UCHINCHI SAHNA
Poloniy uyida bir xona, Lazrt va Ofeliya kirib keladilar.
Lazrt
Ashyolarim kemada. Singlim, alvido!
Yo'lchi ellar esganda bizning manzilga —
Qemalardan xat-xabar yubor. Unutma!
Ofeliya
Bunga shubha qilmagin!
Lazrt
Senga Hamletning —
Iltifoti bekor gap, maynadir tamom.
Bu bir havas, qonlarning ehtirasidir,
Bu — qor ichra o'sgan bir binafshadirki,
Nozik, ammo o'tkinchi, xushbo'y va ojiz
Chechakning o'zi, xolos.
Ofediya
Shunchami, xolos!
Lazrt
Ishon, faqat shunchalik. Va yana bilki,
Hayotda o'smoq demak, semirmoq emas,
O'sgan sayin kishida a'zoyu badan,
Yuksaladi farosat, zehni barobar.
Balki uning sevgisi hozir pokiza,
Niyatida yo'q balki yomon g'arazlar,
Ammo o'yla, u kimdur. Undan qil hazar.
U-ku oliymaqomdir, ammo hur emas. –
O’z nasabu nabyoliga u bo'lmish asir.
Har kimlarday o'zida yo'q ixtiyori.
Boshqalar hal qiladi o'lka taqdirin,
U rioya qiladi el talabiga.
Uzi biron narsani hal etolmaydi,
Endi tushun; sen uning taropalarin —
Rost deb bilsang paymol bo'lur nomusing.
Qo'nsang uning sen qizg'in so'rovlariga,
Qalbing bersang ketadi qizlik xazinang.
Ehtiyot bo'l, Ofeliya, hazar qil, singlim,
Shavqu havas o'tidan saqlanib mudom,
O'zingni ishq — savdodan olib qochgaysan.
Mabodo derazadan qiz o'z betipi
Hatto oyga ro'y qilsa, odobdan emas.
Eng iffatli qizni ham tuhmatlash oson.
Hali kurtak ochmagan yosh nihollarni
Qurtu qushlar eb-titib quritar darrov.
Umrlar saharida shabnamlar o'zi
Zaharli kasallarin yuqtirar bizga.
Modomiki xulqimiz hali pishmabdi,
Tortinchoqlik — biz uchun eng yaxshi vasiy.
Ofeliya
Nasihatu paidingni qalbim yoniga
Men posibon qo'yaman. Ammo og'ajon,
Sen ham bir xil betavfiq domlalar kabi
O'zgalarga jannatning yo'lin va'z etib,
Uyalmay, ayshu ishrat ko'chalariga
Qirmagaysan.
Lazrt
Sen mendan xotirjam bo'lgin.
Hayalladim men nega? Ana otam ham.
Poloniy kirib keladi.
Ikki marta olaman sizdan fotiha.
Yana bir gal siz bilan xayrlashaman.
Polaniy
Hali ham sek shu erda, Lazrt? Uyat bu!
Bukib qo'ydi elkaplar elkasini el.
O'zing qayda yuribsan? Oq yo'l tilayman,
O'gitimga quloq sol, ko'nglintga chertgin.
Orzu va armoningni maxfiy tut doim,
Mos tushmagan gaplarni so'ylama sira.
Odamlar-la xushraftor bo'lsang ham, lekin
Hech kim bilan yor-inoq bo'lmagin zinhor.
Temir chambarlar bilan band et do'stlarni,
Ammo kim uchrayversa qo'llar siqishib,
Hovuchingda qabartma qadoqlarni sen.
Janjallarga kirishma, ammo bir kirsang —
Boshqalarga janjalni tavba qildirgin.
Hamma gapni eshitgin, o'zing kam gapir.
Hukmlarga to'z, ammo o'z hukming yashir.
Hamyoningga yarasha libos kiyib yur.
Oliftalik qilmagin, zavq bilan kiyin
Odamlar taniladi ust-boshi bilan,
Frantsiyada kiborlar bu haqda g'oyat
O'tkir ko'zu nozik did egasidurlar.
Na birovni qarzdor qil, va na-da qarz ol.
Qarz pul bersak ajraymiz do'stdan ham puldan.
Qarzga olsak tejashlik esdan chiqadi,
Eng avval shu:.— o'zingga bo'l sadoqatli.
Shunday qilsang, tun poyin bosgan kunduzdek,
Hamma ishda sadoqat bo'lur muyassar.
Xayr endi, yodlab ol, safarga jo'na.
Do'stlaringiz bilan baham: |