Islomning Madinadan keyingi davri uning tarixida juda katta ahamiyatga ega. Musulmonlar birinchi marta alohida diniy jamoa (Umma) boʼlib yashay boshladilar. Bu esa oʼz navbatida diniy qoidalarning shakllanishini tezlashtirib yubordi. Аsta-sekin namoz, azon va boshqa amallar tartibga solindi. Paygʼambar bu shaharga uchinchi taraf vakili sifatida taklif etilgan edi. Аvval, murosasiz Аvs va Xazraj arab qabilalari hamda Banu Qurayza, Banu Qaynuqoʼ, Banu Nazir yahudiy qabilalari bilan oʼzaro sulh tuzildi.

Hijratning ikkinchi yili ramazon oyida (milodiy 624 yili) musulmonlar ummasi qoʼshinlari va makkaliklar oʼrtasida Badr jangi boʼldi. Bu jang Madinadan 80 mil (taxminan 150 km.) uzoqda Suriya karvon yoʼlida joylashgan Badr qudugʼi yaqinida boʼlib oʼtdi. Murosasiz kechgan jang musulmonlar gʼalabasi bilan tugadi. Bu jangdan soʼng Umma mavqei Madina ahli orasida beqiyos oʼsdi. Shu davrdan boshlab Muhammad paygʼambar yetakchiligidagi islom jamoasi kuchli bir davlatning vazifalarini bajara boshladi. Madina ichidagi Paygʼambar muxoliflari munofiqun nomini oldi. Barcha arab qabilalari mushrik deb eʼlon qilindi. Ular yoki islom dinini qabul qilishlari yoki ochiq maydonga jangga chiqishlari shart edi. Bu jamoa-davlat qisqa va uzoq muddatli sulh shartnomalarini tuzish orqali turli arab qabilalari va qabilalar ittifoqlarini oʼz hukmiga boʼysindira boshladi. Boʼysingan qabilalar har yili jonivorlari hisobidan Madina davlatiga Umma-davlat xarajatlari uchun sadaqa (mol toʼlovi) bermoqlari lozim edi. Sadaqa bermaganlarga qarshi harbiy yurishlar tashkil etilardi. Oʼljadan toʼlovga oʼtish (Makkaning fathidan soʼnggi davrda) davlatning shakllanishi haqida dalolat beradi.