Islom dinidagi Xavorijlar yo’nalishi va ularning siyosiy harakati



Download 89 Kb.
bet11/11
Sana25.03.2022
Hajmi89 Kb.
#509570
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Islom dinidagi Xavorijlar yo

Nusayriya (Alaviya). Nusayriylar shialarning 12 imomlik firqasidan bo’ladilar. Ular nomini Ibn Nusayrga nisbatlaydilar. Nusayriylarning o’zlari ushbu nomni yoqtirmaydilar va o’zlarini «alaviylar» deb nomlaydilar. Lekin turklar ularni bu nom bilan atalishini inkor etib, Suriyadagi o’zlari yashaydigan tog’lar nomi bilan nomlashadi. Keyinchalik, frantsuzlar XX asr boshlarida ularga eski nomlarini qaytarib berishdi, shunga ko’ra Nusayr tog’lari mustaqil alaviylar yerlaridan hisoblanadi. Ular:

  • Alini iloh darajasiga ko’tarishadi;

  • nasroniylarning (uchlik) aqidasiga o’xshash ta’limotga egalar. Ularning uchliklari – Ali, Muhammad va Salmon al-Forsiylardan tarkib topgan. Bu ramz – ma’no, ism va eshik demakdir. Bunga ko’ra Alini ma’no yoki mutlaq g’ayb (ya’ni xudo), Muhammadni ism yoki zohir ismning shakli, Salmonni esa ma’noga yetaklovchi «eshik» (bob) yoki yo’l deb biladilar;

  • Salmonni Jabroil farishta darajasiga ko’tarib, Muhammad payg’ambarga Qur’onning barchasini Salmon yetkazgan deb hisoblaydilar;

  • shar’iy hukmlari botiniy uslubda ta’vil qilish asosida istinbot etilgan.

Hozirgi kunda bu firqa vakillari Suriya Arab Respublikasi aholisining taxminan 10 foizini tashkil etadi. Bundan tashqari, ular Livan va Turkiyaning janubida joylashgan shaharlarda yashaydilar.
Druzlar. Druzlar ham nusayriylar botiniy firqalardan hisoblanadilar. Ular o’zlarini muvahhidlar deb nomlaydilar. Druzlarning paydo bo’lishi X – XI asrlarda fotimiylar sulolasidan bo’lgan xalifa al-Mansur ibn Abd al-Aziz al-hokim (996-1021) nomi bilan bog’liq. Ular 1017 yili xalifa al-Hokimni ilohiyot deb e’lon qilganlar. Manbalarda bu ta’limot asoschisi haqida turli fikrlar mavjud:
1) ba’zilar «Labbod» laqabi bilan tanilgan Hamza ibn Ali az-Zavzaniy;
2) boshqalar «Ajda’» nomi bilan tanilgan Hasan ibn Hidra al-Farg’oniy;
3) uchinchi guruh «Nashtakin» laqabi bilan mashhur bo’lgan Muhammad ibn-Ismoil ad-Duruziy (vaf. 1019 y. )ni ta’limot asoschisi deb hisoblaydi. Oxirgi fikr haqiqatga yaqinroq deb hisoblanadi.
Druzlar ta’limoti bo’yicha manbalar mavjud bo’lib, ulardan Hamza ibn Alining «Druz mushafi» nomli asari ahamiyatli sanaladi. Ushbu asar 44 ta bo’limdan tashkil topgan. Asarda Qur’oni karim oyatlari o’ziga xos tarzda talqin qilinadi. Masalan, unda xalifa al-Hokim itoatidan bosh tortganlar oxiratda azobda, itoat qilganlar rohatda, deb ta’kidlanadi. Ushbu asarga qadimgi yunon, xususan Aflotun falsafasi, yahudiylik va buddizm ta’limotlaridan ham g’oyalar kiritilgan.
Druzlar islomning zohiriy qoidalarini – jannat, do’zax, farishtalarni, islomning asosiy ruknlari ro’za, haj amallarini inkor etadilar. Diniy bayramlardan faqat qurbon hayitini va shialarda motam marosimi hisoblangan ashuroni (ta’ziya) nishonlaydilar.
Druzlar jamiyati ikki tabaqa: ruhoniylar va jasadlarga bo’linadi. Ruhoniylar ularda o’z dinlarini chuqur biladigan, e’tiqodlarida mustahkam, barcha man qilingan narsalardan parhezkor insonlar hisoblanadi. Jasadlar – savlatlari boru, lekin o’z dinlari haqida ko’p narsadan bexabar johil insonlardir.
Druzlar ta’limotida masjidga borish, namoz o’qish shart emas. Ularning ibodatxonalarida payshanba kunlari faqat ruhoniylargina to’planadilar. O’rta asrlardan boshlab druzlar o’zlarining merosiy mulklariga va hukmdor amirlar sulolasiga ega bo’lgan. Livanda druz amirlari hokimiyati, ayniqsa, Faxr ad-din II Maon (1590-1633) va Bashir II SHihob (1789-1840) davrlarida juda yuksalgan. Ular Suriya xalqining 1925-27 yillarda frantsuzlar hukmronligiga va 1958 yilda Isroilga qarshi qo’zg’olonlarida faol ishtirok etishgan.
Hozirgi kunda druzlar asosan Livan, Isroil, qisman Suriya, Iordaniya bilan Iroq o’rtasida joylashgan sahrolarda yashaydilar.
Download 89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish