Islohot deb ataladigan ko’p qirrali va o’ta murakkab jarayon ijtimoiy-siyosiy hayotimizning, shubhasiz, barcha jabhalarini qamrab oladi



Download 450 Kb.
bet10/21
Sana31.12.2021
Hajmi450 Kb.
#210569
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
Bog'liq
75 Adabiy me-yor

Kishi s a n ch i q so’z aytsa, s a n ch i q andin. Yomondin qoch, yomondin qoch, yamondin (So’fi Ollayor) misolidagi sanchiq so’zini ham birinchi holatda (urg’u oxirgi bo’g’inga tushganda – sanchúq) ot, ikkinchi holatda (urg’u birinchi bo’g’inga tushganda – sánchiq) so’zning olmosh va fe’l bo’lib ajralishini va boshqa-boshqa ma’nolar ifoda etishini ham talaffuz, ohang farqlaydi.

Nutqda ba’zan shunday bo’ladiki, bir ma’no atrofida turlicha ohanglar, aytaylik, har bir kishi nutqida, o’ziga xos tarzda yuzaga kelishi, ma’nolari vaziyatga qarab kuchli va kuchsiz, ta’sirli va betaraf hamda befarq ifodalanishi mumkin.

Demak, nutq jarayonida ohangga e’tibor berish me’yorga e’tibor berishning asosiy sharti bo’lib qoladi.

Sintaktik uslubiyat doirasida ega va kesim mosligi hamda uning me’yoriy munosabati xususidagi mulohazalar ham muhim o’rin tutadi. Nutqimizda faol ishlatiladigan bir gap misolida me’yoriy munosabatni tahlil qilishga harakat qilib ko’ramiz: dadam keldi – dadamlar keldi – dadam keldilar – dadamlar keldilar. Sonda moslashuvidagi sezilmas darajadagi nomuvofiqlikni hisobga olmaganda, ularning hyech birida grammatik munosabat buzilgan deb bo’lmaydi. Darvoqye, bu qurilmalarda ega va kesim mosligiga nutqiy zarurat ham yo’q. Odatda o’zbek tili iste’molchilari ularning ana shu ko’rinishlarining barchasidan ham foydalanaverishadi. Shunday ekan, ularda grammatik me’yor buzilmagan deb bemalol aytish mumkin. Ammo uslubiy me’yor nuqtai nazaridan bunday deb bo’lmaydi.

Uslub nuqtai nazaridan har birimizning nutqimizda ularning o’z o’rni va bahosi bor: dadam keldi – shunchaki xabar, dadamlar keldi – aytaylik, o’zining va turmush o’rtog’ining (har ikkalasining) dadasi kelganligini haqida xabar, dadam keldilar – xabar bilan birgalikda o’z otasiga bo’lgan hurmat ifodasi, dadamlar keldilar – grammatik me’yorning saqlangani, ammo uslubiy me’yorning bir holatda – bitta ota nazarda tutilgan holatida buzilishi. Shunday ekan, nutq uchun eng ma’qul variant sifatida dadam keldilar tanlanishi ma’qul bo’ladi.

Ega va kesim mosligi haqidagi qarashlarni sinchiklab tahlil qilgan Ђ.Zikrillayev «Nazariya quruq og’och…» maqolasida – lar qo’shimchasining bu boradagi xizmati haqida ma’qul fikrni aytadi: « Bunday holda -lar sintaktik vazifa bajarmaydi, ya’ni so’z o’zgartuvchi qo’shimcha bo’la olmaydi. Shunga ko’ra ega-kesim mosligiga dahli yo’q. U hurmat kategoriyasi shaklini hosil qiladi» (Z i k r i l l a ye v Ђ. Nazariya quruq og’och… / «Istiqlol va ona tili qurilishi talqini» to’plami. – Buxoro, 1998, 24-bet). Shu o’rinda, vaziyat talabidan kelib chiqib, Ђ. Zikrillayevning bir fikriga munosabat bildirishga majbur bo’layapmiz. A. Ђulomovning shu mavzuga oid fikrlari haqida u quyidagilarni yozgan: «Ega ko’plik formasida kelganda (uchinchi shaxs) ot kesim birlikda ham, ko’plikda ham qo’llana oladi deb (A. Ђulomov tomonidan – S.K.) quyidagi misollar beriladi: Ular studentlar – Ular student. Bu qizlar shaxmatchilar – Bu qizlar shaxmatchi. Qo’shnilarim ham halol odamlar («S. O’zb»). Bu qoida boshqa sahifada yana takrorlanadi: Uchqun va Tolib artistlar. – Uchqun va Tolib artist. Ta’kid nazarda tutilsa (ya’ni hissiy bayonda), faqat gazetadan olingan misolda qo’shimcha qo’llansa bo’ladi. Boshqa misollarda – lar ishlatilishi rus tilining xususiyatiga mos keladi : Oni – studentы. Oni – shaxmatistы. O’zbek tilida bayon oddiy, nohissiy bo’lsa, qo’shimcha tejaladi, ta’kid nazarida tutilsa, –lar emas, boshqa vosita qo’llanadi.

Adabiy normaning namunaviy umummajburiy hodisa (E.Begmatov) ekanligini inobatga olsak, A.Ђulomov millatning barcha a’zosiga ruscha fikrlashni namuna qilib ko’rsatayotgan ekan-da, barchani ruscha fikrlashga ajbur qilayotgan ekan-da, degan xulosa kelib chiqadi» (Z i k r i l l a ye v Ђ. Yuqoridagi maqola, 25-bet).

Bizningcha, u darajada emas. Negaki, o’zbek tilida ular studentlar, ular student; ular shaxmatchilar, ular shaxmatchi deyish mumkin bo’lgani holda rus tilida faqat oni – studentы; oni – shaxmatistы deyish shart, oni – student; oni – shaxmatist deyish mutloqo mumkin emas. Shu faktning o’ziyoq A.Ђulomovni yuqorida qo’yilgan ayblardan qutqaradi. Buning ustiga kishining tili qaysi tilda chiqqan bo’lsa, aslida ana shu tilda tafakkur qiladi. Uning ifoda etilishida esa o’zi ta’lim olgan va tarbiyalangan, yashayotgan muhitning ta’sirida boshqa til namunalaridan foydalanish mumkin.

Misollar tahlilidan yana bir narsa - o’zbek tilining nafaqat grammatik, shu bilan birgalikda uslubiy imkoniyatlari ham naqadar kengligi ayon bo’lib qoladi. O’zbekcha variantlarda ta’kidlash, ajratib ko’rsatish kabi ma’nolar oddiy xabardan ana shu –lar tufayli farq-lanayotgan bo’lsa, rus tilidagi shaklda ma’no ohang yordamida ajratilmoqda. Bu narsa har ikki tilning o’z me’yoriy xususiyati sanaladi.

Bir tarkibli gaplar nafaqat grammatik tuzilishi, shu bilan birga, mazmuniga, fikrni ifoda etish hususiyatiga ko’ra ham ikki tarkibli gaplardan farq qiladi. Ayni paytda, bu uning me’yoriy xususityati hamdir.

Shaxsi noma’lum gaplarni olib ko’raylik. Ilmiy adabiyotlarda bunday gaplarda ish-harakatni bajaruvchi shaxs grammatik jihatdan ifodalan-masligi ta’kidlanadi. Masalan: Mahmudovni jamoa xo’jaligining raisi etib tayinlashdi, Hisobot yig’ilishida qarshi ovoz berishdi kabi. Bu gaplarga grammatik egani qo’yish mumkin. Ammo u aniq bir shaxs bo’lmaganidan, noma’lum bo’lganidan qo’llanilmaydi. Kesimning odatda III shaxs, birgalik nisbatda bo’lishi bunday gaplarning mantiqiy grammatik tabiatidan kelib chiqadi va bu holat ular uchun me’yor sanaladi: Ertaga soat 10 da universitetga chet eldan mehmonlar kelishini aytishdi. Bu gapni Ular ertaga soat 10 da universitetga chet eldan mehmonlar kelishini aytishdi shaklida tuzish ham mumkin. Ega grammatik jihatdan shakillangan bo’lsa- da, harakatni bajaruvchi haqiqiy shaxs (shaxslar) baribir noma’lumligicha qolmoqda.

Kesimi ifodalanmagan gaplarga e’tibor beraylik: Bahor. Atrofda qushlar chug’urlashadi; Tong. Oppoq tong. Orzularim mavjlanar shu dam. Qiyoslaymiz: Bahor keldi. Atrofda qushlar chug’urlashadi; Tong otmoqda. Oppoq tong otmoqda. Orzularim mavjlana shu dam. Gaplarning kesimi grammatik jihatdan shakllantirilganda ham mazmunda o’zgarish bo’lmaganini payqash qiyin emas. Ammo uslub nuqtai nazaridan o’zgarish bo’lganligi, ma’lum darajada gapning ta’sirchanligi yo’qolganligi seziladi. Kesim grammatik jihatdan shakllanamagan bo’lganda ham bu harakat ongimizda mavjud bo’ladi. Nutqda uni tinglovchi va o’quvchi ham payqaydi. Bahor, tong so’zlarining gapga aylanishidagi asosiy omil ham ana shu kesimlarning shakllanmasligi bo’lib hisoblanadi. Bu so’zlar hukmni ifodalash, gapga aylanish jarayonida kesimning vazifasini, mazmunini ham o’z zimmasiga oladi. Faqat farqi shundaki, bu alohida so’z gap bo’lganda alohida bir tugallangan ohang bilan, ehtiros, hayajon bilan talaffuz etiladi hamda bahorning kelishi, tongning otishi haqidagi xabarni berish bilan birgalikda bahor va tongning mavjud va hukmron bo’lib turganligi ham ta’kidlanadi.

Shuning uchun ham gaplardagi ega yoki kesimning shakllanmaganligini grammatik me’yorining buzilishi deb emas, aksincha, ma’lum bir nutqiy vaziyatda ko’zda tutilgan maqsadning ifodalanishi uchun zarurat deb tushunish kerak.

Maqollar tahlili misolida xalq og’zaki ijodi namunalarining sintaktik xususiyatlari haqida yirik tadqiqotlar olib borgan X. Abdurahmonov bu janr nutqiy me’yorlarining o’ziga xos ko’rinishlari to’g’risida ishonarli xulosalar berganki, ularga tayangan holda gaplarning ikki tarkibli ko’rinishidan boshqa ayrim turlarining me’yoriy xususiyalari haqida mulohaza bildirish mumkin bo’ladi.

Masalan, maqollarning buyruq gap shaklida berilishi (Avval o’yla, keyin so’yla) me’yoriy holat, so’roq va undov gaplar shaklida kelishi esa tilimiz uchun xos xususiyat emas. Gapda ega ko’proq otlashgan so’z yoki so’z birikmalari orqali ifodalanadi va u nechta so’z va so’z birikmalari bilan ifodalansa, kesim ham shuncha so’zli birikma orqali ifodalanadi. (Oz so’z – soz so’z, yoz mevasi – qish xazinasi). Izohlovchilar uchramaydi. Ko’p o’rinlarda so’z qaratqich, tushum va boshqa kelishiklar bilan shakllanishi lozim bo’lganda, belgisiz ishlatiladi.

Bir tarkibli gaplarning shaxsi umumlashgan turi maqollar sintaksisi uchun asosiy me’yoriy xususiyat sanaladi (Olim bo’lsang olam seniki; Mard bir o’lar, nomard yuz o’lar kabi). Maqollarning bog’lovchisiz qo’shma gap shaklida kelishini ham ularning muhim me’yoriy belgilari deb hisoblash lozim (Qo’shning tinch – sen tinch, Gap ko’p – ko’mir oz, Rahmat olgan omondir, la’nat olgan yomondir singari).

Shu narsa ham muhimki, bu tipdagi gaplarda qiyoslash, zidlash mazmuni, parallelizm yorqin sezilib turadi. So’z tartibi esa turg’un. Qo’shning tinch – sen tinch tartibida shakllangan gapni Sen tinch – qo’shning tinch, deb o’zgartirish maqsadga muvofiq emas. Demak, komponentlar turg’unligi bunday gaplar uchun me’yoriy holat hisoblanadi.

Tadqiqotchi qo’shma gap shaklidagi maqollar ohangiga ham alohida e’tibor beradi va bunda ham me’yorning buzilishi so’zlovchi yoki yozuvchini kutilgan natijaga olib kelmasligi mumkinligini uqtiradi. Gaplarning ifoda maqsadidan kelib chiqib, tenglik, davomlilik, jimlik, cho’ziqlik, sokinlik va jiddiylik kabi ma’nolar ohang yordamida yuzaga kelishi hamda ularning qo’shma gapning ma’lum turlariga xoslanishi haqida mulohazalar bildiriladi.

Aytilganlardan shunday xulosa kelib chiqadiki, o’zbek tili sintaksisi doirasida me’yoriy chegaralarni belgilash nihoyatda murakkab vazifa. Tildagi har bir sintaktik kategoriya, har bir sintaktik birlik matn xususiyatiga qarab, vazifaviy uslublar doirasida qo’llanishiga ko’ra o’ziga xos mazmun va shakl kasb etishi mumkin. Demak, kelajakda sintaktik me’yorlar har bir uslub, ularning alohida tur va janrlari misolida batafsil tadqiq etilishi lozim bo’ladi.

Alisher Navoiy nasriy asarlarining sintaksisi yuzasidan tadqiqotlar olib borgan S.Ashirboyev xulosalari til me’yorlarining davriy xarakterini, sintaktik me’yorlarining bir muncha turg’unlik xususiyatiga ega ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi. Olimning ta’kidlashicha, «Alisher Navoiyning nasriy asarlarida qo’llangan sodda gaplarning tarkibiy va ma’no amallari XY asr nasrining ajoyib namunasi bo’lib, o’sha davr normasini aks ettiradi». (Uning) «nasriy asarlaridagi qo’shma gaplargina emas, balki sodda gaplarning shakllanishida ham fors- tojik adabiy tilining ta’siri kuchli bo’lgan»ligi sezilib turadi. Buning ustiga «o’rta asr adabiyoti va tilini diniy tushunchalarsiz tasavvur qilib bo’lmas edi, binobarin, dunyoviy tushunchalar diniy tushunchalar bilan bog’lanib kelingan edi. Shu tufayli ham Alisher Navoiyning nasriy asarlarida bunday so’z shakllari va birikmalarining qo’llanishi tabiiydir» (A sh i r b o ye v S. Alisher Navoiyning nasriy asarlaridagi sodda gaplarning tarkibiy va ma’no xususiyatlari: Filol.f.d-ri …dis.avtoref. – Toshkent,1990,39-41-betlar).

Tadqiqotda keltirilgan «Va sart orasida ahli ta’bu donish va zumrai ilmu zehnu biynish ko’prakdur», «Chun taxti anga muvaffaq bo’ldi, alar hasaddin ittifoq qilib, Erajni o’lturdilar», «Barcha sadot va mashoyix va ulamo va fuqaroning mahbubi qulubi erdi», «O’z namozin maqbul taxayyul qilg’an jamoat namozi qabuliyatin ham takafful qilg’an» singari gaplarga ko’z yugurtirish bu fikrning to’g’ri ekanligini tasdiqlaydi. Tabiiyki, oradan 500-600 yil o’tgandan keyingi o’zbek tili gap qurilishi va ularda ishtirok etayotgan leksik-grammatik birliklarda boshqacha manzarani kuzatamiz.

Sintaksis nazariyasi asoschilari tomonidan asosiy sintaktik birliklar – so’z birikmasi va gap o’rtasidagi grammatik farq yetarli ko’rsatib berilgan. Ammo nutqiy jarayon shunday keng qamrovli va murakkabki, ayrim holatlarda ular bir-biriga teng kelib qolishi mumkinligini ko’rsatadi. Qiyoslaymiz: oppoq tong, oydin kecha, kech kuz so’z birlikmalari. Gap: Qaysi yil edi, yodimda yo’q. Kech kuz. Daraxtlar barglarini deyarli to’kib bo’lgan. Ko’rinadiki kech kuz bir holatda so’z birikmasi, ikkinchi holatda gap. Qaysi holatni me’yoriy buzilish deb baholash mumkin? Qanday belgilariga ko’ra ularning birini so’z birikmasi, ikkinchisini gap deb ataymiz? Albatta, bu masalani ana shu grammatik birliklar shakllanayotgan nutqiy qurshov hal qiladi.

Til tizimidagi sintaktik me’yorlarni belgilashda gap qurilishining nazariy asoslariga tayanib ish ko’rish va bunda har bir tilning o’z grammatik tabiatini hisobga olish to’g’ri bo’ladi.

Gap qurilishida turli grammatik vositalar yordamida shakllanadigan grammatik munosabatlar, hokim-tobelik xususiyati mavjud ekan, me’yoriylikni belgilashda ham ana shu mazmuniy va shakliy munosabatlar e’tiborga olinishi shart. Tildagi ega-kesimlik, birikmalardagi so’zlararo moslik va muvofiqliklardan har qanday chekinish ham me’yorning buzilishi deb qaralishi lozim.

To’g’ri, til faqatgina aloqa va xabar vositasigina emas, u tas’ir o’tkazish quroli hamdir. Ana shu vazifani amalga oshirish yo’lida, masalan poetik matnda, ayrim grammatik qoidalardan chekinishga yo’l qo’yilishi tabiiy. Shuning uchun bu chekinishlarga vazifaviy uslublar nuqtai nazaridan baho berilsa, ulardagi me’yor masalasi ham o’z-o’zidan hal bo’ladi.

O’zbek tili uslblarining vazifaviy chegaralanishida sintaktik me’yorlarning ham o’z o’rni bor, albatta. Chunki har bir vazifaviy uslubning muttasil amalda bo’lib turishi tabiiy ravishda ularning nutqiy me’yorini belgilab qo’yadi va uning tilda yashovchanligi ham ana shu me’yor asosida mustahkamlanib boraveradi hamda bu me’yor uni boshqa uslublardan farqlashga imkon beradi.

Shu o’rinda vazifaviy uslublarning umumiy va xususiy tomonlari borasida so’z yuritishiga zarurat seziladi. Bu masalaga A.I.Yefimov bir qadar aniqlik kiritib, adabiy tilning barcha uslublari uchun tilning dastavval grammatik qurilishi va umumiste’moldagi umumiy so’zlar sanalishini ta’kidlagan edi (Ye f i m o v A.I. Stilistika xudojestvennoy rechi. – M.,1961, s.66.). Uning barcha vazifaviy uslublar uchun grammatik qurilishning umumiy ekanligi haqidagi fikri nazariy jihatdan to’g’ri ekanligini ta’kidlagan holda, bu qarashning ham nisbiy ekanligini, umumiylik har bir vazifaviy uslubda juz’iy tarzda yuz berishini aytib o’tish ham lozimdir. Chunki, o’z-o’zidan ayonki, aytaylik, so’zlashuv va ilmiy uslubda shakllangan matnlarni bir-biriga taqqoslashdan aynan ana shu grammatik qurilishda ham farqlar yaqqol sezilib turishi ma’lum bo’ladi.

M.N.Kojina ham vazifaviy uslublarning barchasi uchun umumiy bo’lgan belgilar – to’g’rilik, aniqlik, ta’sirchanlik, mantiqiylikni ko’rsatib o’tadi va ularning har birining qaysi vazifaviy uslubga ko’proq xos ekanligini va ularning aks etish me’yorini belgilab berishga harakat qiladi. Masalan, aniqlik ilmiy va rasmiy uslubga xos xususiyat, ammo u badiiy obraz yaratish uchun ham zarur, deb hisoblaydi va mantiqiylik badiiy nutqda obraz, obrazli fikrning izchil tuzilishi bo’lsa, ilmiy nutqda u fikrlar ifodasining qat’iy tartibi bilan farq qiladi, degan xulosaga keladi (K o j i n a M.N. Stilistika russkogo yazыka. – M., 1983, s.80.). Mana shu farqlarning esa har bir vazifaviy uslubga oid matnlarning grammatik qurilishida reallashuvi o’z-o’zidan ayon bo’lib qoladi.

Har bir vazifaviy uslubning sintaktik o’ziga xosligi uni boshqa uslublar bilan qiyoslaganda ochiladi. Masalan, og’zaki nutq me’yorini olib ko’raylik. Odatda suhbatdoshlar nutqqa tayyor bo’lishmaydi, uni kutilmagan tarzda ijro etishadi. Masalan: Xolmat. Yo’q….axir, bu, qo’ying – ey. Po’latov. Xolmat ota … Xolmat ota (K. Yashin), Maktabni necha bilan bitirib eding? Ay, ko’rsavod-ye! Dotasiya, bu… xo’-o’sh…muttahamlarcha yashash … yo’q, davlat qaramog’ida yashash…, yo’q, qarz bo’lib yashash demakdir, ha! (T. Murod). Bu uslub doirasida shakllangan gaplar qanchalik uzuq-yuluq, bir – biriga bog’lanmagan bo’lmasin, nutqiy vaziyat, suhbatdoshlarning o’zaro munosabati bu gaplarni tushunishga ko’maklashadi, so’zlarni yoki gaplarni vaziyat bir-biriga bog’laydi (Bu haqda qo’shimcha ma’lumot olish uchun qarang: O’rinboyev B., O’rinboyeva D. Hozirgi o’zbek adabiy tilining so’zlashuv uslubi. – Toshkent, 1991). Ba’zan og’zaki nutq matni asl holatida qog’ozga tushirilsa, u o’quvchi uchun umuman tushunarli bo’lmasligi mumkin. Chunki, bunday paytda og’zaki so’zlashuv jarayonidagi imtiyozlar – nutqiy vaziyat, so’zlovchining harakatlari, eng muhimi, ohangning ishtirok etishiga imkon bo’lmaydi. Shunday holatni ham so’zlashuv uslubi gap qurilishi uchun me’yor deb tushunishimiz lozim bo’ladi.

Ilmiy uslubni ham olib ko’raylik. Bu uslub o’zining sintaktik xususiyatlariga va me’yorning bir qadar turg’unligiga ko’ra boshqa vazifaviy uslublardan farq qiladi. Bu narsa ilmiy matndagi fikrning tugalligi, to’liqligi, mantiqiy izchilligida, bir tarkibli va qo’shma gaplarning faolligida, fikrni va gaplarni o’zaro bog’lovchi maxsus vositalarning ishlatilishida, o’zbek tili gap qurilishining odatdagi tartibiga rioya qilinishida ko’rinadi (Bu haqda yana qarang: Mu k a r r a m o v M. Hozirgi o’zbek adabiy tilining ilmiy uslubi. – Toshkent, 1984, 111-151-betlar). Misol: «Yozma manbalarning guvohlik berishicha, miloddan avvalgi YII- YI asrlarda O’zbekiston hududida sug’diylar, baqtriyaliklar, xorazmliklar, sak va massaget elatlari yashaganlar. Zarafshon va Qashqadaryo vodiysida dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi ko’plab aholi istiqomat qilgan. Yozma manbalarda bu hudud So’g’da («Avesto»da), Sug’uda (Behistun yozuvlarida ), Arrian, Strabon, Kursiy Ruf asarlarida Sug’diyona deb nomlangan. Bu hududda yashovchi aholi sug’diylar deb atalgan» (O’zbekiston tarixi, 6 - sinf).

Biz odatda to’g’rilikni, ya’ni grammatik qurilishning to’g’ri bo’lishini nutqning eng asosiy xususiyatlaridan biri sifatida e’tirof etayapmiz. Ammo yuqorida keltirilgan misollardan shu narsa ham ma’lum bo’ladiki, mazmun va shakl munosabatidagi birlamchilik va ikkilamchilik qoidasidan bu holatda ham chetga chiqib bo’lmaydi.

Nutqiy ifoda jarayonida fikriy mukammallik, maqsadga muvofiqlik asosiy muddao sanalar ekan, barcha grammatik vositalar va qurilmalar ana shu vazifaga xizmat qilishi lozim bo’ladi.

Yuqorida aytilganlardan shu narsa ma’lum bo’ladiki, sintaktik me’yor doirasida tildan foydalanuvchilar uchun to’g’rilik, aniqlik, mantiqiylik, maqsadga muvofiqlik va ta’sirchanlik kabi nutqiy lingvostilistik omillar doirasida amal qilishi zarur bo’lgan jihatlar anchagina. Bu o’rinda ularning ayrimlari sanab o’tildi, xolos. Ammo o’zbek tili grammatikasi qoidalarini, ularni amalda qo’llashni boshqa kurslarda ham o’rganish davomida talabalar ana shu aytib o’tilgan masalalarga e’tiborni kuchaytirsalar, sintaktik me’yor muammolarini tushunish yanada osonlashadi.

7-ma’ruza: U s l u b i y m ye ‘ yo r




Download 450 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish