Iskandarova(Nortosheva) Shaxlo 403. O‘TA
4-amaliy mashg‘ulot
1- TOPSHIRIQ. Ahmad Yugnakiy hayoti va ijodining o‘rganilish tarixini kuzating va bu haqda ma’lumot bering. Yugnakiy, Ahmad Yugnakiy (12-asr oxiri, Samarqand, Yugnak qishlog‘i — 13-asr 1-yarmi, ?) — shoir, mutafakkir. Tarjimai holi haqida deyarli ma’lumot yo‘q. «Hibat ul-haqoyiq» («Haqiqatlar tuhfasi») asari bizgacha yetib kelgan. Uning oxirida Adib Ahmad ismi tilga olinadi. Asar nusxalaridan biriga temuriy amaldorlardan Arslonxoja Tarxon tomonidan ilova qilingan 10 baytli masnaviyda Yugnakiy haqida ba’zi ma’lumotlar mavjud. Undan ma’lum bo‘lishicha, Adib Ahmad Yugnak degan so‘lim va bahavo joyda tug‘ilgan. Otasining oti Mahmud Yugnakiy bo‘lgan. Kitobi adabdan iborat bo‘lib, nomi —«Hibat ul-haqoyiq». Kitob koshg‘ariy tilda she’riy yo‘l bilan yozilgan. «Qutadg‘u bilig»dan 1—2 asr keyin yaratilgan bu asar o‘zbek mumtoz adabiyotining noyob durdonasi hisoblanadi. Alisher Navoiy «Nasoyim ul-muhabbat» tazkirasida Yugnakiyni O‘rta Osiyoning mashhur shayxlari qatoriga qo‘yib, uning tug‘ma ko‘rligi xususida so‘zlaydi, yana Navoiy Husayn Boyqaroning o‘g‘li Badiuzzamonga yozgan xatlaridan birida ham «Hibat ul-haqoyiq»dan parchalar keltiradi. Ahmad Yugnakiy hayoti va ijodining manbalari. Ahmad Yugnakiy X-XII asrlar o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi, iste’dodli shoir, donishmand murabbiydir. Adibning "Hibatul-haqoyiq" dostoni uning ma’naviy merosidan bizgacha yetib kelgan yagona namunasidir. Hajman ixcham bu: doston o‘sha davr turkiy adabiy tilining ham nihoyatda qimmatli, mo‘tabar manbalaridan biri sanaladi. Shoirning hayoti, ijtimoiy faoliyati va ijodi haqida juda oz ma’lumotlarga egamiz. "Hibatul haqoyiq" dagi ayrim misralar bag‘rida kelgan ishoralar hamda asarning turli nusxalarida kotiblar tomonidan yozilgan qaydlar shoir shaxsi va uning hozirgacha yagona asari haqida ma’lum tasavvur hosil qilish imkonni beradi. Ahmad Yugnakiy millatimiz iftixori, ulug‘ mutafakkir shoir Amir Nizomiddin Alisher Navoiy nazariga tushgan turkigo‘y ijodkorlardan biridir. Navoiyning "Nasoyim ul-muhabbat" nomli 766 tariqat ahli haqida ma’lumot beruvchi tazkirasida Ahmad Yugnakiy haqida fikr Yuritilganligi uning qadimiy turk mashoyixlaridan ekanligini dalillaydi.
2 – TOPSHIRIQ. Kerakli so‘zni qo‘ying.
1. YOLG‘ONCHI kishidan tezlikda o‘zingni uzoq tut, sen umringni TO‘G‘RILIK bilan kechir.
2. Boylik – kambag‘allik YEMISH-OZUQ bor-yo‘qligidir. Aslida OZIQ-OVQAT yo‘qligini QASHSHOQLIK deb aytma.
3. NIQOB ko‘tariladi. DUNYO yuzini bir ko‘rsatadi. Go‘yo QUCHMOQCHI BO‘LIB qo‘lini – qanotini yozadi va YANA QOCHADI.
3 – TOPSHIRIQ. “Hibat ul-haqoyiq”dagi “TAVOZE’LIK MANFAATI, KIBRU HAVO VA HIRSNING ZARARI TO‘G‘RISIDA” BOBINI O‘QIB, “Ko‘z va ko‘ngil mushtarakligi Yugnakiy talqinida” mavzusida ijodiy ish yozing. (1, 2 betgacha). Shoir o‘quvchiga nasihat qilarkan, awalo, bilimli kishilar izidan borishni, so‘zlash kerak bo‘lsa, bilib so‘zlashlikni maslahat beradi. Uning fikricha, maqtash lozim bo‘lsa, saxiy kishini madh etmoq zarur. Baxilga esa o‘tkir o‘q yoyni saqlab qo‘ymoq o'rinlidir. Ko‘rinadiki, shoir bob davomida mana shunday olijanob, ezgulikka da’vat qiluvchi fikrlarini rivojlantiradi, saxiylikni ulug‘lab, baxillikni qattiq qoralaydi. Dostonning 9- 10-boblarida ham yuksak insoniy fazilatlar ta’riflanib, inson avlodi tabiatidagi noshoyista qusurlar keskin tanqid ostiga olinadi. Aytish lozimki, mazkur boblarda rang-barang mavzular qalamga olingan bo‘lsa-da, insonni komillikka yetaklash, barkamol avlod tarbiyasi haqida qayg'urish tayanch g‘oya sifatida o‘sha mavzulami yagona tizimga birlashtirib turadi. Shoir dastlab har bir inson o‘zidan takabburlik illatini uloqtirib, tavoze’ni mahkam tutmog‘i kerak, deb hisoblaydi. Takabbur kishining qiliqlari barchaning tilida nafrat qo‘zg‘atishi, xulqlar ichida eng yaxshisi yuvoshlik ekanligi misralarda o'zining badiiy in’ikosini topadi. Adibning manmanlikka berilish kishi uchun yomon illatlardan biri ekanligi xususidagi quyidagi m isralari o‘quvchini befarq qoldirmaydi, albatta:
Takabbur libosin kiyib oz solln,
Kirib xalqda ko‘ksung, ozurlab tilin.
Mo‘minIar nishoni tavoze’ erur,
Agar mo‘min ersang, tavoze’ qilin.
Keltirilgan mazkur iqtibosda shoir insonlami manmanlik, kibrlilik libosini kiyib, xalqqa kerilib, nigoh tashlab ularga til bilan noo‘rin ozor berm aslikka chaqiradi. Ahmad Yugnakiy latif tavoze’ni mo'minlikning nishoni deb biladi. Shuning uchun u barcha mo‘minlami izzat-ehtiromli bo‘lishga da’vat etadi. Kamtarlik inson ma’naviy olamini go‘zallashtiruvchi nodir fazilat ekanligi «Hibat ul-haqoyiq»da o‘ziga xos badiiy san’atlar yordamida tasvirlanadi. Ma’naviy go‘zallik, inson kamoloti, yuksak botiniy-zohiriy axloq uchun nimalardan saqlanish lozimligi haqidagi shoiming quyidagi fikrlari ham e’tiboiga loyiqdir:
Ayursan: kedim,to‘n, sharob, osh kerak,
Talim mol, o‘kush qul, qoravosb kerak.
Agar yig‘ding ersa umurluq tovar,
Burun boshqa bo‘rkni kiyar bosh kerak.
Kishining ko‘ngli zebo kiyimlar, to‘n, sharob, shirin osh, ko‘p mol-dunyo, xizmat qiladigan qulni qo'msaydi. Agar inson butun umriga yetadigan mol-mulk yiqqan bo‘lsa ham, eng awalo, unga bo'rk kiymoq uchun bosh zarurdir. Shoiming ushbu fikrlaridan anglashiladiki, hamma narsadan oldin inson o‘zin i, o‘zligini anglamog‘i, qadrlamog'i, o'shalami avaylab, e’zozlamog‘i, hayotning asl mohiyati deb bilmog‘i lozimdir. Hamma narsa inson uchun, uning baxt-saodati uchun xizmat qilishi zarur. Adib zikri o'tgan fikrlarini bo‘rk timsoli vositasida o'quvchiga aniq yetkazishga muvafTaq bo'lgan. Bo‘rk bosh kiyimi bo‘lib, shoir uni kiyishga arzigulik bosh kerak deganda, jamiyki moddiy boyliklar insonsiz o'zining haqiqiy qadr-qimmatiga ega bo‘lolmasligini ta’kidlaydi. Ahmad Yugnakiyning «Esiz qilg'on erga san ezgu qilo», ya’ni «yomonlik qilgan kishiga sen yaxshilik qil» mazmunidagi satrlari o‘quvchida noto‘g‘ri taassurot qoldiradigandek bo‘lishi mumkin. Sababi shundan iboratki, yomonlik qilgan kishiga yaxshilik qilib bo‘lmaydi, degan fikr ayrim odamlar ongida o‘z salbiy ta’sirini saqlab qolganligiga shubha bildirish qiyin. Bunday qarshilantirish yo'sinida kelgan fikr insonga, tabiiyki, g‘ayriodatiy tuyuladi. Biroq shoir karamni shafqatning boshi deb biladi. Inson ongiga yaxshilik ma’rifat ibrati bilan ta’sir ko‘rsatish adib nazarida tarbiyaning zaruriy omilidir. Chunki tanbeh, zug'um va turli jismoniy-moddiy jazolar hamisha ham kutilgan natijani bermaydi. Shu bois u halimlilik, yumshoq fe’l-u atvomi ulug‘lab, ana shu yuksak insoniy fazilat vositasida xalq o'rtasida obro‘-e’tiborga ega bo'lish mumkinligi xususida so'zlaydi. Bir so‘z bilan aytganda, shoir jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish tarafdoridir. Bu g‘oya olijanob islom dini va tasawuf ta’limotida bot-bot o‘z ifodasini topgan. «Hibat ul-haqoyiq» ana shunday ezguliklar targ‘ibotchisi bo‘lgan axloqiy- ta’limiy, ma’rifiy doston bo'lganligi tufayli asrlarosha nekbin kitobxonlar qalbida yashab keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |