B ye g m a t o v E.
va boshq. Adabiy norma va nutq
madaniyati, 83-bet) Bu fikrni ikki xil ma’noda tushunishimiz mumkin. Birinchidan, til vositalarining
har bir vazifaviy uslub doirasida qo’llanilishidan kelib chiqib belgilanadigan me’yor bo’lsa,
ikkinchidan, har bir individ (shaxs)ning tildan foydalanishdagi me’yori.
Ma’lumki, odamning shaxs, inson sifatida shakllanishida qator omillar bilan birgalikda tildan
foydalanishdagi o’ziga xosligi ham hisobga olinadi. Chunki ona tilidan foydalanish mahorati uning
ko’pgina fazilatlarini o’zida mujassam qiladi. Garchi ma’lum tildan foydalanuvchilar uchun bu tilning
adabiy me’yorlaridan foydalanish talab qilinsa-da, o’zi tarbiyalangan ijtimoiy muhitning ta’sirida
unda tabiiy ravishda o’z me’yorlari ham shakllanadi. Xuddi tabiatda bir narsa ikkinchisiga aynan
o’xshash bo’lmagani singari bir kishining nutqi ikkinchi bir kishinikiga aynan o’xshashi yoki ularning
adabiy til me’yorlariga bir xilda rioya qilishi amalda qiyin bo’ladi. Shunga qaramasdan, umumadabiy
til madaniyatiga bo’lgan intilish bu me’yorlarga amal qilishni taqozo etadi. Har bir inson yoki millat
madaniyatining tobora yuksala borishi uning bu borada ham mukammallashib borishiga olib keladi.
Masalaning ikkinchi tomoni esa har bir millat hayotida ijtimoiy munosabatlarning, faoliyat
sohalarining shakllana va kengaya borishi, binobarin, bu yo’nalishlarda tildan foydalanishning o’ziga
xos usullari shakllanishi, buning natijasida til elementlarning ana shu sohalar va yo’nalishlararo
taqsimlanishi bilan bog’liq bo’ladi. Oqibatda ularda tildan foydalanishda o’ziga xos uslublar vujudga
keladi. Jamiyat taraqqiy eta borgani sari bu uslublarning miqdori, undagi chegaralanishlar tilning
barcha sathlari bo’yicha tobora oydinlashib boraveradi.
Turmush sharoitiga, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy taraqqiyot darajasiga ko’ra, tilning qanchalik
rivojlanganligi va undan foydalanish madaniyatiga qarab turli tillarda vazifaviy uslublar miqdori
turlicha bo’lishi mumkin. Masalan, tadqiqotchilar tomonidan ularning soni adigey tillarida uchta deb
ko’rsatilsa (
K o k o v D.N.
Z.Yu.Kumaxova, M.A.Kumaxov. Funksionalnaya stilistika adыgeyskix
yazыkov. Resenziya // Voprosы yazыkoznaniya, 1981, № 3, s.148), ozarbayjon tilida oltitagacha
ekanligi aytiladi (Azerbajchan bedii dilini? uslubijjatы.Ocherklar. – Bakы, 1970, 16-17-betlar).
Hozirgi o’zbek adabiy tili vazifaviy uslublari miqdori va tasnifi haqida ham turlicha qarashlar mavjud.
A. Sulaymonovning «Til stillari haqida» nomli maqolasi ana shu masalaga oydinlik kiritish yo’lidagi
dastlabki urinishlardan biridir. Muallifning «Stilistikaning vazifasi u yoki bu stilda yoki nutq
formasida, ya’ni og’zaki va yozma nutqda, qanday til hodisalari ko’proq qo’llanishini aniqlashdan
iboratdir» (
S u l a y m o n o v A.
Til stillari haqida // Sovet maktabi, 1964, №6, 21-23-betlar) degan
gaplaridan tushunish mumkinki, u til yoki nutq stillarini yozma va og’zaki – so’zlashuv uslublariga
ajratgan. Ђ. Abdurahmonov tasnifida ham ana shu fikr yetakchi o’rinda turadi: «Ma’lumki, nutq ikki
xil (yozma va og’zaki) nutqdan iborat.
1/10/22, 10:03 PM
R ye j a - Islohot deb ataladigan ko’p qirrali va o’ta murakkab jarayon ijtimoiy-siyosiy hayotimizning, shubhasiz,...
https://muhaz.org/islohot-deb-ataladigan-kop-qirrali-va-ota-murakkab-jarayon-ijt.html?page=5
7/22
Yozma nutq: 1) badiiy nutq, 2) ilmiy nutq, 3) publisistik nutq, 4) rasmiy nutq, 5) neytral nutqdan
iboratdir (Bu nutq turlari ayrim adabiyotlarda stilistik qatlamlar sifatida talqin qilinadi).
Og’zaki nutq esa turli ijtimoiy qatlamlarning nutqlaridan, turli sheva nutqlaridan tashkil topadi.
Nutq stili bo’lsa quyidagi qatlamlardan iborat bo’ladi: 1) neytral stil, 2) tantanali stil, 3) intim stil, 4)
yumoristik stil va satirik stil, 5) rasmiy stil.
Nutqda (xoh yozma, xoh og’zaki bo’lsin) bu stil qatlamlari aralashib keladi, nutq janriga ko’ra biror
stilistik qatlam yetakchi, asos bo’ladi» (
Do'stlaringiz bilan baham: |