Tasviriy san`at. O`z-o`zidan haqli savol tug`iladi: musulmonlar tasviriy san`at bilan shug`ullanishi mumkinmi? Axir, Qur`onda tirik tabiatning suratini yaratish taqiqlanmaganmi? Qur`on oyatlarida sharob, qimor, haykallar shayton vasvasalari ekanligi, ulardan uzoq bo`lish orqali hidoyatga erishish mumkinligi aytiladi. Yaqqol man etish hadislar va Qur`on tafsirida aniq bayon etiladi. Unga ko`ra, kim tirik mavjudotning suratini chizsa, oxiratda unga jon ato etish majburiyati qo`yiladi. Jon ato eta olmagach, abadiy azobga duchor bo`ladi52.
Bu haqda sahih hadislarda bunday deyiladi: Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: “Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: “Bu suratlarni chizuvchilar qiyomat kuni azob chekadilar. Ularga: “O`zingiz yaratgan narsalarga jon ato etingiz!” - deyiladi”, - dedilar53”.
Islom dini paydo bo`lgan davrida avj olgan butparastlik, suratparastlikni oldini olish maqsadida Muhammad (s.a.v.) suratkashlikni qattiq taqiqlab qo`ygan edi. Shu asosda islomning yirik mutafakkir huquqshunoslari ham tasviriy san`atning bu turini taqiqlangan ishlar qatoriga qo`shganlar. Bundan ular amaliy san`at turlari, naqsh, bezak, insondan boshqa hayvon va o`simliklar suratini istisno qilishgan. Islomda inson suratini chizish yoki uning haykalini yasashning taqiqlanishiga asosiy sabab – payg`ambar va aziz-avliyolarning rasmlarini chizib yoki haykallarini yasab, ularga sig`inib ketish xavfining mavjudligi bo`lgan.
XX-XXI asrlarga kelib, Islom dunyosi ulamolarining bu san`atga munosabatlariga yana bir karra aniqlik kiritildi: ilohiylashtirish va odamlarning sig`inishi maqsadida inson rasmini chizish mumkin emasligi e`tirof etildi. Ammo, fotosuratlar, shuningdek, yosh bolalar uchun yasalgan odam qo`g`irchoqlar taqiq doirasiga kirmaydi. Ulamolarning bergan fatvolariga ko`ra, musulmonlarga fahsh va uyat narsalarni ifoda etuvchi rasmlar, but, sanam va ikona tasviridan boshqa tasviriy san`at turlari taqiqlanmaydi54.
Shu o`rinda yana bir muhim masalaga to`xtalmoq zarur. Islomda Muhammad (s.a.v.)ning suratini chizish taqiqlanishiga qaramay, turli davrlarda turli musavvirlar bu ishga qo`l urishgan. Ammo bular diniy maqsadlarda chizilmagan ya`ni hech qaysi musulmon Muhammad (s.a.v.)ning suratini chizib unga ibodat qilmagan. Ular payg`ambarning tarixiy shaxs sifatida qog`ozga tushirilgan suratlari, xolos. To`g`ri, suratlarda Muhammad (s.a.v.) boshqalardan ajratib ko`rsatilgan. Masalan, boshining tepasiga bulut chizib qo`yilgan yoki shunga o`xshash biron bir belgi. Ammo umumiy peyzajda u atrofdagi odamlardan biror bir afzallikga ega qilib ko`rsatilmagan. Musavvirlar payg`ambarning yuzini chizishdan xavfsirab uning yuzini oq parda bilan yopib tasvirlashgan. Ya`ni bu ham payg`ambarga ishora qilish uchun ishlatilgan belgilardan biri bo`lgan, xolos. Hech qaysi musulmon bu suratlarga qarab ibodat qilmaydi. Bu suratlar din tarixini, payg`ambarga oid hikoyalarni o`rganishga qo`shimcha dastak vazifasini bajargan55.
IX аsr hаdislаridа tirik mаvjudоtlаr surаtini tаsvirlаsh uzil-kеsil tаqiqlаngunigа qаdаr rаssоmlаr оdаm vа hаyvоnlаrni tаsvirlаb kеlishgаn, аnа shu tаqiqlоv ko`pinchа Erоndа vа uning tа`siri оstidаgi аrеаldа (Аfg`оnistоn, Markaziy Оsiyo vа qismаn Irоqdа) buzilgаn yoki chеtlаb o`tilgаn edi. Islоmgа qаdаr bo`lgаn bаdiiy аn`аnаlаr shu qаdаr kuchli bo`lgаnki, ulаrni biryo`lа bоstirib tаshlаshgа erishilmаdi. Shungа qаrаmаsdаn, XI-XIII аsrlаrdа tirik mаvjudоt suvrаtini tаsvirlаsh islоm оlаmidа hаmmа jоydа tаqiqlаndi. Аbu Hоmid Muhаmmаd аl-G`аzzоliy vа ko`pchilik din оlimlаri bu tаqiqlоvni buzishni eng оg`ir gunоh dеb e`lоn qildilаr. Musulmоnlаrning аsоsiy оmmаsi hаm “g`аyridinlаr”dаn o`z tаfоvutini yanа bir kаrrа tа`kidlаshni хоhlаgаn hоldа аnа shu ko`rsаtmаgа аmаl qildi. Butun tirik mаvjudоtlаr suvrаtini qаytа yarаtishdаn vоz kеchishgа mаjbur bo`lgаn аrаb vа umumаn musulmоn musаvvirlаr аsоsаn nаfis dеkоrgа, bоy vа rаng-bаrаng nаqshlаrgа bоr e`tibоrni qаrаtdilаr, аnа shulаrni ijrо etishdа bаdiiy tаfаkkurning аjоyib yutuqlаrigа erishdilаr56.
Do'stlaringiz bilan baham: |