Xalifa Аbu Bakrning qisqacha tarjimai holi. Muhammad paygʼambar (s.a.v.)ning eng yaqin safdoshlari, qaynotalari (Oyshaning otasi). Yirik savdogar. Makkaning quraysh qabilasidan. Muhammad (s.a.v.) daʼvatlari bilan islomni birinchilardan boʼlib qabul qilgan. Islomga kirishdan oldin ismi Аbdulkaʼba edi. Аbdulloh ismini Muhammad (s.a.v.) qoʼyganlar. Siddiq deb atalishiga sabab shuki, isro va meʼroj hodisasini eng birinchi boʼlib tasdiqlagan. Muhammad paygʼambar (s.a.v.) unga Siddiq, yaʼni imoni kuchli deb laqab berganlar. 631 yilda Muhammad (s.a.v.) musulmonlarning Madinadan Makkaga birinchi ziyorati hajni boshqarishni aynan Аbu Bakrga topshirganlar. Xalifalik davrida (632-634) islom dinini Аrabiston yarim oroli birligining maʼnaviy negiziga aylantirishga muvaffaq boʼlgan va hatto islomni yarim orol hududidan tashqarida tarqata boshlagan. Qurʼon karimni tartibga solib, jild holatiga keltirishga kirishgan. Muhammad paygʼambardan (s.a.v.) 142 hadis rivoyat qilgan. Islom davlatini boshqarishda qator tartiblar joriy etgan, mamlakatni boshqarish uchun Maslahat kengashi, har bir viloyatga voliy (hokim) tayinlash, Baytulmol tashkil etish kabilar shular jumlasidandir. Аbu Bakr Siddiq Muhammad paygʼambar (s.a.v.) vasiyatlariga sodiq qolib juda kamtarona hayot kechirgan. Madinada vafot etgan va Muhammad paygʼambar (s.a.v.) yonlariga dafn qilingan.