O‘ZBEK TILINI IDEOGRAFIK O‘RGANISH: PAYT BILDIRUVCHI SO‘ZLAR TAHLILI
MUNDARIJA
Ishning umumiy tavsifi....................................................................
Kirish. Makon va zamon falsafiy kategoriya sifatida.....................
I bob. Zamon va uni tadqiq etishning falsafiy asoslari
1.1 Mazmuniy maydonlar tasnifi....................................................
1.2.Temporallik maydoni va uning tilda aks etishi........................
II bob. O‘zbek tilida paytning leksik vositalar yordamida ifodalanishi
2.1. Ot leksemalarning payt semantikasi.......................................
2.2. Ravishlarda vaqt semantikasi ................................................
III bob. Vaqt ifodalovchi birliklarning matn shakllantirish imkoniyatlari
3.1. Matn va uning tuzilishida temporal semantikaning o‘rni.......
3.2. Vaqt semantikali ot va ravishlarning sintagmatik imkoniyatlari..................................................................................
3.3. Payt otlari va ravishlarning matn shakllantirish imkoniyatlari.................................................................................
Xulosa .....................................................................................
Adabiyotlar ro‘yxati.............................................................. ..
Ishning umumiy tavsifi
Mavzuning dolzarbligi. Har qanday fanning taraqqiyoti unga xos bo‘lgan analitik va sintetik tadqiqotlar nisbiy yetakchiligining tadrijiy almashinib borishidan iborat. Analitik bosqichning asosiy maqsadi o‘rganish ob’ektini (predmetini) qismlarga ajratib o‘rganish bo‘lsa, sintetik talqin muayyan bosqich darajasida o‘rganilgan qismlarni butunga (ob’ektga) birlashtiradi. Analitik va sintetik tadqiqotlarni keskin chegaralab bo‘lmaydi. Zero qismlar o‘rganilayotganda butunga asoslaniladi, butun tadqiqotida qismlar nazarda tutiladi. Shuning uchun analitik bosqich sintetik bosqichni, sintetik bosqich analitik bosqichni doimo taqozo etadi, lekin bulardan biri muayyan tadqiqotda nisbiy yetakchilik qiladi va asosiy ilmiy maqsad unga qaratiladi. Aslida ushbu bilish yo‘llari (induksiya va deduksiya) asosida qism va butunning muhim belgilari aniqlanadi hamda tadqiqot ob’ektining mohiyati bosqichma-bosqich yechilaveradi.
Tadqiq yo‘llari induksiya yetakchiligiga asoslangan an’anaviy o‘zbek tilshunosligi bilan deduksiya usuli hukmronligida ish ko‘rayotgan hozirgi o‘zbek sistem tilshunosligining ilmiy yo‘nalishlari bir – birini inkor etmaydi, aksincha sistem lingvistikamiz an’anaviy tilshunosligimizning muayyan til birliklari, muayyan kategoriyalar (qismlar) yuzasidan olib borgan qimmatli tadqiqotlarning yutuqlariga asoslanibgina o‘zining til butunligi (sistema va mikrosistemalar) haqidagi ta’limotini yarata oladi. Ma’lumki, sistema o‘zining tashkil etuvchi elementlari, munosabatlari va strukturasiga ega.
Ushbu magistrlik dissertatsiyasida vaqt ma’nosining sistemalilik (butunlik), elementlik (qismlik) va munosabatlar hosil qiluvchilik xususiyatlari tadqiq etiladi.
O‘zbek tilida vaqt ma’nosi mustaqil til birligi (semema) yoki boshqa til birliklari semantikasining tashkil etuvchisi (sema) sifatida mavjud vaqt semantikasi o‘zining leksik, grammatik, fonetik ifodalanishlariga ega. O‘zbek tilshunosligida vaqt ma’nosi otlar, sifatlar, olmoshlar, fe’llar, yuklamalar kabi morfologik, payt hollari, vaqt ifodalovchi konstruksiyalar singari sintaktik yo‘nalishlarda o‘rganilgan yoki qayd qilingan. Leksik birliklarning temporal ma’nosi haqida xususiy va u yoki bu munosabat bilan bildirilgan fikrlar uchraydi. Vaqt sememasi va semalarning tartibi, ularning sistema hosil qiluvchi imkoniyatlari, vaqt semantikali makro va mikrosistemalari, bularning tuzilish xususiyatlari, vaqt ifodalovchi birliklarning lug‘aviy sistemada tutgan o‘rni, ko‘lami kabi munosabatlar o‘z yuklamalariga ega emas. So‘nggi yillarda jahon tilshunosligida matn muammosiga qiziqish kuchayib ketdi. Bu qiziqish sistemalikni yuqori sath birliklaridan ham izlash, til va nutqning statik va dinamik sistemalarini farqlash zaruriyatini keltirib chiqardi.
Temporal lug‘viy birliklarning nutqiy voqelanish imkoniyatlari ham hozir shakllanib borayotgan matn tilshunosligining dolzarb muammolaridan biridir. Leksik sathga oid temporal birliklarning butun va qism, umumiy va xususiy belgilarini o‘rganish, temporal lug‘aviy birliklar paradigmatikasining sintagmatik imkoniyatlarini tadqiq etish kabilarning amalga oshirilmaganligi ushbu dissertatsiyaning dolzarboigini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |