Ишнинг умумий тавсифи



Download 5,89 Mb.
bet16/28
Sana28.05.2022
Hajmi5,89 Mb.
#613103
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28
Bog'liq
Dissertatsiya O\'zbek tilini ideografik organish payt bildiruvchi sozlar tahlili

B5 sememasi B2dan ma’no torayishi hisobiga o‘sib chiqqan. B5 sememasida B2dagi «davr» semasining ma’nosi torayib «bir yil» semasiga aylangan. B5da «inson», «umr» semalari saqlangan, «yayragan», «gulgun» semalari tashlab yuborilgan. B5 sememasining semalar tarkibi quyidagilardan iborat: «inson», «umr», «bir yil». B5 sememasiga quyidagicha ta’rif bersa bo‘ladi: inson umrining bir yili.

Bahor leksemasining besh sememasidagi umumiy va farqlovchi semalarni quyidagi jadvalda ko‘rish mumkin:





N:

bahor 1

bahor 2

bahor 3

bahor 4

bahor 5

1

yil

umr

ichki dunyo

-------

umr

2

fasl

-------

-----------

-------

-------

3

qishdan keyin

bolalikdan
keyin

-----------

-------

-------

4

yozdan oldin

o‘rta yoshdan oldin

-----------

-------

-------

5

tabiat

----------

-----------

jamiyat
hodisasi




6

yashnagan

yashnagan

yashnagan

Yashnagan

--------

7

gulgun

gulgun

gulgun

Gullagan

--------

8

uyg‘onish

----------

---------

Uyg‘onish

--------

9

davr

davr

vaqt

Davr

bir yil

10

-------

inson

inson

-------

inson



Yoz leksemasining ma’nolarini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, ushbu leksema ham polisemem bo‘lib, u ikki leksik ma’nodan iborat. Birinchi leksik ma’no yoz fasli, yoz issiqlari kabi bog‘lanishlarda reallashadi. Ikkinchi leksik ma’no esa umrimiz yozi kabi bog‘lanishlarda oydinlashadi.
Birinchi ma’no, ya’ni Yoz1 sememasining semalarini quyidagicha aniqlash mumkin: «yil», «fasl», «bahordan keyin», «kuzdan oldin» «issiq». Yoz1 sememasiga shunday ta’rif berish mumkin: yilning bahordan keyin, kuzdan oldin keladigan eng issiq fasli. O‘zbek tili izohli lug‘atida ham Yoz1 sememasiga quyidagicha ta’rif beriladi: «yilning bahor bilan kuz orasida keluvchi eng issiq fasli». O‘zbek tili omonimlarining izohli lug‘atida esa ushbu semema «bahor bilan kuz orasidagi fasl» deb ta’riflanadi. Bu ta’rif Yoz1ning faqat bitta qirrasini, uning chegarasini ochib beradi. Yoz1 sememasining eng xarakterli belgisi esa uning issiqligidadir. Yoz1 sememasiga qisqa qilib «yilning eng issiq fasli» deb ta’rif ham berish mumkin.
Yoz2 sememasi Yoz1 sememasidan o‘sib chiqqan. O‘zbek tilining izohli lug‘atida Yoz2 sememasiga shunday ta’rif beriladi: «umrning eng gullagan, yaxshi davri». Yoz2 sememasining hosil bo‘lishi quyidagi taraqqiyotni bosib o‘tgan: Yoz1 tarkibidagi «yil» semasi «umr» semasiga o‘tgan, «fasl» semasi «davr» semasi bilan almashgan, ya’ni «umr» semasiga moslashgan. Lekin nom ko‘chish, asosan, «issiq» semasi asosida yuz bergan. Bu jarayon ozgina murakkabroq bo‘lib, u Yoz1 sememasida «issiq» leksemasining o‘rganishni talab qiladi. O‘zbek tilining izohli lug‘atida «issiq» leksemasining besh ma’nosi qayd etilib, 5-ko‘chma ma’nosi «kishiga xush yoqadigan, yoqimli» degan ma’nodir. Demak, bu ma’noda ijobiylik belgisi bor. Xulosa qilib aytish mumkinki, Yoz1 tarkibidagi «issiq» semasi ko‘chma ma’no kashf etgan va shu ma’nodagi ijobiylik bo‘yog‘i bilan Yoz2 sememasiga o‘tib yangi sema «yaxshi» semasini hosil qilgan.
Biz izohli lug‘atda qayd etilgan Yoz2 sememasi ta’rifidagi «eng gullagan» belgisini inkor qilamiz. Chunki bu holatni biz bahor leksemasida kuzatganmiz.
Kuz leksemasi ham ikki ma’noli bo‘lib, 1-ma’nosi kech kuzak, kuz fasli kabi bog‘lanishlarda oydinlashadi. 2-ma’nosi esa, «Axir yoshligimiz ketyapti, umr bahorimiz o‘tib, kuzimiz yaqinlashib qolyapti, Xayotxon! (M.Ismoiliy) kabi gaplarda aniqlashadi. 1-ma’no, kuz1 sememasining semalari quyidagilardan iborat: «yil», «fasl», «yozdan keyin», «qishdan oldin», «tabiat», «xazonrezgi». Ta’rifi esa: yilning yoz bilan qish orasidagi xazonrezgi fasli.

Download 5,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish