Tayanch so’z va iboralar :
Vazifaviy uslubilar : so’zlashuv, ilmiy, rasmiy,
publisistik
, badiiy uslublar va me’yor. Nutqning
shakllanishida sharoit, mavzu, ijtimoiy muhit, dunyoqarash, tilni bilish darajasi. Uslubiy mezon.
Uslubiy me’yor to’g’risida ma’lumotga ega bo’lish ham filolog talabalar uchun muhimdir. Ammo bu
me’yorning nozik tomonlarini tushunib olish adabiy til me’yori tizimidagi boshqa xususiy me’yorlarni
anglashga nisbatan bir qadar og’ir kechadi. Buning sababini E.Begmatov shunday izohlagan edi :
«Ma’lumki til sohalariga ko’ra normalar o’z materiali, ya’ni o’z til birliklariga egadir. Masalan,
fonetik normalar – fonema, grafik normalar – grafema, morfologik normalar – morfema, leksik
normalar – so’z (leksema), sintaktik normalar – so’z birikmasi, gap; so’z yasash normalari – yangi
so’z va so’z formalari singari. Uslubiy normalarda ham mana shu kabi material, birikmalar bormi?
Birinchi qarashda har bir uslub o’z mustaqil vositalariga egadek tuyuladi. Aslida esa bunday
vositalarning yo’qligini ko’ramiz» (
B ye g m a t o v B.
va boshq. Adabiy norma va nutq madaniyati. –
Toshkent, 1983, 78-79-betlar).
Demak, o’zbek tili sohalaridagi me’yorni namoyon etuvchi til vositalarining uslubiy me’yor doirasida
yaqqol ko’zga tashlanib turmasligi uni alohida me’yor sifatida tushunishimiz va fahmlashimizni
qiyinlashtiradi. Lekin bu mushkullikdan qat’iy nazar uslubiy me’yor to’g’risida aniq tasavvurga ega
bo’lishimiz uchun uni adabiy til me’yorlari qatorida hisoblay olamizmi, u umumiy me’yor sirasidagi
xususiy me’yorlarning bir ko’rinishi hisoblanadimi, agar hisoblansa, bu xususiy me’yorlar orasidagi
mavqyei qanday va uning o’zbek nutqi madaniyatining takomillashib boruvida xizmati nimadan
iborat bo’ladi, degan savollarga javob topishimiz lozim bo’ladi.
Xo’sh, uslubiy me’yorning o’zi nima va uni qanday tushunishimiz kerak? Ma’lum bir nutqiy
vaziyatda, u og’zaki va yozma bo’lishidan qat’iy nazar, so’zlovchi va yozuvchining o’z niyati va
muddaosidan, nutq mavzusi va mazmunidan kelib chiqib, til birliklarini qo’llash, tanlab ishlatish
imkoniyati uslubiyatni yuzaga keltiradi. Bu birliklarni tanlab ishlatishga bo’lgan so’zlovchi yoki
yozuvchining individual ehtiyoji ularning o’z uslubini, agar kengroq doirada olib qaraladigan bo’lsa,
ana shu elementlarni ijtimoiy hayotning ma’lum sohalarida qo’llash bu sohalarda tobora xoslana
boradigan vazifaviy chegaralanganliklarni, binobarin, funksional – vazifaviy uslublarni keltirib
chiqaradi. Yuqoridagi savollarga javob berib bo’lganimizdan so’ng masalaning ana shu jihatiga
kengroq to’xtalamiz.
1/10/22, 10:03 PM
R ye j a - Islohot deb ataladigan ko’p qirrali va o’ta murakkab jarayon ijtimoiy-siyosiy hayotimizning, shubhasiz,...
https://muhaz.org/islohot-deb-ataladigan-kop-qirrali-va-ota-murakkab-jarayon-ijt.html?page=5
3/22
Angladikki, tildagi har bir vosita uslubning shakllanishi uchun material bo’la olishi mumkin.
Boshqacha aytganda, nutqiy jarayonda har bir til birligi uslubiy vosita bo’la oladi. Ularning me’yoriy
darajasini esa, xuddi boshqa til me’yorlarida bo’lgani singari, nutqiy jarayon va vaziyat belgilaydi.
Aytilganlarni uslubiy me’yorni anglashdagi birinchi bosqich deyish mumkin. Qisqa xulosa shu
bo’ladiki, uslubiy me’yor deganda tildagi birliklarning har bir nutqiy mavzu va vaziyatga mos tarzda
qo’llanilishi tushuniladi.
Navbatdagi bosqichda uni adabiy tilning umumiy me’yori doirasida xususiy me’yorlardan biri sifatida
qarash-qaramaslik masalasiga aniqlik kiritilishi zarur bo’ladi. «Tilshunoslikda uslub tushunchasini
nutq oldiga qo’yiluvchi mezon deb bilishdan ko’ra, uni tilning o’ziga, til normasiga tegishli hodisa
deb baholash, shunga ko’ra uslubni ham xuddi konkret normalar kabi real normalarga tenglashtirish
ustun turadi. Uslub bilan bog’liq real normalar uslubiy normalar deb yuritiladi. Uslubiy normalar
keltirilgan ma’noda tilning fonetik, morfologik, talaffuz, orfografik, sintaktik normalari bilan bir
qatorda qayd etiladi» (
Do'stlaringiz bilan baham: |