3-amaliy mashg‘ulot
IQTISODIY TEBRANISHLAR. ISHSIZLIK (4 soat)
Reja:
3.1. Iqtisodiy davrlar va iqtisodiy tebranishlarning sabablari.
3.2. Ishsizlik tushunchasi va ishsizlik darajasining o`lchanishi.
3.3. Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari.A. Ouken qonuni.
3.4. O`zbekiston Respublikasida yangi ish o`rinlar yaratish va aholining ish bilan bandligini ta‘minlash siyosatining xususiyatlari va yo`nalishlari.
Tayanch so’z va iboralar: iqtisodiy inqiroz, iqtisodiy sikl, turg’unlik (depressiya), jonlanish, yuksalish, davriylik, iqtisodiy jarayon, tebranish.
Bilib olasiz!
Barqaror iqtisodiy rivojlanishning sharti bo’lib muvozanat, ijtimoiy ishlab chiqarish va iste’mol, yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi tenglik hisoblanadi. Biroq bozor iqtisodiyotida muvozanat holati vaqti vaqti bilan buzilib turadi. Milliy xo’jalik amal qilishida muayyan davriylik, takrorlanish kuzatiladi, bunda iqtisodiyotning yuksalish davri pasayish hamda turg’unlik davrlari bilan almashadi. Davriylikni milliy iqtisodiyotni bir makroiqtisodiy muvozanatdan boshqasiga harakati sifatida aniqlash mumkin.
Iqtisodiy o’sish – bu o’zgarmagan holda bir xilda yuksalib borish holatidir. Ijtimoiy ishlab chiqarish harakatida ishlab chiqarishning umumiy hajmi juda tez o’sadigan yillar bor, boshqa yillarda esa bu jarayon sekin yuz beradi, ba’zida esa pasayish yillari ham bo’ladi.
Davriylik - tizimning davrlar yordamida o’z harakatini amalga oshirish xususiyati. Davriylik muvozanatli kabi muvozanat bo’lmagan tizimlarga ham xos, bunda faqat shakl jihatdan farq qiladi - doiraga yaqin shakldagi, to’lqin shaklidagi, spiral shaklidagi yoki zina shaklidagi ko’rinishga ega bo’ladi.Iqtisodiy davrning harakatida ketma-ket bo’ladigan to’rtta bosqich kuzatiladi:
Inqiroz – bu ishlab chiqarishni pasayishi va to’xtab qolishini yuzaga keltiruvchi iqtisodiyotdagi muvozanatni buzilishi. Bozor iqtisodiyoti uchun ortiqcha ishlab chiqarishning inqirozi xos bo’lib, uning oqibatida narxning qat’iy tushishi yuz beradi (1929-1933 yillar AQShda narxlar 54 foizga pasaydi. Keyin ishlab chiqarish hajmi pasayadi, bu ishsizlikni o’sishiga, demak aholi daromadlarini pasayishiga, o’z navbatida to’lov qobiliyatli talabni qisqarishiga olib keladi.Bunda ishlab chiqarish va bandlik darajalari kamayadi, ammo narxning o’sish darajasi pasaymaydi. Bu bosqich faol va uzoq davom etsagina narxning o’sish darajasi sustlashishi mumkin. Pasayishning quyi nuqtasida ishlab chiqarish va bandlik eng quyi darajaga tushadi va tanazzul davri boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |