uning tarkibidagi ko’zga ko’rinadigan suzgich zarrachalar cho’kmaga tushiriladi.
yuqori dispersiyali zarralar yoki yuqori molekulali moddalar eritmasidan iborat.
Meva sharbatlari tarkibida tabiiy yuqori molekulali polimerlar – pektin, oqsil,
ayrim oshlovchi va ranglovchi moddalar, polisaxaridlar (jumladan, kamed) mavjud.
33
Meva sharbatida dispersion muhit suyuqlik (suv) hamda disperslangan faza – qattiq
jism bo’lgani uchun ular suspenziyalarga yoki liozollarga kiradi.
SHarbatdagi kolloidlarning umumiy miqdori mevaning turi va naviga, iqlim
sharoitiga bog’liq. Uzum sharbatida kolloidlarning umumiy miqdori 4–12 g/l
oraliqda o’zgaradi. Olma sharbatida o’rta hisobda 5 g/l ni tashkil etadi.
Muallaq zarralarni ajratib Kristall shaffof mahsulot olish uchun kolloid
sistemani buzish va cho’kma tushishiga erishish kerak.
Meva sharbatini shaffof suyuqlik (sharbatni o’zi) va cho’kmaga ajratish
jarayoni tindirish deyiladi. SHarbatni tindirish uchun kolloid sistemaning barini
cho’ktirishga hojat yo’q. Buning uchun kolloidlar miqdorini 20–30% kamaytirilsa
kifoya.
Kolloid darajada dispers moddalarning asosiy qismi mahsulot tarkibida qolishi
keyinchalik uning uzoq saqlanishi natijasida yana loyqalanishiga sabab bo’lishi
mumkin. Oqibatda zarrachalar bir-biri bilan tutashib, yirik zarrachalar hosil qilishi
mumkin. Bunda, avvalo, sharbatning opalassensiyasi, so’ngra engil, ko’payib
borayotgan loyqa paydo bo’ladi, pirovardda cho’kma hosil bo’ladi.
Deaeratsiya. Sharbat tarkibiga kirgan havo ishlab chiqarish davomida sharbat
sifatini yomonlashtiradi.
Olma sharbati oshlovchi moddalari havoda oksidlanishi va flobafenlar hosil bo’lishi
natijasida qorayadi. Uzum sharbatida havo ranglovchi moddalar parchalanishini
keltirib chiqaradi, to’q malla cho’kma tushadi. Havo kislorodi vitaminlarni ham
parchalaydi. SHarbat tarkibidagi havo isitish natijasida yoki mexanik deaeratsiya
yordamida chiqarib yuborilishi mumkin. Agar sharbat uchun issiqlik bilan ishlov
berish kerak bo’lsa u holda uni issiqlik deaeratsiyasidan o’tkaziladi. Buning uchun
uzluksiz ishlovchi issiqlik almashgichlar ishlatiladi.
Mexanik deaeratsiyalash Pasterizator-deaerator orqali o’tkaziladi.
Qadoqlash. SHarbat shisha idishlarga, ya’ni shisha, banka, butil hamda tunuka
bankalarga, alyuminiy tyublar va polimer materialdan tayyorlangan taraga
qadoqlanadi. Kichik hajmli taraga qadoqlash va keyinchalik pasterizatsiyalash
34
vaqtida sharbat temperaturasi 50–60
0
Sni, uch litrli butillarga issiq quyish yo’li bilan
konservalash vaqtida esa, 90–95
0
Sni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: