11-MAVZU:
Erkin Vohidov ijodi. «Yoshlik» devoni va zamonaviy g‘azalchilik
muammolari.
Erkin Vohidovning hayoti va ijodi.
(1936-yilda tug’ilgan)
Reja:
1.
Shoirning hayoti va ijodi yo’li.
2.
Shoir lirikasi.
3.
“Ruhlar isyoni dostoni.
Tayanch tushunchalar:
Erkin Vohidov hozirgi o’zbek she’riyatida “o’ziga xos
sehr sohibi”* Shoir she’riyatida romantik ohang
va shavqatsiz realistik ruh,
rubobiy nazokat va publitsistik harorat, hajv, epik tasvirga moillik* “Ruhlar
isyoni” —falsafiy, fojeiy va qahramonlik dostoni.
O’zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov hozirgi o’zbek she'riyatining zabardast
vakillaridan biridir. Uning sharq mumtoz adabiyoti an’analari izidan borib,
zamondoshlari ma'naviy dunyosini ochib beruvchi g’azallari, zo’r insoniylik yo’li
bilan yo’g’rilgan taiay she^rlari, urush fojialari haqida bahs etuvchi “Nido", hayot
jumboqlari, inson qismati xususidagi falsafiy mushohadalari bilan yo’g’rilgan
..Ruhiar isyoni". “Istambul fojeasi” asarlari, tomoshabinlarni xushnud etgan “Oltin
devor” komediyasi,
shuningdek, I. Gyote, S. Yesenin. A. Blok, M. Svetlov, A.
Tvardoyskiv. R. Xarnzatgvdan qilgan tarjimalari, ayniqsa, Eron taronalariu bilan
,,Faust" tarjimasi adabiyotimizda, ma'naviy "hayotimizda ulkan voqea bo’ldi.
Shoirning hayoti va ijtimoiy faoliyati
,,Men ijodiy mehnatni faol jamoat ishlari bilan qo’shib olib borishdek sharafli
vazifa yukini doimo yelkamda his qilaman. Odamlarga faqat shg’ring emas, o’zing
kerakligini sezish — bu katta baxt. Shuning uchun
ham jamoat mehnatidan hech
qachon o’zimni olib qochgan cmasman. Qaynoq hayot ichida yashab, ishlab
o’rganganman", — deb yozadi shoir. Darhaqiqat, u badiiy ijodni faol jamoatchilik
ishlari bilan qo’shib olib boradi. Yoshlar nashriyotida bosh muharrir, g’afur
g’ulom nomidagi Adabiyot vasan'at
nashriyotida direktor, ,,Yoshlik" jurnaliga
bosh muharrir bo’lib ishlagan. Shoiming ijtimoiy faoliyati doirasi Respublika Oliy
Kengashi va Oliy Majlisiga deputat bo’lib saylangan, Oliy Kengashning oshkoralik
masalalari qo’mitasi, Oliy Majlisning Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar
qo’mitasiga raislik qilgan kezlari ayniqsa kengaydi. Bu yillarda atoqli shoir davlat
va jamoat arbobi sifatida ham tanildi. Uning ko’p vaqti xalq ichida,
yurtimiz va
mamlakatlar bo’ylab safarlarda o’tmoqda. Shoir ,,Buyuk xizmatiari uchun" ordeni
bilan taqdirlandi, ,,0'zbekiston Qah-ramoni" unvoniga sazovor bo’ldi.
Erkin Vohidov Farg’ona viloyatining Oltiariq tumanida 1936-yilning 28-
dekabrida qishloq o’qituvchilari oilasida dunyoga
keldi. Otasi Cho’yanboy Vohidov, onasi Roziyaxon davrning obro'-e'tiborli,
ma'rifati, faol kishilari edilar. Afsus, ular uzoq yasha-madilar. Avval Ikkinchi
jahon urushida qatnashib, og’ir yarador bo’lib qaytgan ota, so’ng
ona dunyodan
o’tdi. Bo’lg’usi shoirning opasi va ukasi ham go’dakligida vafot etgan edi. Ikki
qisqa umrning yolg’iz yodgori bo’Iib Erkin toshkentlik tog’asi qo’lida qoldi.
Uning o’spirinlik, yoshlik yillari Toshkentda o’tdi. Erkin ulg’aygan xonadon
ma'rifatga, sanratga, adabiyotga tashna cdi, bu
xonadonda tez-tez shoir va
xonandalar ishtirokida suhbatlar bo’lib turardi. Erkin Vohidovdagi nafosatga,
she'riyatga mehr va mayl shu xonadonda, ana shu davralarda shakllandi. Erkin juda
erta qo’liga qalam oldi. 7-sinfda o’qib yurganida ,,Mushtum" jurnalida birinchi
she'ri bosildi.
Maktabni tugatgach, Toshkent Davlat univeisiteti filologiya
fakultetiga kirib o’qidi. Universitct ta'limi shoirning ijodiy taqdirida chuqur iz
qoldirdi; birinchi she'rlar kitobi ,,Tong nafasi" talabalik yillarida yaratildi.