Ishlari vazirligi



Download 1,08 Mb.
bet23/31
Sana22.06.2017
Hajmi1,08 Mb.
#10981
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31

12-Mavzu. SOVET DAVLATIDA MA’MURIY BUYRUQBOZLIK TUZUMINING KUCHAYISHI VA INQIROZI DAVRIDAO'ZBEKISTON (1946-1991). O’ZBEKISTONDA DAVLAT MUSTAQILLIGINING QO’LGA KIRITILISHI. DEMOKRATIK HUQUQIY DAVLAT VA FUQAROLIK JAMIYATI ASOSLARINING BARPO ETILISHI.
1. SSSR da turg'unlik holatining vujudga kclishi Tutg'unlik sabablari.

2. O'zbekislonning ijtimoiy—siyosiy hayoti

3. O'zbekistonning davlat mustaqilligini qo'lga kiritish tomon yo’l tutishi

4. Sovet imperiyasining tanazzulga yuz tutishi.Ittifoq shartnomasini yangilash talabi

5. O'zbekiston davlat mustaqilligining e'lon qilinishi va uning tarixiy ahamiyati

6. O'zbekiston Respublikasi davlat ramzlari va Konstitutsiyasining qabul qilinishi

7. Siyosiy islohotlar. Huquqiy demokratik davlat asoslarining barpo etilishi

8. Fuqarolik jamiyati negizlarining yaratilishi


1. SSSR da turg'unlik holatining vujudga kclishi Tutg'unlik sabablari.

XX asrning 70-80— yillarida SSSRda iqtisodiyotni rivojlanish surati tobora pasayib, sarf-xarajatlari ortib bordi. Mavjud imkoniyatlarni hisobga olmasdan ishlab chiqilgan ijtimoiy, oziq-ovqat, agrar, energetika, ekologiya va boshqa soha-lardagi dasturlar samara bermadi, iqtisodiy ziddiyatlarni chuqur-lashtirib yubordi.

Jahonning taraqqiy topgan mamlakatlarida XX asr ikkinchi yarmida sodir bo'lgan ilmiy-texnika inqilobidan samarali foydalanildi. Mashina-fabrika ishlab chiqarishidan avtomatlashtirilgan kompleks ishlab chiqarishga o'tib borildi. Ishlab chiqarishga hisob-kitoblar, yechimlar, nazorat va boshqarish vazifalarini bajaradigan elektron-hisoblash apparatlari, axborot texnikasi, robotlar kirib keldi va keng qo'llanila boshlandi. Odamlar bajarib kelgan oddiy texnik, mexanik, og'ir jismoniy ishlarni texnika vositalari bajaradigan bo'ldi. Fan ishlab chiqarish kuchiga aylandi. Natijada ilg'or mamlakatlarda ishlab chiqarish intensiv taraqqiyot yo'liga kirdi. Moddiy ishlab chiqarishda ishlovchilar soni qisqarib, xizmat ko'rsatish sohasida, tibbiyot, ta'lim, ilmiy faoliyatda band bo'lganlar soni oshib bordi. Axborot texnikasi tibbiyot, fan, ta'lim va boshqa xizmat ko'rsatish sohalarida keng qo'llanila bordi. Inson texnik, mexanik va og'ir jismoniy ishlarni bajarishdan ozod bo'lib, o'zini mazmunli, ijodiy ishlarga bag'ishladi. Pirovardida turmush saviyasi tobora yaxshilanib bordi.

Sovet davlatida esa ilmiy-texnika inqilobidan foydalanish yetarli darajada yo'lga qo'yilmadi. Iqtisodiyot ekstensiv yo'lda, tobora ko'p qo'shimcha mehnat va moddiy resurslarni ishlab chiqarishga jalb etish-da sustkashhk qilinayotgan edi. Mamlakat katta tabiiy resurslarga ega bo'lsa-da, xo'jaliklar ularning yetishmovchiligiga duch keldi. Ko'pgina mamlakatlar fan-texnika inqilobi tufayli xalq turmushida jiddiy ijobiy burilishga erishgan birpaytda SSSRbujarayondan orqada qolib ketdi. Ishlab chiqarish texnologiyasi eskirgan, mahsulotlarning sifati past, ular sotilmasdan omborlarda to'planib qolayotgan edi. Ma'-muriy-buyruqbozlik tizimi, iqtisodiyotga partiyaviy rahbarlik va uning mafkuralashtirilishi iqtisodiyotni isloh qilish yo'lidagi urinishlarni yo'qqa chiqarar edi. Ijtimoiy ehtiyojlarga mablag' ajratishda qoldiq prinsipi vataqsimotdatekischilikhukmron edi.Bular aholining meh-natga qiziqishi va faolligini susaytirdi, boqimandalik, tayyoriga ayyorlik, ichkilikbozlik, giyohvandlik, chayqovchilik, poraxo'rlik kabi yaramas illatlarni keltirib chiqardi.

Buyruqbozlik boshqaruv usuli, mamlakatda keng tarqalgan sansolarlik, qog'ozbozlik, majlisbozlik illatlari iqtisodiyotning o'z qonunlari va vositalari asosida rivojlanishiga to'sqinlik qilmoqda edi. Odamlar mulkdan begonalashtirilgan, shu tufayli loqayd, sust, beparvo edilar, «xo'p-xo'p», «bajaramiz» deyishga o'rgangan oddiy ishtirokchilarga aylantirilgan edi.

Huquq va qonuniylikka putur etgan edi. Xo'jalikni boshqarishda 200 mingtacha turli buyruqlar, yo'1-yo'riq va ko'rsatmalar beruvchi qonunsimon hujjatlar hukmron bo'lib, ular xo'jalik xodimlarining harbir qadamini nazorat qilib, tashabbuskorlikni bo'g'ar edi. Oddiy korxonadan tumangacha, viloyatdan respublikagacha, respublikadan markazgacha haqiqiy ahvolni bo'yab ko'rsatish, barcha darajadagi rahbarlarni maqtash, ular nomiga hamdu-sanolar o'qish rasm bo'lib qolgan edi. Oqibatda, dunyoda eng kuchli ikki davlatdan biri deb hisoblanib kelingan sobiq SSSRturg'unlik holatida qoldi.

KPSS Markaziy Qo'mitasining 1985— yil aprelda bo'lgan Plenumi noxush tendensiyalar yig'ilib, SSSR inqiroz oldi vaziyatga tushib qolganligini ilk bor etirof etdi. Mazkur Plenum jamiyatni «qayta qurish» orqali iqtisodiyotni ko'tarish, xalqning turmushini yaxshilash siyosatini belgiladi. 1985-1986— yillarda Markazdagi rahbariyat tomonidan jiddiy o'zgarishlar qilish zarurligi anglandi. Biroq ahvolning nihoyatda murakkabligi hali to'la idrok etilmagan edi.

«Qayta qurish» siyosati va uning barbod bo'Iishi Markazdagi rahbarlar hamon sotsializm «afzallik»laridan foydalanib, jamiyatni «qayta qurish»ga, sotsializmni yaxshilashga umid bog'lar edi. Ammo ular mamlakatni sotsializmning o'zi, u yaratgan totalitar siyosiy, iqtisodiy tuzum inqirozga olib kelganligini pay-qamagan edi.

1987— yildagi mavjud siyosiy tuzumni va iqtisodiyotga partiyaviy rahbarlikni saqlab qolgan holda xo'jalik mexanizmini isloh qilish yo'lidagi urinish ham samara bermadi. Iqtisodiy islohotlar tez orada qotib qolgan ijtimoiy-siyosiy tizimga urilib barbod bo'Idi, hech qanday samara bermadi.

1980— yillarning oxirlarida siyosiy tizimni isloh qilishga, birinchi navbatda KPSSning siyosiy va mafkuraviy hukmronligini cheklashga, davlat va xo'jalik organlarini kompartiya hukmronligidan chiqarishga, xalq deputatlari sovetining to'la hokimiyatini ta'minlashga urinish bo'Idi. Ammo bu sa'y-harakatlar ham behuda ketdi.

To'g'ri, jamiyatni demokratlashtirish, oshkoralik, turli xil fikrlar bildirishga imkon berish tomon ijobiy qadamlar qo'yildi. Matbuotda, radio va televidenieda turli xil fikr-mulohazalar erkin yoziladigan, gapiriladigan bo'Idi.

«Qayta qurish» siyosati davrida iqtisodiyotda juda kuchli buzilishlar ro'y berdi. Markaz «qayta qurish»ning ilmiy va nazariyjihatdan puxta va aniq-ravshan dasturini ishlab chiqolmadi. Iqtisodiy siyosat puxta o'ylab ko'rilmagan sinov va eksperimentlaiga asoslangan edi. Mamlakat sinovlar va xatoiar bijan siljib bordi. Mamlakatning real imkoniyatlari hisobga olinmasdan xalq xo'jaligining barcha sohalarini bir vaqtning o'zida rivojlantirishdan iborat noto'g'ri yo'l tutildi. «Bu hoi,-deb yozadi I.Karimov o'zining «O'zbekiston - bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'li» asarida, -pirovard natijada.cheklangan mablag'larning parokanda bo'lib ketishiga, moliya va ta'minot tizimining batamom izdan chiqishiga olib keldi, inqirozni chuqurlashtirdi».

Sobiq sovet rahbariyati mamlakatni tanglikdan, inqirozdan chiqarish ucbun ma'muriy-buymqbozlik tizimidan, hamma resurs-larni markazlashtirilgan tarzda rejalashtirish asosida boshqarish va taqsimlash yo'lidan tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotiga o'tish kerakligini o'z vaqtida payqamadi, juda kech tushundi. 1990— yilga kelganda bozor iqtisodiyotiga o'tish zaruriyati anglandi, dasturlar tuzildi, qaroriar qabul qilindi. Biroq vaqt boy berilgan edi. Iqtisodiyot batamom barbod bo'lgan, moliyaviy va narx-navo tizimi izdan chiqqan, boshqaruv mexanizmi falaj bo'lib qolgan edi. Sobiq SSSR tanazzulga yuz tuta boshladi.

2. O'zbekislonning ijtimoiy-siyosiy hayoti

"Кadrlar desanti» O'zbekistonliklar jamiyatni qayta qurish, islohotlar yo'lini katta umid bilan kutib oidilar. Jamiyatni yangilashdan najot kutayotgan edilar. Biroq tez orada aholining hafsalasi pir bo'Idi. O'zbekistonda ijtimoiy-siyosiy hayot yanada murakkablashib bordi. Bu o'z xalqining or-nomusi va qadr-qimmatini himoya qilishga qodir bo'lmagan, siyosiy irodasi bo'sh kishilarning respublika rahbariyatiga kelib qolishi bilan bog'liq edi. Ularning ojizligi natijasida Respublika partiya va davlal rahbarlik lavozimlariga Markaz tomonidan ko'plab kadrlar yuborildi. «Kadrlar to'dasi» deb nom olgan 400 ga yaqin kelgindilar O'zbekistonni o'z bilganlaricha boshqara boshladilar. O'zbekiston Kompartiyasi va Respublika Ministrlar Soveti amalda ular tomonidan boshqarildi. Birinchi lavozimda o'tirgan mahalliy kadrlar ularning qo'lida qo'g'irchoq bo'lib qoldi.

O'zbekiston Kompartiyasi Markaz qo'mida Moskva vakillari -Mogilnichenko, Bessarabov, Ponomaryov uya qurib olgan edi. O'sha yillarda tez-tez bo'lib turadigan plenumlar va yig'ilishlarda qilingan barcha ma'ruzalarni Ponomaryov va O'zbekistonda doimiy ishlash uchun yuborilgan «kadrlar desanti»ning boshliqlari - Anishev, Ogarek, Satin va ularning hamtovoqlari tahrir qilardilar. O'zbekiston Kompartiyasi MQning birinchi kotibi 1. Usmonxo'jayev esa minbarga chiqib tayyor narsalarni o'qir edi. Minbardan bilib-bilmay aytilgan gaplar qanchadan-qancha kommunistlar va rahbarlarning sha'ni, qadr-qiymatini oyoq osti qilardi, hayotini buzardi. O'zKP Markaziy Qo'mitasida «pinxona kabinet» tashkil topdi. Ushbu «kabinet» kuch ishlatish, tuhmatlar uyushtirish yo'H bilan xodimlarni badnom qilish, respublikaga mutlaqo aloqasi bo'lmagan avanturistik qarorlarni tiqishtirish biian shug'ullandi. O'zbekistonda faoliyat ko'rsatayotgan «pinxona kabinet» va «kadrlar desanti»ning tashkilotchisi KPSS MQning kotibi E.K.Ligachyov edi. Qo'g'irchoqqa aylantirilgan mahalliy rahbarlar «kadrlar to'dasi» tomonidan tayyorlangan qarorlarga imzo chekishardi, xolos. Ularning sovet hokimiyatining ko'zbo'yamachilik, shovinistik siyosati va uni amalga oshiruvchilar oldidagi ojizligi, itoatkorligi xalqqa qimmatga tushdi.

"Paxta ishi". O'zbekistonda «o'zbeklar ishi», «paxta ishi» deb atalgan jinoiy ishlarto'qib chiqarildi. Moskvadan yuborilgan Gdlyan va Ivanov guruhi O'zbekistonning boshiga tushgan kulfat bo'ldi. Guruh a'zolari hech kim bilan hisoblashib o'tirmay, odamlarni qamash bilan shug'ullandi. Oddiy dehqondan tortib O'zbekiston Kompartiyasi MQ sekretarlari va hukumat a'zolarigacha bo'lgan xodimlami qamash uchun birovlarni zo'rlab yozdirib olgan bir parcha qog'oz kifoya edi. O'zbekistonda qonunchilik buzildi, o'zboshimchalik va qatag'onning yangi davri avj oldi. Ming-minglab iqtidorli, rahbarlik mahoratini puxta egallagan rahbar kadrlar, paxtakorlar, ter to'kib mehnat qilgan halol kishilar qamoqqa olindi. Hibsga olingan Respublika partiya va davlat organlarining rahbarlari esa Moskva qamoqxonalariga tashlandi. Tergov xodimlari 30— yillarda ishlatilgan yaramas usullar-dan foydalanib, hibsga olinganlarni qiynab, boshqalar ustidan to'qil-gan aybnomalarni ularning qo'li bilan qaytadan yozdirib olardi va bu «aybnoma» tobora ko'p begunoh odamlarni qamashga asos bo'lib qolardi. 25 mingga yaqin kishi qiynoq ostiga olinib, so'roq qilindi. 4,5 mingdan ko'proq kishi sud qilinib, turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etildi.

O'sha yillarda O'zbekiston Kompartiyasi MQning birinchi kotibi bo'lib uzoq yillar ishlagan, o'zbek xalqining baxt-saodati yo'lida samarali faoliyat ko'rsatgan Sh.R. Rashidovning nomi ham badnom qilindi. Vafot etib ketgan partiya va davlat arbobining ruhini bezovta qilish nima uchun kerak bo'lib qoldi? O'zbekistonning, o'zbek xalqining sha'ni-shavkati va qadr-qiymatini oyoq osti qilish uchun kerak bo'lgan edi. Buni anglamagan, ayrim mahalliy rahbar xodimlar o'zboshimcha qonunbuzarlarga yordamlashdilar. Ommaviy axborot vositalari xalqni dalil-isbotsiz tahqir qilish, halol mehnatkashlarni ma'naviy ezishga yo'naltirilgan ko'plab xabarlar, maqolalar berar edilar. Natijada, butun bir mamlakat va millat badnom qilindi, poraxo'r, olib-sotar sifatida sharmanda qilindi. Butun SSSRda bo'lganidek, O'zbekistonda ham kamchiliklar, qo'shib yozishlar, poraxo'rlik illatlari va boshqa jinoyatchiliklar bor edi. Lekin bu illatlarni o'zbek xalqi emas, balki Sovet hokimiyatining ij'timoiy-siyosiy tuzumi keltirib chiqargan edi.

O'zbekiston fuqarolari o'z haq-huquqlarini himoya qilishlarini so'rab tuman, viloyat va respublika partiya va sovet organlariga murojaat qildilar. 1986-87— yillarda faqat O'zbekiston Kompartiyasi MQga fuqarolardan 50 mingdan ortiq xat va shikoyatlartushdi. 20 mingdan ortiq kishi Markazqo'm kotiblari va bo'lim boshliqlari qabulida bo'lib, o'zlarining arz-dodlarini bildirdilar. Poytaxtga yetolmagan 100 minglab fuqarolar mahalliy hokimiyat organlariga o'z haq-huquqlari, qonuniy manfaatlarining buzilganligidan shikoyat qilib koridorma-koridor, eshikma-eshik turtinib yurdilar.

Norozilik, ayniqsa, xotin-qizlar orasida ko'paydi. 1986-87— yillarda respublikada 270 ayol o'zini-o'zi yondirib yubordi. Bu holat ularning sha'ni, qadr-qiymatining toptalashi, haq-huquqlarining buzilishiga nisbatan ko'rsatilgan norozilik edi. Haqiqat va adolat, keyinroq, Islom Karimov O'zbekiston rahbari bo'lgach ro'yobga chiqdi. Islom Karimov tashabbusi bilan «Paxta ishi»ni ко'rib chiqish uchun maxsus komissiya tuzildi. Pirovardida 3,5 mingdan ko'proq kishi oqlandi

Ijtimoniy-siyosiy hayot. Xalqning juda boy tarixi va madaniyatini, o'lkaning o'ziga xos noyob xususiyatlarini bilmagan va bilishni istamagan kelgindilar mahalliy xalqning urf-odatlari, an'analarini oyoq-osti qildilar. Xalqimizning boy madaniyati va ma'naviy qadriyatlari kamsitildi. Ona tilining qo'llanilishi yanada cheklab qo'yildi. Hatto milliy libos kiyib yurish ham qoralandi. Milliy an'analar bo'yicha to'y qilgan, qarindosh-urug'larini milliy, diniy qadriyatlar asosida dafn qilganlar tanqid ostiga olindi, shafqatsiz jazolandi. Bunday vaziyat xalqni ranjitdi, hafsalasini pir qildi, siyosiy loqaydlikni kuchaytirdi.

Ko'plab olimlar, yozuvchilar va boshqa ijodiy xodimlar aziyat chekdi. Ularning ko'pchiligi mahalliychilikda, milliy cheklanganlikda, xurofot-bid'atga berilganlikda, sinfiy va partiyaviy tamoyillardan og'ishlikda, o'tmishni, xonlar va amirlar hayotini bo'rttirib ko'rsa-tishda ayblandilar.

Siyosiy va mafkuraviy zug'umlarga qaramasdan ijtimoiy ong o'zgara boshladi. O'tmish va hozirgi zamon muammolari to'g'risida munozaralar, turli qarashlar, nuqtayi nazarlar bildiriladigan bo'l-di. Jamoatchilik paxta yakkahokimligini tugatish, o'zbek tiliga davlat tili maqomini berish, ekologik holatni sog'lomlashtirish kabi masa-lalarni ko'tara boshladilar. «Norasmiy» guruhlar va tashkilotlar paydo bo'la boshladi. Ular asta-sekin siyosiy tusga kirdi. 1989—yildatashkil topgan «Birlik» xalq harakati (rahbari Abdurahim Po'latov) respublikadagi dastlabki «norasmiy» harakat edi. Shuningdek, «O'zbekiston erkin yoshlar itifoqi», xotin-qizlarning «To'maris» nomli tashkiloti, rusiyzabon ziyolilarning «Intersoyuz» deb atalgan harakati tuzildi. Bu harakatlar dastlabki paytlarda xalqning ma'naviy qadriyatlarini tiklash, Orol fojiasini oldini olish, o'zbek tiliga davlat tili maqomini berish, boshqaruvning ma'muriy buyruqbozlik usulidan voz kechish kabi dolzarb masalalarni ko'tardilar. Biroq bu harakatlar g'oyaviy, siyosiy, tashkiliy jihatdan etarli darajada uyusha olmadi. «Birlik» xalq harakati rahbarlari mamlakat manfaatlaridan kelib chiqadigan dasturlar ishlab chiqish va aniq maqsadlami amalga oshirish yo'lida siyosiy kurash olib borish o'rniga, namoyishlar va mitinglar uyushtirish, ko'cha va maydonlarda to'plangan olomonda ehtiroslarni avj oldirish bilan shug'ullandi, hokimiyatni egallashga intildilar. Oqibatda «Birlik» bo'linib ketdi.

1990— yil boshlarida «Birlik» harakati faollarining Muhammad Solih boshliq bir guruhi siyosiy partiya tuzishga kirishdilar. 1990— yil 30-aprelda «Erk» demokratik partiyasining ta'sis qurultoyi bo'ldi. Qurultoy «Erk» partiyasi tuzilganligi haqida qaror qabul qildi, partiyaning dastur va nizomi qabul qilindi.

Biroq «Erk» partiyasi rahbarlari jamiyatni yangilash uchun bir tuzumdan ikkinchi tuzumga o'tish zaruriyatini, qanday islohotlar o'tkazish kerakligini va uning mazmun-mohiyatini, odamlar ongi va ruhiyatini o'zgartirish lozimligini, buning uchun mashaqqatli o'tish davrini bosib o'tish zaruriyatini anglab, tushunib yetolmadilar. Shuning uchun «Erk» partiyasi xalq orasida tayanchga, ishonchga ega bo'lolmadi.

Respublika matbuoti xalq turmushiga doir masalalarni, noxush hodisalarni, xalq dardi, armonlarini oshkora yorita boshladi, xalqning o'zligini anglashiga ko'maklashdi.

Iqtisodiyot tobora tanglik holatiga tushib bordi. 1985— yilda iqtisodiy rivojlanishning negizi sifatida qabul qilingan jadallashtirish konsep-siyasining asossizligi ma'lum bo'lib qoldi. Respublikada sanoat korxonalari, qurilish va transport sohalarini, ko'pgina kolxoz va sovxozlarni xo'jalik hisobiga yoki brigada (jamoa) pudratiga o'tkazish samara bermadi. 1987— yilda iqtisodiy tuzilmalarni qayta qurish, xo'jalikni boshqarish va xo'jalik mexanizmini isloh qilish, ma'muriy rahbarlikdan iqtisodiy rahbarlikka o'tish tadbirlari ham natija bermadi. Ma'muriy-buyruqbozlik usuli bilan ishlayotgan vaziriiklar va idoralar iqtisodiy islohotlarni yo'qqa chiqardi, iqtisodiyot taraqqiyotiga to'g'anoq bo'lib qolaverdi. Respublikaning tog'-kon, metallurgiya, mashinasozlik, elektrotexnika, kimyo sanoatiga qarashli korxonalar Ittifoq vazirliklari va idoralariga tobe bo'lib qolaverdi. Ijtimoiy va iqtisodiy ko'rsatkichlarni, awalgidek, Markaz belgilab berardi.

Aholining ijtimoiy ahvoli nochor edi. O'sha yillarda mutaxassis-larning hisob-kitoblariga ko'ra, kun kechirish uchun bir kishiga oyida kamida 85 so'm zarur edi. O'zbekistonda aholi jon boshiga da-romad 75 so'mdan oshmaydigan 8 million 800 mingga yaqin kishi yashardi, bular aholining 45 foizini tashkil etardi. Qishloq aholisining atigi 50 foizi toza ichimlik suvi bilan ta'minlangan edi, xolos.

Qishloqlarda yashovchi 240 ming oilaning tomorqa yeri yo'q, har besh xonadonning birida birorta ham chorva mol, 37 foiz xona-donlarda sigir, yarmisida qo'y boqilmas edi.

Maktab va maorif ishlarini isloh qilish va o'rta maxsus ta'limni qayta qurish borasidagi sa'y-harakatlar ham behuda ketdi. Respublikadagi 9000 ga yaqin maktablarning atigi 40 foizi maktab uchun mo'ljallab qurilgan binolarda, qolganlari esa moslashtirilgan binolarda ishlardi, ko'plari avariya holatida edi, o'quvchilarning katta qismi ikkinchi yoki uchinchi smenada o'qir edi.O'quvchilarning yiliga 2-3 oylab qishloq xo'jalik ishlariga jalb etilishi o'quv ishlarini izdan chiqargan edi. Oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida ham mutaxassislar tayyorlash sifati pasayib ketgan edi.

Kadrlar tayyorlashda son ketidan quvishga yo'l qo'yildi. Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida muammolar to'planib bordi, ularni ma'muriy-buyruqbozlik usullari bilan hal qilishga urunishlar hech qanday natija bermadi. Xalq orasida pinhona o'sib borayotgan ishonchsizlik, loyqaydlik kayfiyatlari asta- sekin yuzaga chiqa boshladi. Ruxsat etilmagan mitinglar, namoyishlar o'tkazish, hatto noxush voqealar ham sodir bo'la bordi.

Farg'ona fojiasi. 1989— yilning may-iyun oylarida Farg'onada fojiali voqealar sodir bo'ldi. 45 yil muqaddam Stalin bedodligi natijasida o'z yeridan badarg'a qilingan mesxeti turklarini o'zbek xalqi o'z bag'riga olgan, ularga mehribonlik qilgan edi. Tub joy aholi bilan mesxeti turklari o'zaro qardoshlik rishtalarini bog'lab, inoq yashardilar.

Biroq 1989— yil 20-mayda Quvasoyda mahalliy aholi bilan mesxeti turklari guruhlari o'rtasida mushtlashuv sodir bo'ldi. Respublika rahbariyatining voqeani to'g'ri baholay olmaganligi va tezkorlik bilan zarur choralar ko'rmaganligi oqibatida vaziyat murakkablashdi va etnik mojaroga aylanib, qon to'kilishiga olib keldi. 3 iyun kuni kechqurun Toshloqda, so'ng Marg'ilonning mesxeti turklari zich yashaydigan «Komsomol» suv xo'jaligi quruvchilari posyolkasida ur-yiqit, uylarga o't qo'yish, qotillik, vaxshiylik sodir bo'ldi. Keyingi kunlarda beboshlik harakatlari Farg'ona shahri, uning atrofiga tarqaldi. Olomon tomonidan sanoat korxonalariga, temir yo'l stansiyasiga, aloqa uzeliga, miJitsiya binosiga hujum qilindi. Boshboshdoqlik partiya va sovetlarga qarshi tus olib bordi. Ana shunday favqulodda vaziyatda respublika hukumat komissiyasi tuzildi. 4 lyundan boshlab komen-dantlik soati joriy etildi. Farg'onaga shoshilinch ravishda SSSR ichki ishlar vaziriigi ichki qo'shinlarining 13 ming kishilik bo'linmasi keltirildi. Ur-yiqit 7- iyun kuni yana takrorlandi va tez orada Qo'qon shahriga, Rishton, O'zbekiston va Kirov (hozirgi Beshariq) tumanlariga tarqaldi. 8- iyunda Qo'qonda aholining tinch namoyishi SSSR ichki ishlar vaziriigi qo'shinlari tomonidan o'qqa tutildi, 50 dan ortiq kishi halok bo'ldi, 200 dan ortig'i yarador qilindi. Ommaviy tus olgan tartibsizlik, ur-yiqitlarnatijasidajami 103 kishi halok bo'ldi. 1011 kishi jarohatlandi va mayib bo'ldi. SSSR ichki ishlar vaziriigi ichki qo'shinlarining 137 xizmatchisi, 110 militsiya xodimi yarador bo'ldi, militsiya xodim-laridan biri vafot etdi. 757 uy, 27 davlat binosi, 275 avtotransport vositasi yondirildi va talon-taroj qilindi.

Voqealarning keng miqyos va fojiali tus olganligi sababli sovet va ma'muriy organlar mesxeti turklarini Farg'onadagi harbiy qism poligonidagi lagerga hamda Tojikistonning Leninobod viloyati Asht tumanidagi Novgarzon posyolkasiga shoshilinch ko'chirildi. Minglab odamlarni bunday lagerlarda uzoq saqlab bo'lmas edi. Shuning uchun 16.282 kishi Farg'ona viloyatidan Rossiyaning Smolensk, Orlovsk, Kursk, Belgorod va Voronej viloyatlariga ko'chirib olib borib joylashtirildi.

Farg'ona fojiasining sabablari, uni harakatga keltirgan kuchlar kimlar edi? O'zbekiston Kompartiyasi MQning 1989— yil 23-iyunda bo'lgan XIV Plenumida Farg'ona fojiasi bilan bog'liq masalalarni o'rganish uchun maxsus komissiyasi tuzildi. Komissiyaning O'zbekiston Kompartiyasi MQning 1989— yil 29-iyulda bo'lgan XV Plenumi tomonidan ma'qullangan axborotida fojiani keltirib chiqargan sabablar ochib berildi.

• Farg'ona viloyati, shahar, tuman partiya va sovet tashkilotla-rining, huquqni himoya qilish organlarining tashkilotchilik, siyosiy ishidagi jiddiy xatolar fojiali voqealarga sabab bo'ldi. Ular viloyatdagi keskin ijtimoiy, siyosiy vaziyatni kuchayishi xavfini o'z vaqtida anglab etmadilar, millatlararo adovatni keltirib chiqarishga uringan ekstre-mistlarga, poraga sotilganlarga o'z vaqtida zarba berolmadilar.

• Farg'ona viloyatida o'n yillar davomida ijtimoiy-iqtisodiy keskinlik ortib bordi. Xo'jalik strukturasi buzilgan, larmoqlar xomashyo yetishtirish, yarim fabrikatlar ishlab chiqarishga moslashib qolgan edi, ishsizlar soni tobora oshib borar, odamlarni, yoshlarni ish bilan ta'minlash tadbirlari ko'rilmasdi.

• Kadrlar tanlash, munosib ish bilan ta'minlash ishlari buzilgan, poraxo'rlik, xizmat mavqeyini suiiste'mol qilish avj olgan edi.

• Ana shunday keskinlikdan, respublikada ijtimoiy-siyosiy beqarorlikni keltirib chiqarishdan manfaatdor siyosiy kuchlar allaqa-chon ishlab chiqilgan, puxta tayyorgarlik ko'rilgan reja asosida jg'vogarona harakat qildilar, olomonga oldindan tayyorlangan varaqalar tarqatdilar.

Farg'onada sodir bo'lgan siyosiy ig'vogarlik Tbilisi, Tog'li Qorabog', Bokuda tashkil etilgan ig'vogarliklardan biri edi. Keyinchalik, 1990— yil fevral-mart oylarida Bo'ka va Parkent, 1990— yil iyunda O'sh va O'zganda ham shunday urinishlar bo'ldi. Yovuz kuchlar o'z maqsadiga erisha olmadilar. O'zbekistonning yangi rahbariyati tomonidan ko'rilgan chora-tadbirlar natijasida keskinlik bartaraf qilindi.

3. O'zbekistonning davlat mustaqilligini qo'lga kiritish tomon yo’l tutishi

Yangi yo'l. 1989-yil 23-iyun kuni bo'lib o'tgan O'zbekiston Kompartiyasi MQning XIV Plenumida Islom Abdug'aniyevich Karimov O'zbekiston Kompartiyasi MQning birinchi kotibi etib saylandi. I.A. Karimov boshliq yangi rahbariyat tomonidan o'zbek xalqining milliy o'zligini anglashi kuchayib borayotganligi birinchi bor etirof etildi. Xalqning shon-shuhrati, qadr-qimmatini himoya qilish, milliy mustaqillikka erishish tomon yo'l olindi.

Respublikada kadrlarni tanlash, joy~joyiga qo'yish va tarbiyalash masalalarida milliy manfaatdorlik ustivorligi ta'minlandi. Markazdan yuborilgan «kadrlar desanti» o'z mavqeyini yo'qotdi. Anishev, Ogarek, Satin va boshqa «kazo-kazolar» respublikadan chiqarib yuborildi. Mahalliy kadrlar rahbarlik lavozimJariga ko'tarildi.

Kadrlar siyos atidagi jiddiy ijobiy o'zgarish shundan iborat bo'ldiki endi O'zbekistonda partiya, sovet, davlat, huquqni himoya qilish organlarining boshliqlarini Moskva orqali hal qilish, Moskva belgilagan xodimlarni ko'tarish amaliyotiga chek qo'yildi, bu masalalarni hal qilishni respublika rahbariyati o'z qo'Iiga oldi.

Bu vaziyatni teran anglagan rahbarning jasorati bo'lib, siyosiy mutelikdan qutilish tomon tashlangan muhim qadam bo'ldi.

O'zbekistonda adolatni tiklash chora-tadbirlari ko'rildi, to'qib chiqarilgan «o'zbek ishi», «paxta ishi»ning tamomila sharmandasi chiqdi. Bu bilan bog'liq ishlar qayta ko'rildi, aybsiz qamalgan minglab kishilar oqlandi, o'zoilasiga qaytdi, adolat tiklandi.

O'zbek tili - davlat tili. Respublika jamoatchiligi tomonidan allaqachon

o'zbek tiliga davlat tili maqomini berish masalasi ko'tarilgan edi. O'zbekistonning sobiq rahbariyati bu masalaga awallari millat-chilik, mahalliychilik deb qarardi, keyinchalik o'zbek va rus tilini teng mavqega ko'tarishga urindi, shu yo'sinda ikki tillik haqidagi qonun loyihasini o'tkazishga harakat qilgan edi. Respublika yangi rahbari jamoatchilik fikrini inobatga oldi, masalani bosiqlik bilan hal qilish yo'lini tanladi.

O'zbekiston SSR Oliy Sovetining 1989- yil 21-oktabrda bo'lgan o'n birinchi sessiyasida «O'zbekiston SSRning davlat tili haqida» Qonun qabul qilindi. Qonunda: «O'zbekistonning davlat tili o'zbek tilidir, o'zbek tili Respublikaning siyosiy—ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotining barcha sohalarida to'liq amal qiladi», -deb belgilab qo'yildi.

1990— yil 19-fevralda «O'zbekiston SSRning davlat tili haqida»gi qonunni amalga oshirish davlat dasturi qabul qilindi. Qonun va davlat dasturiga binoan, mehnat jamoalari, o'quv yurtlari, korxonalar va davlat muassasalarida ish yuritish rus tilidan o'zbek tiliga o'tkazila boshladi. Bu qonunning qabul qilinishi va uning amalga oshirila boshlanishi respublika ijtimoiy hayotida katta tarixiy voqea bo'lib, mustaqillik sari tashlangan yana bir muhim qadam bo'ldi.

Respublika iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini xolisona tahlil etish, baholash va ko'tarishga qaratilgan dastlabki sa'y-harakatlar qilindi. Qishloq aholisiga shaxsiy tomorqa uchun yer ajratildi. Yerga muhtoj 381 ming oilaga tomorqa yerlari berildi, 372 ming oila o'z tomorqalarini kengaytirib oldi. Shu maqsadlar uchun jami 150 ming gektar yer ajratildi. Respublikada «Ish bilan ta'minlash» dasturi ishlab chiqildi. Ana shu dasturga binoan 1990— yilda 300 ming kishi, asosan yoshlar ish bilan ta'minlandi. Aholining kam daromadli qismini ijtimoiy jihatdan himoyalash uchun 1990— yilda budjetdan va korxonalr hisobidan 142 mln. so'm qo'shimcha mablag' ajratildi.

Prezident lavozimining ta'sis etilishi.1990- yil 18-fevralda O'zbekiston Oliy Sovetiga saylov bo'ldi. Bu saylovlarning yangiligi shundan iborat bo'idiki, 500 saylov okrugining 326 tasida muqobil nom-zodlar ko'rsatildi. Oldingi saylovlarda barcha nomzodlar birinchi turdayoq deyarli 100 foiz ovoz bilan saylangan bo'lsalar, bu safar birinchi turda 368 nomzod zarur ovozlarni to'play oldi. Qolgan 132 okrugda qayta saylovlar bo'lib o'tdi.1990— yil 24-31-mart kunlari Toshkentda o'n ikkinchi chaqiriq O'zbekiston SSR Oliy Sovetining birinchi sessiyasi bo'lib o'tdi. 24-mart kuni sessiya respublikalar orasida birinchi bo'lib «O'zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta'sis etish to'g'risida» qonun qabul qildi. 1990— yil 24-mart kuni Oliy Sovet sessiyasida yashirin ovoz berish yo'li bilan Islom Abdug'aniyevich Karimov O'zbekiston Prezidenti etib saylandi.

Ana shu sessiyada I. Karimov nutq so'zlab, O'zbekistonning siyosiy mustaqilligini, o'zini-o'zi idora qilishga va o'zini-o'zi pul bilan ta'minlashga o'tishni ta'minlashni o'zining asosiy vazifasiligi ekanini ta'kidladi. SSSR va Markaziy hokimiyat mavjud bo'lgan sharoitdayoq O'zbekistonda Prezident saylanishi muhim voqea bo'ldi, mamlakatimiz mustaqilligiga erishish sari tashlangan yana bir dadil qadam bo'ldi.

Mustaqillik Deklaratsiyasi O'zbekiston SSR Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasi 1990— yil 20-iyun kuni «Mustaqillik Deklara-tsiyasbni qabul qildi. Deklaratsiyada har bir millatning o'z taqdirini o'zi belgilash huquqidan kelib chiqqan holda, xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlariga va demokratiya tamoyillariga asoslanib O'zbekiston SSRning davlat suvereniteti e'lon qilindi.

Mustaqillik Deklaratsiyasi 12 moddadan iborat bo'lib, quyidagilar bayon etilgan:

• O'zbekiston SSR davlat suvereriiteti;

• O'zbekiston SSR demokratik davlatining o'z hududida barcha tarkibiy qismlarda va barcha tashqi munosabatlarda tanho hokimligi;

• O'zbekiston SSR davlat hududi chegarasi daxlsiz va bu hudud xalqning muhokamasiga qo'yilmay turib o'zgartirilishi mumkin emas. SSSR Oliy Soveti qabul qiladigan qarorlar O'zbekiston SSR Konstitutsiyasiga muvofiq O'zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan tasdiqlangandan keyingina O'zbekiston hududida kuchga ega bo'ladi;

• O'zbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga O'zbekiston SSR ichki va tashqi siyosatiga tegishli barcha masalalar kiradi va hokazo.

O'zbekiston mustaqilligi to'g'risidagi Deklaratsiya muhim tarixiy hujjat bo'lib, mamlakatimizning o'z davlat mustaqiltigini qo'lga kiritish yo'lida yana bir yangi qadam bo'ldi.



Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish