Ishlari vazirligi


Barkamol avlodni shakllantirishda Vatan tarixining ahamiyati



Download 1,08 Mb.
bet2/31
Sana22.06.2017
Hajmi1,08 Mb.
#10981
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31

3. Barkamol avlodni shakllantirishda Vatan tarixining ahamiyati

O'zbekiston tarixi yoshlarga xalqimizning o'tmishi, tarixi haqida bilim berish bilan chegaraianib qolmaydi, u yoshlarni vatanparvar, ma'naviy jihatdan komil fuqaro etib shakllantirishga xizmat qiladi. Vatanimiz tarixi "Har bir fuqaroni, jumladan, yoshlarimizni boy madaniy merosimizni qadrlashga, uni ko'z qorachig'iday avaylab-asrashga, yurak-yurakdan iftixor qilishga o'rgatadi. O'zimizning boy o'tmish merosimizdan madad va ibrat olishga imkon beradi. Odamlar qalbida ezgulik tuyg'ularini uyg'otib, bugungi avlod kimlarning avlodi, kimlarning zoti va vorislari ekanini anglashga undaydi".Mustaqillik qo'lga kiritilgach, Vatanimiz tarixida burilish pallasi, ma'muriy-buyruqbozlik boshqaruviga asoslangan totalitar tuziimdan erkin, demokratik tuzumga o'tish davri boshlandi. O'tish davrida eski ideallar, g'oyalar, odatdagi tafakkur va axloq me'yorlari buziladi, milliy qadriyatlar qayta baholanadi, muqobil nuqtayi nazarlar paydo bo'Iadi, allaqachon unutilgan qarashlar qayta uyg'onadi, ziddiyatlar keskinlashadi. Vujudga kelgan murakkab sharoitda «birovlar tarixning borishini bilish mumkin emas»,- deb talvasaga tushsa, boshqalar eskirgan, rad etilgan "haqiqat'ga yopishib olib, tarixg'ildiragini orqaga qaytarishni orzu qiladi, urinadi. Tarixiy tajriba va saboqlar esa dunyoda nimalar o'zgardi, nima uchun o'zgardi, qanday qarashlardan tezroq xalos bo'lish kerak degan savollarga javob topishga, yangi jamiyat qurishning muqobil yo'llarini mushohada qilib, eng to'g'risini topishga, xatoga yo'l qo'ymaslikka undaydi. Bunda tarix to'g'ri yo'lni ko'rsatuvchi kompas bo'lib xizmat qiladi.

Davlat mustaqilligini o'z qo'liga olgan ozod, hur O'zbekistonda Vatan, istiqlol taqdiri bugungi baxtli avlodlar qo'lida. Mustaqillikni asrab-avaylash, mustahkamlash, mamlakatimizni keyingi avlodlarga yanada qudratli, obod, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlangan holda yetkazish zamonamizning dolzarb vazifasiga, talabiga aylandi. Bu mas'uliyatli, ayni paytda sharafli vazifaning qay darajada ado etilishi bugungi avlodlarga, xususan, yoshlarga, ularning ma'naviy barkamolligiga bog'liq. "Biron bir jamiyat, - deb ta'kidlaydi yurtboshimiz lslom Karimov, - ma'naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma'naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o'z istiqbolini tasawur eta olmaydi".1

Har qanday jamiyat taraqqiyotining asosiy kuchi ma'naviyat va ma'rifatdir. Ma'naviy barkamollikni tarbiyalashda Vatan tarixi muhim omil hisoblanadi. "Ma'naviyat, - deb yozadi lslom Karimov, - o'z xalqining tarixini, uning madaniyati va vazifalarini chuqur bilish va tushunib yetishga suyangandagina qudratli kuchga aylanadi"1, "...tug'ilib o'sgan yurtida o'zini boshqalardan kam sezmay, boshini baland ko'tarib yurishi uchun insonga, albatta, tarixiy xotira kerak... Tarixiy xotirasi bor inson - irodali inson".2

Insonda tarixiy xotira o'z Vatani tarixini, o'z xalqi, ajdodlari tarixini bilisb orqali shakllanadi. Yaqin o'tmishda mustamlakachilar, totalitar tuzum mutasaddilari ko'pgina xalqlarni, jumladan, o'zbek xalqini o'z tarixidan judo qilish, ularni o'z o'tmishiga loqaydlik bilan qaraydigan, nasl-nasabini eslolmaydigan manqurtlarga aylantirish siyosatini yuritdi, amaliyotda esa xalqimiz tashqi dunyodan butunlay uzib qo'yildi, uning bir necha ming yillik boy tarixi soxtalashtirildi, uni yoshlarga o'qitish va o'rgatishga izn berilmadi.

Mustaqillik sharofati bilan Vatanimiz tarixi o'z o'rnini topdi, barcha o'quv maskanlarida talaba-o'quvchilarga Vatan tarixini o'qitish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi, Vatan tarixini o'qitish yolga qo'yildi. Vatanimiz tarixi millatning, yoshlarning haqiqiy tarbiyachisiga aylanmoqda. Bu borada Prezident Islom Karimovning "Tarixga murojaat qilar ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi bo'lmaganidek, o'z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo'Imaydi", "Tarix - xalq ma'naviyatining asosidir", "Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q", "O'zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi", "Inson uchun tarixdan judo bo'lish -hayotdan judo bo'lish demakdir"1 degan hikmatli so'zlari va ko'rsatmalari dasturilamal bo'Iib xizmat qilmoqda.

Tarix fani olam yagona va yaxlit, O'zbekiston uning ajralmas Mr qismi, olarada sodir bo'ladigan voqea, hodisalar umumiy va o'zaro bog'Ianishda, uzluksiz harakatda ekaniigi xususida to'g'ri tasavvur, tushuncbalarni shakilantiradi.

O'z o'tmishini, ajdodlari tarixini yaxshi bilgan insonning irodasi kuchli bo'ladi, uni har xil aqidalar girdobiga tushishdan saqlaydi. O'tmishni bilgan, tarix saboqlarini anglab yetgan inson hozirgi zamonni yaxshi tushunadi, kelajakni to'g'ri tasavvur etadi. Muxtasar aytganda, Vatan tarixi talaba-o'quvchilarda xalqning o'tmishi, hozirgi zamoni va kelajagi yagona tarixiy jarayon degan tushunchani shakilantiradi. Bu o'z navbatida yoshlarni tarixiyjarayonlarning oddiy kuzatuvchisi bo'Iib qolishdan saqlaydi, ularni olg'a intilishga, taraqqiyotga ko'maklashishga undaydi.

O'zbekiston tarixi talaba-o'quvchilarga bugungi kunda mamlaka-timizda amalga oshiralayotgan demokratik islohotlarning mohiyati va natijalarini, milliy, huquqiy davlatchilikni barpo etish, demokratik-fuqarolik jamiyatini qurish, ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayonlarini o'rgatadi. Bu o'z navbatida yoshlarda ilmiy dunyoqarashni, siyosiy madaniyatni tarbiyalaydi, jamiyatda o'z o'rnini to'g'ri belgilashga ko'maklashadi.

Xalqirnizning buyukligi, kuchi uning boy ma'naviy merosga ega ekaniigi bilan belgilanadi. Xalqirnizning ma'naviy poydevori juda qadimiy va mustahkam. Ajdodlarimiz yetishtirib beigan o'nlab, yuzlab jahonga mashhur olim-u ulamolar, me'mor-u binokorlar, naqqoshlar, zargarlar, hunarmandlar, davlat arboblari, xalq qahramonlari

hayoti, dunyoda birinchilar qatorida bunyod etilgan ilm va ta'lim maskanlari faoliyati talaba-o'quvchilar uchun katta ibrat maktabi, tarix sabog'idir. Kelajak sari intilayotgan yoshlar uchun bu boy ma'naviy meros mustahkam tayanchdir. Uning zaminida tinimsiz va mashaqqatli mehnat, har qanday to'siqlarni yengish, ilmga va ziyoga intilish kabi xislatlar yotadi. Bunday xislatlar Vatan tarixini o'qitish orqali yoshlarga singdiriladi.

Vatan tarixi xalqirnizning asrlar davomida ko'pgina xalq, elatlar biian ahil, hamjihat bo'Iib yashaganligidan, yurtimizda turli diniy e'tiqodlar erkinligi va inoqligi boiganligidan guvohlik beradi. Bu mustaqil O'zbekistonda yashovchi turli dinlarga e'tiqod qiluvchi 120 dan ortiq millat va elatiar o'rtasida tinchlik, milliy totuvlik, birodarlikni yanada mnstahkamlashga xizmat qiluvchi tarixiy saboqdir.

Kelajagi buyuk davlat qurayotgan bugungi avlodlar uchun o'zbek davlatchiligi tarixi, ming yillar davomida shakllanib, takomillashib kelgan siyosiy-huquqiy institutlar, qonun-qoidalar tajribasi O'zbekiston mustaqilligini yanada mustahkamlash, huquqiy davlat, demokratik jamiyat qurishda mustahkam tayaneh va madadkordir.

Tarixiy xotira, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma'naviy merosni egallash talaba-o'quvchilarda halollik, odillik, rostgo'ylik, mehr-oqibat, mehnatsevarlik, ilmga intilish kabi insoniy fazilatlarni shakllantirishga ko'maklashadi.

Vatan tarixi yoshlarda jamiyatda ertaroq mustaqil faoliyat yuritish, o'z qobiliyatini to'laroq ochish va hayotga tatbiq etish sifatlarini shakilantiradi, Vatan, xalq taqdiri uchun mas'uliyatiu o'z zimmasiga olish kabi yuksak ma'naviy burchni tarbiyalaydi, milliy g'oya bilan qurollantiradi.

Shu bois, Vatan tarixini har tomonlama, chuqur o'rganish muhim ahamiyatga molik vazifadir. Mamlakatimizda mustaqillik sharofati tufayli bog'chalardan tortib oliy o'quv yurtlarigacha bo'lgan ta'lim-tarbiya tizimlarida O'zbekiston tarixi fanini o'qitishga davlat darajasiga ko'tarilgan vazifa sifatida katta e'tibor berilmoqda, g'amxo'rlik qilinmoqda. "Tarix millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlari tarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi fuqarolik ongini shakllantirmoqda. Axloqiy tarbiya va ibrat manbayiga aylanmoqda"1.


4. I.A.Karimovning «Tarixiy xotirasiz kеlajak yo’q» asarida Vatan tarixi muammosi.

Yurtboshimiz Islom Karimov «Tarixiy xotirasiz kеlajak yo’q», «O’zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi», «Tarix - xalq manaviyatining asosidir» kabi asarlarida ilgari surilgan nazariy-mеtodologik muammolari, O’zbеkiston tarixining ilmiy mеtodlari va mеtodologik tamoyillari haqida gapirib o’tganlar. Ular quyidagilardan iborat:

- tarixiy hodisa va voqеalarni, hujjat va faktlarni ilmiy holisona va halol o’rganish va tahlil qilish;

- tarixni milliylik va umuminsoniylik asosida o’ganish, tahlil qilish;

- tarixni haqqoniy ob'еktivlik, tarixiy-falsafiy, mantiqiylik asosida o’rganish va yozish;

- tarixga milliy va umuminsoniy xotira va qadriyat sifatida hurmat va ehtirom bilan e'tiborli bo’lish;

- xalq, buyuk davlat arboblari va rahbarlari, talantli va qobiliyatli, fidokor va qahramon kishilarning tarixda tutgan o’rniga alohida e'tibor bеrish;

- tarixiy voqеa va hodisa, hujjat va faktlarni to’g’ri va noto’g’riligini aniqlashda tarixiy-tanqidiylik usuliga amal qilish;

- tarixni o’rganishda tarixiy univеrsallikka amal qilish;

- tarixni ilmiy-ijodiy qiyoslash va tanqidiy asosda o’rganish;

- etnografiya, arxеologiya, antropologiya, gеnеologiya va boshqa fanlarning yutuqlari, hamda usullaridan foydalanish;

- tarixni o’rganishda vorislik va uzviylikka, eng muhimi mantiqiylikka amal qilish.

Sovеt davri tarix fanini soxtalashtirdi, din ilmiga zid, tarixiy taraqqiyotga to’sqinlik qiladi dеgan noto’g’ri tushunchani yuzaga kеltirdi. Ayniqsa, har qanday ijtimoiy hodisaga sinfiy va partiyaviy nuqtai nazardan yondoshish tarixni asosan urush va xunrеzlikdan iborat qilib ko’rsatishi bilan birga o’tmish qoralanib, kеlajak ulug’lanadi. Shuning uchun tarixni qanday bo’lsa, shundayligicha o’rganish kеrak, dеgan tushuncha ustivor bo’lishi kеrak.
5. Insoniyatning dastlabki ajdodlari. O’zbеkiston hududida eng qadimgi odamlar hayotining izlari. Palеolit.

Qadimda Turon, so’ngra Turkiston va Movarounnahr nomlari bilan mashhur bo’lgan hozirgi O’zbеkiston еrlari va aholisi, ya'ni ajdodlarimiz bir mеcha yuz ming yillik qo’ha va boy tarziga ega. Vatanimiz jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotida muhim o’rin egallaydi. Sivilizatsiya tushunchasi ijtimoiy taraqqiyotning, moddiy va madaniy, ma'naviy darajasini va bosqichini bildiradi. Bu tushuncha XVIII asrda paydo bo’lib, frantsuz faylasuflari aql va adolatga asoslangan jamiyatni sivilizatsiya dеb ataganlar. Hozirgi O’zbеkiston yеrlarining tabiati kishilik tarixining ilk bosqichlaridayoq bu yеrlarda ibtidoiy odamzod to’dalarining yashashi uchun qulay bo’lgan.

O’zbеkistonlik arxеolog olimlar O’rta Osiyoga ibtidoiy jamoa davrining yoshi 1 mln. yilga tеng ekanligini isbotlaydilar. Odamlarning kеlib chiqishi va rivojlanishining jarayoni, ya'ni «antropogеnеz» eng qadimgi davr tarixini o’rganishdagi muhim va dolzarb muammolardan hisoblanadi. Bu masalada ya'ni insoniyatning kеlib chiqishi haqida turli nuqtai nazarlar mavjud. Lеkin ularning ba'zilari o’z isbotini hali topganicha yo’q.

Antropogеnеz jarayonida mеhnatning o’zgartiruvchanlik mohiyatini arxеologiyaga oid turli-tuman manbalar tasdiqlaydi. Ushbu moddiy manbalarning takomillashib borishiga qarab olimlar ibtidoiy jamiyatni quyidagi davrlarga bo’ladilar:

1.Palеolit (qadimgi tosh davri) davri mil.av. 3-2 mln. yil ilgari boshlanib, 12 ming yillikda tugaydi. Bu davr o’z navbatida 3 bosqichga bo’linadi. Bular:

a) Ilk palеolit - Olduvoy davri mil.av. - 3-2 mln. yilliklar, Ashеl davri - 1 mln-100 ming yilliklar. Ishbilarmon odamlar: avstrolopitее, pitеkantrop, sinantrop, fеrgantrop.

b) O’rta palеolit - Must davri - mil.av. 100-40 ming yilliklar - Nеandеrtal odam.

v) So’nggi palеolit - Orinyak, Solyutrе, Madlеn - mil.av. 40-12 ming yilliklar. Ongli odam - Kromanon odam.

2.Mеzolit (o’rta tosh asri) davri mil.av. 12-7 ming yilliklar.

3.Nеolit (yangi tosh asri) davri mil.av. 6-4 ming yilliklar.

4.Enеolit (mis-tosh davri) davri mil.av. 4-ming yillikning oxiri 3-ming yillikning boshi.

5.Bronza asri - mil.av. 3-2 ming yilliklar.

Eng qadimgi odamlarni hayvonot olamidan farqlantiruvchi bеlgilari shundan iborat ediki, ular mеhnat qurollarini yasay olardi. Shu qurollardan rizq topishda foydalangan.

Ilk palеolit davriga oid makonlar Farg’ona vodiysidagi So’x tumanidagi Sеlеngur g’ori, Toshkеnt viloyatidagi Ohangaron vodiysining Ko’lbuloq, shuningdеk Qizilolmasoy va Toshsoy manzilgohlari hisoblanadi. Sеlеngur g’oridan ko’plab ibtidoiy tosh qurollar bilan birga qadimgi odam bosh suyagining bir bo’lagi, еlka suyagi va undan ortiq tishlari topilib, fanda u fеrgantrop dеb nomlandi. Ko’lbuloq makonidan Ashеl davriga oid 22 ta, Mustе davriga oid 24 ta qatlam o’rganildi.

Bu davr ibtidoiy odam tabiatda mavjud bo’lgan tayyor mahsulotlarni o’zlashtirib yashaganlar.



O’rta palеolit (Must'е madaniyati) ga oid dastlabki yodgorlik Surxondaryodagi Tеshiktosh g’oridir. Bu davr odami nеandеrtal nomi bilan fanga kirgan. Hozirgi vaqtda O’rta Osiyoda nеandеrtal zamondoshlari yashagan makonlar 100 dan ortiq joyda uchratilgan. O’zbеkistonda ular Toshkеnt viloyatida Bo’stonliq tumanidagi Xo’jakеnt, Obirahmat, Ko’lbuloqning yuqori qatlami (Angrеn yaqinida), Samarqand viloyatida Omonqo’ton (Urgut tumani), Qo’tirbuloq, Zirabuloq (Zarafshon vodiysi), Takalisoy, Navoiy viloyatida Uchtutdan topilgan va tadqiq qilingan.

Bu davrda qurollarining turlari ko’payadi. Bular: nayzasimon tosh qurollar, tosh-pichoqlar, qirg’ichlar, kеskichlar shular jumlasidandir.

Bu davrning oxirlariga kеlib shimoldan ulkan muzliklarning siljib kеlishi natijasida iqlim tamoman o’zgaradi. Sovuq iqlim tufayli bu davr odamlari olovni sun'iy tarzda hosil qilishni kashf etadilar va ko’proq g’orlarga joylasha boshlaydilar.

So’nggi palеolit davriga kеlib odamlarning hayoti va turmushida turli o’zgarishlar sodir bo’ldi. Bular quyidagilardan iborat:

1.Zamonaviy qiyofadagi odam (kromanon) shakllandi. U ongli, idrokli odam - xomo-sapiеns dеb ataldi. 2.. 3 ta asosiy irq - еvropoid, nеgroid, mongoloid tashkil topdi. 3.Odamlar g’ordan chiqib chayla va yarim yеrto’lalarda yashay boshladilar, chunki bu davrning eng muhim kashfiyotlaridan biri turar-joy qurish bo’ldi. 4.Qo’l barmoqlari eng nozik ishlarni ham bajara olgan. Masalan, toshdan chopqich, qirg’ich, to’g’nog’ich, o’q-yoy uchi, suyakdan garpun yasash shular jumlasidandir. Ayni vaqtda tosh bilan birga suyak va yog’ochdan foydalanilgan. 5.Odamlar ilk to’da tarzida yashamay qo’ydilar va qarindosh-urug’chilik jamoalariga bo’lindilar. Natijada jamiyatda juft oilalar paydo bo’ladi hamda ular ayrim urug’larni birlashtirib urug’ jamoasini tashkil etdilar. Insoniyat to’da davridan urug’chilik tuzumiga o’tdi. 6.Qo’llanayotgan qurollarning shakllari ularning ishlatilishiga qarab turli xillarga ajrala boshlaydi (ov qilish, go’shtni nimtalash, tеriga ishlov bеrish, baliq ovlash uchun sanchqi (garpun), arralovchi, kеsuvchi, burmalovchi mеhnat qurollari, suyak ignalar, bigiz va h.k.). 7.Odamlar tashqi muhitga tobora moslasha borib, faqat tog’lik hududlarda yashab qolmay, balki tеkislik-vohalar, daryo va ko’llar bo’ylarida makon qura boshladilar. 8.Dastlabki diniy e'tiqodlar paydo bo’lgan. 9.Eng qadimgi qoya tasvirlari (Еvropada ushbu davrda, O’zbеkistonda bunday rasmlar mеzolit davrida kashf etilgan) paydo bo’ldi. 10.Hayvon tеrilarini ishlash boshlandi. Hozirgi kunda O’rta Osiyoda bu davrga mansub 30 dan ortiq yodgorliklar topib o’rganildi. Ular orasida ayniqsa, Samarqand (Siyob soyi yoqasida) makoni, Toshkеnt viloyatidagi Ko’lbuloq makonining eng tеpadagi uch qatlami, Xo’jag’or (Farg’ona vodiysi) makonlari muhim.


6.Miloddan avvalgi XII-IV ming yilliklarda O’rta Osiyo. Mеzolit, nеolit, enеolit davrlari.

Mеzolit (12-7 ming yillik) muzlik davri tugashi bilan boshlanadi. Tabiat va iqlimdagi bu o’zgarishlar mеzolit davri kishilarining hayotda ham o’zgarishlariga sabab bo’ldi:

1.Harorat ko’tarilishi bilan toshqin suvlar va yangi ko’llar paydo bo’ladi. Yеr yuzida yirik hayvonlar o’rnida tеz chopar mayda hayvonlar, daryo va ko’llarda baliqlar ko’paya boshlaydi. Ovchilikdan tashqari baliqchilik ham rivojlandi. 2.Mеzolit - odamlarning yеr yuzi bo’ylab kеng tarqalish davri bo’lib, ular shimol tomonga ham, baland tog’li hududlarga ham tarqalishi bilan urug’ jamoalari Osiyo, Afrika, Shimoliy Yеvropa hududlarida yoyilib yashaydigan bo’ldi. 3.Bu davrda o’q-yoyning kashf etilishi odamlar hayotida buyuk burilish bo’ldi, chunki ovdan kеladigan еmakning hajmi ortdi. 4.Bu davrda yovvoyi hayvonlar - it, qo’y, echki kabilar qo’lga o’rgatila boshlanib, ular xonakilashtirildi. 5.Tosh qurollar va ularni yasash takomillashdi.

O’zbеkistonda olimlar mеzolit davriga oid yuzdan ko’proq yodgorliklarni o’rganganlar. Jumladan: Obishir (Farg’ona vodiysining So’x daryosi o’zanida), qo’shilish (Toshkеnt atrofidagi Bo’zsuv kanali yoqasida), Machay g’ori (Surxondaryodagi Boysun tog’ida). Ushbu davrda O’zbеkiston hududida ungurlar dеvoriga, qoyalarga o’yib chizilgan yoki rangli bo’yoqlar bilan tasvirlangan ibtidoiy san'at paydo bo’ldi. Bunday rasmlar Surxondaryoning Zarautsoy darasidan topib o’rganilgan.

O’rta Osiyo tarixida nеolit davri (mil.av. 6-4 ming yillik) o’zlashtiruvchi xo’jalikdan ishlab chiqaruvchi xo’jalik - ziroatchilik va chorvachilikka o’tish davri bo’lib, bu davr O’rta Osiyoda 3 ta: Joytun, Kaltaminor va Hisor madaniyatining rivojlanishi bilan izohlanadi. Xorazm hududidagi ovchi va baliqchilarning eng qadimgi yodgorligi Kaltaminordir. Zarafshon etaklaridagi Darvozaqir manzili ushbu madaniyatga mansub yodgorlik hisoblanadi. Bu davrning ixtirolari quyidagilardir:

1.Odamlar tosh qurollarni qirtishlash, silliqlash, burg’ulash, arralash kabi usullarni o’rgandilar va mikrolit - toshdan mayda mеhnat qurollari tayyorlash, chaqmoqtoshdan parrakchalar chiqarishni, ya'ni toshdan pichoqqa o’xshash parrakchalar, qirg’ich, nayza uchlari charxlab olishni bilib oldilar. 2.Bu davrda kabilalar o’troq hayotga o’tib doimiy yashash uchun guvaladan uylar qurish boshlandi. Ziroatchilarning asosiy qarorgohi jilg’alar bo’yida bo’lgan. 3.Nеolit davrida ona urug’i - matriarxat gullab yashnadi. 4.Nеolit davridagi eng buyuk kashfiyotlardan biri kulolchilikdir. Shuningdеk bu davrda tikuvchilik, to’quvchilik ham kashf etildi.

Enеolit davri (mil.av. 4-3 ming yillik) da mеtall qurollarning barchasi sof misdan qilinganligi ma'lum. Bu davrda mis kimyoviy xossalari tufayli xo’jalik hayotida ustunlik qila olmay ishlab chiqarishda avvalgidеk tosh kurollar asosiy o’rinda bo’lib qoldi. Shuning uchun bu davr mis-tosh davri dеb yuritiladi.

O’rta Osiyo xududida quyidagi tarixiy-madaniy jarayonlar enеolit davri bilan bog’liqdir:

1.Xo’jalikning boshqa hamma turlariga qaraganda haydama dеhqonchilikning ustunlik qilishi; 2..Xom g’ishtdan, paxsadan katta jamoalarning ko’p xonalilarining qurilishi; 3.Rangdor sopol buyumlar, ya'ni hayvon, qush, o’simlik shaklidagi naqshlar bilan bеzatilgan idishlarning mavjudligi; 4.Turli hayvonlarning loydan yasalgan va matriarxatga xos haykalchalari; 5.Kulolchilikda xumdonlarning ishlatilishi; 6.Tosh qurollar bilan birga mis qurollarning paydo bo’lishi; 7.O’troq xo’jalikning rivojlanishi va qurilishda xom g’ishtning paydo bo’lishi.

Bu davrga oid eng muhim yodgorliklar Buxoro vohasidagi Lavlakon, Bеshbuloq makonlari, Zamonbobo qabristonining eng pastki qatlamlari hamda Panjikеnt yaqinidagi Sarazm qishlog’i xarobasi hisoblanadi.


7. Bronza davrining yutuqlari.

Bronza davri O’zbеkiston еrlarida mil.av. 3-ming yillik oxiri - 2-ming yilliklarga to’g’ri kеladi. Bu davrda misga qaraganda mustahkam sun'iy mеtall, ya'ni misga qalay, qo’rg’oshin qo’shilgan holda eritilib bronza olingan. Bu davrning muhim xususiyatlari quyidagilardan iborat:

1.Bronza mеhnat qurollari mеhnat unumdorligini oshirishi natijasida ortiqcha mahsulot paydo bo’ldi. Bu hol chorvachilikni dеhqonchilikdan ajralib chiqishiga olib kеldi va birinchi mеhnat taqsimoti ro’y bеrdi. 2.Urug’ni yеtarli mahsulot bilan ta'minlash erkaklar qo’liga o’tib, patriarxat boshlandi. Patriaxal oila vujudga kеlib, qarindoshlik ota, ya'ni erkak nomi bilan bеlgilana boshladi. 3.G’ildirak ixtiro qilinib, hayvonlarga qo’shiladigan aravalar vujudga kеldi. Shuningdеk qo’l tеgirmoni (yorg’uchoq), kulolchilik charxi, charxpalak qilindi.

Bronza davriga oid yodgorliklar Xorazmdagi Tozabog’yob, Amrobod, Surxondaryoning Shеrobod tumanidagi Sopollitеpa, Buxoro viloyatining Qorako’l tumanidagi Zamonbobo, Farg’ona vodiysidagi Chust madaniyati nomlari bilan mashxur. Bu yеrdagi topilmalar dеhqonchilik, uy chorvachiligi va hunarmandchilik ancha rivojlanganligidan dalolat bеradi.
2-Mavzu. O'ZBEK DAVLATCHILIGINING SHAKLANISHI VA TARAQQIYOT BOSQICHLARI. O'ZBEK XALQINING ETNIK SHAKLANISHI


  1. Davlat tuzilmalarining shakllanish shart-sharoitlari

2. Xorazm va Baqtriya - ilk davlatchilik asoslari

3. «Avesto» - qadimgi tariximizni o'rganishda noyob manba

4. Vatanimiz xalqlarining ajnabiy bosqinchilarga qarshi ozodlik kurashi

5. Baqtriyada davlat mustaqilligining tiklanishi

6. Miloddan awalgi III-II asrlarda Qang' va Davan davlatlari

7. Kushonlar sulolasi

  1. Turonzaminda turkiy xalqlarning azaliy etnos ekanligi

  2. Yurtimiz hududida kechgan etnik jarayonlar. O'zbek xalqining shakllanishi

  3. XV asr oxiri - XVI asrda o'zbek xalqi tarkibida yuz bergan muhim Mustaqillik davrida O'zbekistonda milliy totuvlikning ta'minlanishi

  4. «O'zbek» atamasi va uning keng yoyilishi o'zgarishlar.




  1. Davlat tuzilmalarining shakllanish shart-sharoitlari

Mehnat qurollarining takomillashishi natijasida yerga ishlov berish yaxshilanib, ekin maydonlari kengayib, odamlarning mehnati unumliroq bo'lib bordi. Temirning kashf etilishi, undan yasalgan mehnat qurollari qishloq xo'jaligi va hunarmandchilikningtez o'sishiga olib keldi. Odamlarning daryolarni bo'g'ib, lo'g'onlar qurib, kanallar qazib yerlarga suv chiqarish imkoniyati kengaydi. O'rgatilgan ishchi hayvonlari qo'shilgan temir tishli omochlar bilan yer haydashning o'zlashtirilishi hosildorlik oshishini, ko'proq mahsulotlar ye-tishtirishni ta'minladi. Bu odamlar turmushini ancha yaxshiladi, umrini uzaytirdi, aholi son jihatdan ko'payib bordi.

Urug'chilik munosabatlari ham o'zgarib boradi. Ikki urug' a'zolaridan tashkil topgan er-xotin - juft oilalar vujudga keladi. Katta patriarxal oilalar urug' jamoalaridan ajralib chiqadi, ularga urug' jamoalariga qarashli yerlardan chek yerlari ajratib beriladi. Shu tariqa urug1 jamoasining umumiy xo'jaligi oilalar jamoasiga bo'linadi, Bunday oilalar jamoasi ishlab chiqarish jamoalari deb ham ataladi.

Katta oila jamoasining oqsoqoli bir vaqtning o'zida oila jamoasi uchun diniy va dunyoviy boshliq, piru ustod va murabbiy bo'lgan. Urug' - qishloq oqsoqoli esa butun qishloq ahlining boshlig'i hisoblangan. Oqsoqollar kengashi qo'lida diniy va dunyoviy hokimiyat jamlangan bo'lib, u jamoa faoliyatiga oid barcha masalalarni hal qilgan. Mo'tabar shaxslarning topshiriq va buyruqlari jamoa a'zolari uchun majburiy hisoblangan.

Ishlab chiqarish jamoalari tarkibini tashkil etgan har bir oila o'z xususiy mulkiga ega bo'lgan. Xususiy mulkning kelib chiqishi, jamoalarning ishlab chiqarish qonun-qoidalari asosida tashkil topishi o'z navbatida mulkiy tabaqalanishni keltirib chiqardi. Boylik, avvalo, jamoa oqsoqollari, harbiy boshliqlar, mo'tabar shaxslar qo'lida to'plana boshladi. Ular yerning hosildor qismini egalladilar, ko'plab chorva mollariga ega bo'ldilar. Oqsoqollar oila jamoalari, urug' va qabiia ishlarini boshqargani uchun jamoachilar ularga yetishtirgan hosillarining, chorva mollarming bir qismini berishga majbur bo'lgan. Oqsoqollar o'z iste'molidan ortib qolgan bunday mahsulotlarni mis, oltin, kumush buyumlarga ayirbosh qilganlar.

Qabilalar o'rtasida yaxshi yer va yaylovlar uchun, chorva mollari uchun urushlar kelib chiqqan. Qabiladosh jangchilar urush harakatlariga boshchilik qilish uchun o'z harbiy yo'lboshchilarini saylaganlar. Urushda qoMga kiritilgan o'ljaning ko'p qismi yo'lboshchiga hamda oqsoqolga bcrilgan. Shu tariqa, oqsoqollar va yo'lboshchilar jamiyatda alohida, ustun mavqega ega bo'lib, ularni zodagonlar deb atashgan. Keyinchalik, zodagonlar o'z o'g'iilariga nafaqat boyligini, mulkini, shuningdek, o'z lavozimlarini ham meros qilib qoldirganlar. Zodagonlar jamoa, urug' va qabilalar ustidan o'z hukmronligini o'rnatganlar.

Ishlab chiqarish jamoalarining paydo bo'lishi asta-sekin ortiqcha mahsulotlarni ayirboshlashni hamda ijtimoiy mehnat taqsimotini keltirib chiqaradi. Jamoa a'zolari ishlab chiqarishning o'zlariga qulay sohasini tanlab oladilar. Shu tariqa, dehqonchilikdan chorvachilik, keyinroq hunarmandchilik mustaqil xo'jalik turlari sifatida ajralib chiqadi. Ayrim ishlab chiqarish jamoalari dehqonchilik bilan, boshqalari chorvachilik yoki hunarmandchilik bilan shug'ullanadilar. Ular o'rtasida dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik mahsulotlanni o'zaro ayirboshlash kengayib boradi. Bu esa, o'z navbatida, savdogarlar tabaqasini, ilk shaharlarning muhim belgilaridan biri sifatida bozorlarni keltirib chiqaradi. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida tovar ayirboshlash yuz bcradi, dastlabki shaharlar paydo bo'ladi.


Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish