4.4 Chidamlilik va uning ko‘rsatkichlari Chidamlilik ko‘rsatkichlari:
Xizmat muddati – transport vositasining chegaraviy holatgacha ishlash taqvimiy
davomiyligini ko‘rsatadi. Transport vositasining xizmat muddati fizik va ma’naviy
eskirishlari bo‘yicha aniqlanadi.
Transport vositasining fizik eskirishi natijasida ekspluatatsion sarflar oshib boradi
(1.1-rasmga qarang). Shu sababli transport vositalarini o‘z vaqtida hisobdan chiqarish
maqsadga muvofiq.
Transport vositasining
ma’naviy eskirishi uning ishonchlilik xususiyati
ko‘rsatkichlarining va samaradorligining pasayib ketishi hamda sarf-xarajatlarning
oshib ketishi bilan bog‘liqdir.
Resurs – transport vositasining texnik hujjatlarda belgilangan chegaraviy
holatigacha yuradigan yo‘li yoki buzilishlarsiz ishlash vaqtlarining yig‘indisi.
Resurs ko‘rsatkichlari:
O‘rtacha resurs (L