. Muhim, tezkor axborotlarni almashishda xat tashuvchi kaptarlardan foydalanishgan. Targ’ibot ishlarida ular ish olib borayotgan joy va vaqt e’tiborga olingan. Targ’ibot boshlig’i imom hisoblangan.
Ismoiliya da’vatchilarining vazifasi omma oldida olimlar va faqihlar bilan tortishib, o’z ta’limotini tarqatish bo’lgan. Yangi da’vatchilarni tanlashga ismoiliya rahbarlari alohida e’tibor berganlar.
Ismoiliya mafkurasi shakllanishining ilk davridayoq uning ikki qirrasi – «tashqi», ekzoterik (az-zohir) va «ichki», ezoterik (al-botin) namoyon bo’ldi. Az-zohir jihati jamoaning oddiy a’zolariga ham tegishli bo’lib, al-botin jihati esa faqatgina «xos» kishilarga tegishli bo’lgan. Ular ismoiliya tuzumining yuqori pog’onalarini egallagan kishilar edi. Tashqi ta’limot o’z ichiga barcha urf-odat va jamoaning oddiy a’zolariga majburiy bo’lgan shariatning huquqiy qonunlarini olgan edi. Ismoiliya ta’limotining bu jihati imomiylar ta’limotidan juda kam farq qiladi. Ismoiliyaning «ichki», ezoterik aqidasi ikki qismdan iborat:

  1. Ta’vil al-Qur’on – Qur’on va shariatni allegorik tarzda sharhlash.

  2. al-Haqoiq – «maxfiy», «oliy» haqiqatlarni tafsir qilishga asoslangan falsafiy va ilohiy bilimlar tizimi. U «neoplatonizm» idealistik falsafasi (xususan, monoteistik-yakkaxudolik g’oyalarining birlashuvi, real dunyo voqeligining ko’p qirraligi), Aristotel ratsionalistik falsafasi, xristian gnostitsizmi, mistikasi elementlari va boshqalarni o’zlashtirdi. Ismoiliya diniy-falsafiy tizimining asosiy elementlari – kosmogonik va davriylik nazariyalari.

Ismoiliya aqidasi o’z ichiga diniy majburiyatlar (faroid ad-din) bilan bog’liq bo’lgan amaliy ilohiyot (al-iboda), din arkonlari (arkon ad-din) va nazariy ilohiyot – «sirli ilm» (ilm al-botin), Qur’onni allegorik sharhlash (at-ta’vil)ni oladi.
Bunda ismoiliya ilohiyotchilari «tashqi» va «ichki» jihatlarning bir-biri bilan mustahkam bog’liq ekanligini ta’kidlaydilar. Ismoiliylar diniy-siyosiy aqidasining asosi imomat – Ali ibn Abi Tolib avlodlaridan begunoh imomning mavjudligi. Ismoiliylarda din asoslari yettita bo’lib, ulardan asosiysi imomga itoat etishdir. Qolgan oltitasi tahorat, namoz, zakot, ro’za, haj va jihoddir.
Ismoiliyaning huquqiy tizimi al-Qozi an-Nu’monning (vaf. 979 y.) «Da’o’im al-islom» (islom ustunlari) kitobida mufassal bayon etilgan bo’lib, imomifa (ja’fariya mazhabi) fiqxi bilan deyarli mos tushadi. Ular orasida meros, nikoh va boshqa ba’zi xususiy masalalardagina farqlar mavjud. Ismoiliylar vaqtinchalik nikoh – mut’ani (sig’a) tan olmaydilar.
Bu firqa vakillari Hindiston, Pokiston, Badaxshon, Arabiston yarim orolining janubi va boshqa joylarda mavjud.

Download 89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish