Qandli sharbatlar. Ta’mi yaxshilanishi uchun kislotaliligi baland bo’lgan
xom ashyolardan olingan tabiiy sharbatlarga qand yoki qand siropi qo’shiladi.
Bunday sharbatlar ichimlik sifatida ishlatiladi. Qand etsiz sharbatlarga, sirop esa
ichimlik konsistensiyasi hosil qilish uchun etli sharbatlarga qo’shiladi.
Gazlangan (saturatsiyalangan) sharbatlar. Gazlangan sharbatlar karbonat
angidridi (SO
2
) bilan to’yintirish orqali olinadi. SO
2
sharbatga yangiligicha saqlanish
xususiyatini beradi, sharbatning tarkibiy komponetlarini oksidlanishdan saqlaydi,
uning ozuqaviy qimmatini oshiradi va mikroorganizmlar faoliyatini to’xtatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |