Islohot deb ataladigan ko’p qirrali va o’ta murakkab jarayon ijtimoiy-siyosiy hayotimizning, shubhasiz, barcha jabhalarini qamrab oladi



Download 450 Kb.
bet9/21
Sana31.12.2021
Hajmi450 Kb.
#210569
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
75 Adabiy me-yor

- ga / sari (dushmanga yuzlandi / dushman sari yuzlandi, ko’chaga otlandi /ko’cha sari otlandi ), - ga /uzra (olamga chiqqanda quyosh / olam uzra chiqqanda quyosh), - ga /tomon (qizga qaradi / qiz tomon qaradi, unga burildi / u tomon burildi, o’ziga tortdi / o’zi tomon tortdi), - ga /bilan (qahqahaga to’ldi, qahqaha bilan to’ldi), - ga /uchun (ukamga oldim / ukam uchun oldim) kabi. Mana shu tarzda – ni qo’shimchasi bilan, haqda, - da qo’shimchasi bo’ylab, ichra, bilan, - dan qo’shimchasi sababli, orqali, tufayli, osha, bo’ylab, uzra, ichra, bo’yicha, to’g’risida, bilan, uchun ko’makchilari bilan sinonimik munosabatga kirishadi.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, ular bir matnda biri ikkinchisining o’rnini bosa olishi, ikkinchi bir holatda ana shu vazifani to’liq bajara olmasligi mumkin. Bu masalaning uslubiy tomonlari, albatta. Gapda so’zlarning o’zaro birikishiga xizmat qiladigan grammatik vosita sifatida me’yoriy talablarga javob berish-bermaslik esa boshqa masaladir.

R.Qo’ng’urovning quyidagi gaplariga e’tibor beraylik: «Hozirgi o’zbek tilida maktab tomon kuzatib bordi, deyish mumkin bo’lgan holda, funksiyasi bir xil bo’lishidan qat’iy nazar, qarab, qadar kabi ko’makchilarning belgisiz tushum bilan maktab qarab, maktab qadar tarzida qo’llab bo’lmaydi. Bu ko’makchilar kelganda tobe so’z, albatta belgili qo’llanilishi kerak. Aks holda fikr noaniqligi kelib chiqadi, aytilmoqchi bo’lgan fikr eshituvchiga yetib bormaydi. Maktab so’zini jo’nalish kelishigi qo’shimchasisiz yuqoridagi ko’makchilar bilan birgalikda qo’llab ko’raylik: Karim Salimani maktab qadar kuzatib bordi; Karim Salimani maktab qarab kuzatib bordi; Karim Salimani maktab tomon kuzatib bordi. Bu gaplarning faqat uchinchisi adabiy til normasiga to’liq mos keladi. Qolgan ikkitasi esa hozirgi o’zbek tili normasiga unchalik mos kelmaydi» (Q o’ n g’ u r o v R. O’zbek tili stilistikasidan ocherklar. – Samarqand, 1975, 97-bet). Olimning fikrini qo’llab-quvvatlagan holda faqat bir narsani qo’shimcha qilish mumkinki, maktab tomon birikmasining me’yorlashuvi uning ko’pchilik tomonidan qo’llanish chastotasi bilan bog’liq. Qadar, sari ko’makchilari o’z sinonimlari qarab va tomon ga nisbatan nutqda, ayniqsa so’zlashuv nutqida kam qo’llaniladi. So’zlashuv nutqi esa til biriliklarining me’yorlashuvi uchun eng qulay imkoniyat sanaladi. Shu ma’noda hatto qarab ko’makchisining qadar va sari ga qaraganda –ga o’rnida qo’llanishning ommalashib, me’yorlashib borayotganini kuzatish qiyin emas.

Bu o’rinda xulosa sifatida shuni qayd qilish mumkinki, nutqiy jarayonda so’zlarning o’zaro birikuvini tashkil qiluvchi so’z o’zgartuvchi qo’shimchalar va ularning ayrim ko’makchilar bilan sinonimiyasi o’zbek tilining fikrni eng nozik jihatlari bilan ifoda etishdagi imkoniyatlari naqadar kengligidan dalolat beradi. Binobarin, ular uslubshunoslik uchun qimmatli material bera oladi. Masalan, ularning o’zaro almashinib qo’llanishiga me’yor nuqtai nazardan qaraganimizda esa grammatik me’yor nomuvofiqligi uslubiy me’yor buzilishlariga qaraganda nisbatan kam diqqatni tortadi.

Uchinchi tomondan, gap tarkibidagi sintaktik bo’laklarning joylashish o’rnining turg’unlik darajasi ham me’yorni belgilaydi.

Biz bu o’rinda o’zbek tilida gap qurilishining og’zaki yoki yozma nutq shakllarida va vazifaviy uslublarida namoyon bo’lish xususiyatlarini unutmagan holda dastlab gap tizimida so’zlarning odatdagi joylashuvi haqidagi qarashlarni eslaymiz. «So’zlar tartibi, - deyilgan «O’zbek tili grammatikasi»da, – gap bo’laklarining nutqda o’rinlashishini bildiradigan sintaktik hodisadir. O’zbek tilida so’zlar tartibi asosan erkin, lekin unda so’zlarning bog’liq tartibi ham uchraydi. Bu hol o’zbek tili gap qurilishining o’ziga xos xususiyatlarini ko’rsatadi» (O’zbek tili grammatikasi, P tom. – Toshkent, 1975, 178-bet). O’zbek tili grammatikasi tadqiqiga oid adabiyotlarda gap tarkibidagi so’zlarning joylashishi asosan erkin ekanligi ta’kidlansa ham (O’zbek tili grammatikasi, P tom, 184-bet), bu erkinlikning ma’lum mantiqiy-grammatik qonuniyatlar doirasida bo’lishini unutmasligimiz kerak. Gap qanday shakllar va birliklardan tashkil topgan bo’lishidan qat’iy nazar, u shakllanish jarayonida o’z tabiatidan kelib chiqib, ma’lum me’yorlarga bo’ysunadi.

Demak o’zbek tili sintaktik me’yorlarini belgilashda gaplarning erkin tartibini nazariy asos qilib olsak to’g’ri bo’ladi. Chunki, Samarqand – viloyatimizdagi yirik shahar yoki Viloyatimizdagi yirik shahar - Samarqand gaplarida yoki Men qishlog’imizdan kecha keldim / Men kecha qishlog’imizdan keldim / Qishlog’imizdan kecha men keldim gaplarida so’zlar va ularning o’rin almashinishi mazmunni o’zgartirib yuborgan emas. Shunday ekan bu yerda grammatik me’yor buzilgan deb aytib ham bo’lmaydi. Sodir bo’lgan ma’lum matniy o’zgarishlar esa uslubga tegishlidir.

Tilimizda gaplar tugallangan bir fikrni ifoda etishi, predikativlik xususiyatiga ega bo’lishi bilan bir qatorda ular ma’lum grammatik shakllar va ko’rinishlarni ham oladi. Shu ma’noda ular bir tarkibli va ikki tarkibli singari turlarga ajratiladi. Gapning bu shakllari nutqda, tabiiyki, o’ziga mos imlo va talaffuz me’yorlarining bo’lishini taqozo qiladi. Bu me’yorlar garchi bir gap doirasida bo’lsa ham bir-biriga o’xshamasligi mumkin.

Modomiki, gapda so’zlarning joylashish tartibi haqida mulohaza yuritilayotgan ekan, biz odatda to’laqonli grammatik shakllanish namunasi deb hisoblaydigan ikki tarkibli gaplarni tahlil materiali qilib olsak, to’g’ri bo’ladi.

Gapning bosh bo’lagi sanaladigan ega o’ziga oid so’zlar bilan gapning boshida kelishi, kesim esa xuddi shunday so’zlar bilan gapning oxirida kelishi, har qaysi bosh bo’lakka oid so’zlar esa ulardan oldin qo’llanilishi o’zbek tili uchun odatdagi to’g’ri tartib, ya’ni me’yor ekanligi tilshunosligimizda allaqachon ma’lum. Demak, ana shu tartibning buzilishini me’yorning buzilishi deb baholaymiz. Ayrim misollar keltirish bilan cheklanamiz: Gazeta o’z savollariga qoniqarli javob topolmaydi millat ichidan (I. Ђafurov. Millatning billurlanishi), It - insonning do’sti – Insonning do’sti – it. Men gado Xonzodaga ko’nglimni berdim, do’stlarim (qo’shiqdan), O’lmoq uchun sen tug’ilgan emassan, /Zax tuproqning bag’riga sen uvolsan (H. Olimjon). Keyingi ikki misoldagi, ayniqsa uning birinchisidagi gado so’zining kimga qaratilganini aniqlash uchun alohida diqqat yoki intonasiya zarur bo’ladi.

Grammatik me’yorlarni belgilash jarayonida mantiqiy fikrlash va uning natijasida yuzaga keladigan grammatik qurilishlar, shakllar o’rtasidagi munosabat masalasi ham muhim. Chunki ularning o’rtasida ajratilib bo’lmaydigan bog’liqlik mavjud. Shu bilan birga, mantiq va til qonuniyatlariga ko’ra ularni aynan bir narsa deb ham bo’lmaydi. Tafakkurda umumiy tarzda, fikr egasining ifoda maqsadi va niyatidan kelib chiqib, yuzaga kelgan hosila mulohaza nutqda turli grammatik shakllarda ifodalanishi mumkin. Masalan, oling, olib turing, olib o’tiring, ovqatga qarang, ovqatdan oling, ovqatni oling, boshlang, boshladik, dasturxonga qarang, dasturxonga qarab o’tiring, qani-qani; qani, mehmon; marhamat, marhamat qiling, qolmasin, shu qolib nima bo’ladi, oling mehmon, yeb o’tiring, yeb turing, olib turing va hokazo shakllardagi garmmatik qurilmalar so’zlashuv uslubida me’yor sanaladi va bitta «yemoq» semasi atrofida birlashadi. Ayni paytda, shu ma’noni beradigan ovqatdan iste’mol qilib turing, mehmon; ovqatdan tanavvul qilib turing, mehmon; iste’mol qiling, tanavvul qiling singari qurilmalar ham garchi «yemoq» ma’nosini bersa-da, so’zlashuv nutqi uchun me’yor hisoblanmaydi.

Buning ustiga, agar sinchiklab tahlil qilinsa, yuqoridagi sintaktik birikmalarning har biri matnda alohida ma’no nozikliklarini, uslubiy farqlanishlarni hosil qilishi ham mumkin. U yana o’z navbatida har bir holatdan kelib chiqadigan grammatik me’yorlar haqida mulohaza yuritishimizga imkon beradi.

Agar sintaktik me’yor hajmini ana shu qamrov doirasida tasavvur qiladigan bo’lsak, alohida olingan gap, kichik yoki katta matn tarkibidagi til birliklarini ularga sinonim bo’lgan boshqa birliklar bilan yoki o’zaro o’rnini almashtirib qo’llashning mumkinligi nutq jarayonida katta uslubiy imkoniyatlarni keltirib chiqarish bilan birga, ma’lum darajada me’yoriy buzilishlarni paydo qilishi mumkinligi ham aniq bo’lib qoladi.

Shuning uchun ham har bir tilning o’ziga xos me’yori mavjudligi haqidagi fikr , ayniqsa, sintaktik me’yor bilan aloqador bo’ladi. Darhaqiqat, har bir milliy tildagi gap qurilishi o’ziga xos tarzda shakllanadi, jumladan o’zbek tilida ham.

Nutq uchun faqat ma’lum so’zlardagi turlicha ma’nolarni bilish emas, balki ulardan muomala jarayonida foydalana olish, munosabatlarning, fikr-mulohazalar, hissiyotlarning eng nozik jihatlarini ham ifodalab berishga xizmat qildirish muhim sanaladi. Nutqni shakllantirishdagi piravord maqsad ham ana shu. Ammo ko’zda tutilgan matnni shakllantirish uchun so’z va uning ma’nolarini bilishning o’zigina yetarli bo’lmaydi. So’zlovchi yoki yozuvchi niyati ana shu omillar bilan bir qatorda til birliklarining matnda o’zaro grammatik aloqasini ta’minlash tufayligina amalga oshadi. Boshqacha aytganda, nutq jarayonidagi til birliklariaro sintaktik munosabat fikrning to’laqonli ifodasida katta mavqyeni egallaydi. Masala ana shu tarzda qo’yilar ekan, tilimiz rivojida sintaktik me’yorlarni belgilash ham muhim o’rin tutadi.

Gaplarning ifoda maqsadiga ko’ra bo’linishlarida me’yoriy mustahkamlik turlicha ekanligini kuzatish mumkin. Masalan, darak gaplarda shakl va mazmun munosabati zich bog’liqlikda bo’ladi, «sintaktik darak ma’nosi gapning sintaktik darak shakli orqali ifodalanadi» (M a h m u d o v N., N u r m o n o v A. O’zbek tilining nazariy grammatikasi. Sintaksis. – Toshkent, 1995, 49-bet). Lekin so’roq gaplardagi mazmuniy ifoda doirasining kengligi, ya’ni bir sintaktik shakldagi gapning matnda har xil ma’nolarni ifodalashi mumkinligi bu gaplarning turli nutqiy vaziyatlardagi me’yoriy holatlarni belgilab olishga zarurat tug’diradi. «O’zbek tilining nazariy grammatikasi» asarining mualliflari bu xildagi gaplarda sof so’roq mazmunining bo’lishidan tashqari taajjub, gumon, buyruq, darak, tashvish, g’azab, kinoya singari bir qator qo’shimcha ma’nolar ifodalashi haqida mulohaza yuritishib, ularni mazmun va shakl jihatdan mutanosib va nomutanosib bo’lgan so’roq gaplar, deb ikkiga ajratishadi (M a h m u d o v N., N u r m o n o v A. O’sha asar, 51-52-betlar).

Shu bilan birga, tahlillar, garchand shaklan bir bo’lsa ham, bu gaplardagi mazmun imkoniyatlarining kengligi ularning hammasiga bir xil me’yoriy o’lchovlarni qo’llab bo’lmasligini ko’rsatadi. Boshqacha aytganda, ko’zda tutilgan mazmunni ifodalash uchun ular maxsus ohang yordamida ijro etilishi lozim bo’ladi (M a h m u d o v N., N u r m o n o v A. O’sha asar, 51-bet). Mas.: Bahor keldimi? «Bahor keldimi?» - dedingmi? «Bahor keldimi?» emish! «Bahor keldimi?» ekan. «Bahor keldimi?» ham gapmi! «Bahor keldimi»ng nimang? Bahor keldi? Bahor keldi?! gaplari umumiy ma’noda bahorning kelishi haqidagi so’roq mazmunini va unga munosabatni bildirsa ham yuqoridagi har bir grammatik shakl samimiy, xolisona so’rash, eshitmaganini bilib olish uchun so’rash, mensimaslik, achchiqlanish, taajjublanish, ta’kidlash singari turli xil ma’no ottenkalarini ohang yordamida farqlaydi.

Darhaqiqat, ohang xususida. Tilimizda, garchi u nutqning barcha ko’rinishlarida yaqqol bilinib turadigan vosita sanalmasa ham, so’zlashuv jarayonida ahamiyati juda sezilib qoladi. Gap shakliga sirtdan qarab bu darak, so’roq yoki undov gap deb dastlabki yuzaki bahoni beramiz. Ammo yuqoridagi singari so’roq gaplardagi maslahat, iltimos, yalinish, ko’ndirishga harakat qilish, avrash, tashviqot qilish singari ma’nolarni gap tarkibidagi hyech bir grammatik yoki tinish belgi ifoda eta olmaydi. Bu masalani faqat ohang hal qilishi mumkin.

Ushbu gaplarni qiyoslaylik: Qo’y, menga u kunlarni eslatma! Menga u kunlarni eslatma, qo’y! Qo’ygin, menga u kunlarni eslatmagin! Menga u kunlarni eslatmagin, qo’ygin! Qo’ygin, u kunlarni eslatma menga! Qo’ygil, u kunlarni eslatma menga! Bu gaplar ham xuddi yuqoridagi so’roq gaplarda kuzatilgani kabi, garchi umumiy ma’noda o’tgan voqyea-hodisalarni eslatmaslikka da’vat qiliyotgan bo’lsa-da, bu da’vat har bir gapda ohang ko’magida so’zlovchi maqsadiga mos tarzda ifoda etilmoqda, vazifaviy uslublar jihatidan ham farqlanmoqda.

Nutqda ohangning naqadar muhim omil ekanligini mana bu misollar ham yana bir bor tasdiqlaydi: I m o n s i z, v i j d o n s i z, siz aziz inson / Kamolim, hayotim, aziz onajon (D.Komilova). Parchadagi imonsiz, vijdonsiz so’zlarini o’zbek tilida urg’u odatda oxirgi bo’g’inga tushadi, degan qoidaga amal qilib, imonsúz, vijdonsúz tarzida talaffuz qiladigan bo’lsak, nihoyatda xunuk ifoda kelib chiqadi. Agar bu so’zlardagi –siz qismi ta’kid yuklamasi vazifasini bajarayapti, shuning uchun urg’u so’zning o’zak qismidagi ikkinchi bo’g’inga tushishi lozim degan mulohaza bilan talqin qilinsa, imónsiz, vijdónsiz tarzida talaffuz qilinsa, muallif kutgan ma’no kelib chiqadi. Aslida she’rni bu qoidalardan bexabar oddiy kishi ham o’qishi mumkinligi hisobga olinib, Siz imon, siz vijdon, siz aziz inson tarzida tuzilganda edi munozaraga ham, noaniqlikka ham o’rin qolmasdi. Bu kabi noqisliklarni nutqda ko’plab uchratamiz.




Download 450 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish