va boshq. Yuqoridagi asar, 78-bet).
Olimning o’z mulohazalarini qanchalik ehtiyotkorlik bilan bildirayotganidan qat’iy nazar uslubiy
me’yorni ham yuqorida sanab o’tilgan adabiy til me’yorlari qatorida hisoblashga asoslar bor. Faqat
uning nutq jarayonidagina reallashuvini e’tibordan chetda qoldirmasak bas. Aslini olganda, yuqorida
til me’yorlari sifatida e’tirof etilayotgan fonetik, talaffuz, orfografik, leksik yoki grammatik
me’yorlarning qaysi biri nutqdan tashqarida shakllanadi? Savol shu tarzda qo’yilgandagina masalani
tushunish birmuncha oydinlashadi.
Uslubiy me’yorning boshqa xususiy me’yorlar bilan umumiy, ayni paytda, farqli tomonlarini anglash
ham muhim. Masalan, har bir til birligi, aytaylik, biron bir morfologik birlik ham morfologik, ham
uslubiy me’yor uchun obyekt bo’lsa, ularni bir-biridan qanday farqlash mumkin? Masala shu tarzda
qo’yilganda morfologik me’yoriy holatlarni aniqlashga qaraganda uslubiy me’yorlarni aniqlash
anchagina mushkul ekanligi ma’lum bo’lib qoladi. Buning ustiga, qay holatda morfologik me’yor
buzilganu, qay paytda uslubiy me’yor buzilayotganligini payqash ham oson kechmaydi. Qiyoslaymiz
turibdi. Nutqda –
ning
buzilish sodir bo’lmoqda. Farqlanmaslikning oqibati mana bu misolda yana ham aniq bilinadi:
(Uni)
ukamni uyida ko’rdim. (Uni) ukamning uyida ko’rdim. Ukamni (o’z) uyida ko’rdim.
ya’ni fikrning noaniq ifoda etilishiga olib kelmoqda. Talab esa boshqacha. Nutqda kimni ko’rganlik
aniq ifoda etilgan bo’lishi kerak : ukaning o’zinimi yoki uning uyida boshqa birovnimi?
Endi so’z qo’llash me’yoriga ham diqqat qilib ko’raylik. Zavqiyda shunday misralar bor :
1/10/22, 10:03 PM
R ye j a - Islohot deb ataladigan ko’p qirrali va o’ta murakkab jarayon ijtimoiy-siyosiy hayotimizning, shubhasiz,...
https://muhaz.org/islohot-deb-ataladigan-kop-qirrali-va-ota-murakkab-jarayon-ijt.html?page=5
4/22
ko’rsatib avval o’zingga bandalar qilding, B a sh a r a n g ko’rsatib avval…
va hokazo. Garchi bir
sinonimik qatorda joylashgan so’zlar misrada o’rni almashtirilib qo’llanilayotgan va bu so’zlarning
leksik ma’no darajasi teng bo’lsa ham, ularning uslubiy qiymatini bir xil deb aytish mutlaqo mumkin
emas. Hatto keyingi almashtirishlar tufayli ifodada mantiqsizlik ro’y bermoqda, uslubiy me’yor
qo’pol ravishda buzilmoqda.
Tahlildan shu narsa ma’lum bo’ladiki, adabiy til doirasidagi har bir me’yoriy buzilish nutqiy ifoda va
mazmunga, binobarin, uslub va til madaniyatiga ham salbiy ta’sir o’tkazmasdan qolmaydi.
Aytilganlardan, uslubiy me’yor adabiy tilning boshqa xususiy me’yorlari bilan bir xil ekan-da, degan
xulosa aslo kelib chiqmaydi. Nutqda boshqa me’yorlar buzilmasa ham uslubiy me’yorning buzilishini
kuzatish mumkin :
It - odamning do’sti. Odamning do’sti – it.
Gaplarda so’zlarning o’rni va vazifasi
almashgan bo’lsa ham, grammatik me’yor buzilgan emas. Ammo so’zlarning o’rni almashtirilishi
bilan gapning mazmuni butunlay o’zgarib ketdi, binobarin uslubiy me’yor buzildi. Agar birinchi
gapdan itning insonga vafodorligi, sadoqatli ekanligi anglashilayotgan bo’lsa, ikkinchi gapdan teskari
ma’no tushuniladi. Mazmun o’zgarib ketib, umuman odam itga tenglashtiriladi.
Ko’rinadiki, adabiy tilning boshqa me’yorlari bilan uslubiy me’yor chambarchas aloqadorlikda, ayni
paytda, ularning har biri o’zining alohida xususiyatlariga ham ega. Bu narsa uslubiy me’yorni o’zbek
adabiy tili umumiy me’yorining alohida – xususiy ko’rinishi sifatida qarashimizga asos bo’la oladi.
Uslubiy me’yorni adabiy til umumiy me’yorining bir ko’rinishi ekanligini e’tirof etish bilan birgalikda
uning boshqa xususiy me’yorlar bilan teng mavqyeda emasligini ham aytib o’tish lozim bo’ladi.
Chunki uslubiy me’yorlar tilda belgilangan barcha xususiy me’yorlarning vazifaviy uslublarda matn
talabi va manfaatidan kelib chiqib yashash shakli hisoblanadi. Shuning uchun ham me’yor tahliliga
oid adabiyotlarda uni har bir vazifaviy uslub doirasidagi fonetik, leksik-semantik va grammatik
hodisalardagi me’yorlar va ularning matn uslubiga ta’siridan izlash kerak, degan fikrlar bayon
qilinadi.
Ko’rinadiki, uslubiy me’yorni boshqa me’yorlardan farqli o’laroq, til me’yori deb atashdan ko’ra,
nutq me’yori deb atash maqsadga muvofiq bo’ladi. Chunki uslubiy me’yorlarni matndan tashqaridagi
biron bir holatda aniqlash mushkul ekanligi tahlillardan ayon bo’lib qolaveradi. Shuning uchun ham
E.Begmatov uslubiy me’yorlarda adabiy me’yorga mos bo’lmagan holatlarning
mavjudligini hisobga
olib
, uni «adabiy normaning til sohalariga ko’ra belgilanuvchi normalari bilan bir qatorda turishi
mumkin emas»ligini ta’kidlaydi. «Uslubiy norma, - deydi u, - bu – adabiy norma, dialektal norma,
sodda so’zlashuv normasi kabi ko’rinishlarda namoyon bo’lishi mumkin» (
Do'stlaringiz bilan baham: