4.4 Тa’mirlashga moyillik ko’rsatkichlari
Ta’mirlashga moyillikning asosiy ko‘rsatkichlari:
− o‘rtacha ta’mirlash vaqti;
− mehnat, texnik xizmat ko‘rsatish uchun ketgan pul mablag‘i sarflarining
o‘rtacha va solishtirma qiymatlari;
− ishonlilikning umumiy ko‘rsatkichlari;
− texnik tayyorgarlik va texnik foydalanish koeffitsientlari berilgan sharoitdagi
ta’mirlash ehtimolligi. Undan tashqari, ta’mirlashga moyillikni baholashda boshqa
xususiy ko‘rsatkichlardan ham foydalansa bo‘ladi;
− transport vositasi yoki agregatdagi ta’sir ko‘rsatish nuqtalarining soni;
joylashuvi; agregatlarning yengil yechilishi; almashinuvchanlik darajasi; agregat,
uzel, detal, tizim, mahkamlov detallarining birxillashtirish (unifikatsiya) darajasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |