Ishlabchiqarishda boshqaruv fakulteti «buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi


-jadval Sintetik schyotlar oborot qaydnomaci



Download 0,95 Mb.
bet59/131
Sana19.09.2021
Hajmi0,95 Mb.
#179288
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   131
Bog'liq
Бугалтерия ҳисоби 2-3-модул маърузалар матни

12-jadval

Sintetik schyotlar oborot qaydnomaci


t/r

Schyotlar nomi

Shifri

Oy boshiga qoldiq

Oy davomida oborot

Oy oxiriga qoldiq




D-t

K-t

D-t

K-t

D-t

K-t

1


Asosiy vositalar

0100

150000




100000

50000

200000




2


Materiallar

1000

300000




80000

40000

340000




3


Kassa

5000

150




20000

18000

2150




4


Mol etkazib beryvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar

6000




350000




50000




400000

5


Kreditirlar

6900




10150




42000




142150



Jami




450150

450150

200000

200000

542150

542150


13-jadval

Sintetik schyotlar bo’yicha shaxmatsimon oborot qaydnomasi


t/r

Debetlanuvchi schyotlar

Kreditlanuvch schyotlar

Jami debet bo’yicha

Materiallar

Hisob-kitob

Asosiy ishlab chiqarish

Tayyor mahsulot

Foyda va zararlar

Mol etkazib beryvchilar va pudrat-chilar bilan hisob-kitoblar

Xodimlar bilan hisob-kitoblar

1


Asosiy vositalar
















15000




15000

2


Materiallar






















-

3


Hisob-kitob schyoti






















-

4


Asosiy ishlab chiqarish

46000
















25000

71000

5


Tayyor mahsulotlar







70000













70000

6


Ustav kapitali






















-

7


Foyda va zararlar






















-

8


Mol etkazib beryvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar




30000
















30000

9


Olinadigan schyotlar










45000










45000

Jami kredit bo’yicha:


46000

30000

70000

45000

-

15000

25000

231000


5-MAVZU. BIZNES JARAYONLARI VA ULARNI HISOBGA OLISH

8-ma’ruza: Biznes jarayonlari va ularni hisobga olish

Reja:

1. Biznes jarayonlarining tavsifi

2. Biznes jarayonlarining asosiy ko’rsatkichlari va ularning ahamiyati.

3. Ta’minot jarayonining hisobi. Qiymat o’lchovining mohiyati va ahamiyati. Transport-tayyorlov xarajatlari haqida tushuncha va ularni taqsimlash.

4. Ishlab chiqarish jarayonining hisobi

5. Sotish (realizatsiya) jarayonining hisobi.
Pedogogik texnologiya: Diskussiya, klaster, muloqat.
1. Biznes jarayonlarining tavsifi. Moddiy boyliklar ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish va ularni iste’molchilarga sotish sanoat tarmog’ida faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarining asosiy faoliyati bo‘lib ularning mablag‘larini takror ishlab chiqarish jarayonida, uch bosqichda to‘xtovsiz aylanishi natijasida amalga oshiriladi: birinchi bosqich ta’minot jarayoni, ikkinchi bosqich ishlab chiqarish jarayoni, uchinchi bosqich sotish jarayoni. Korxonalarda noishlab chiqarish iste’mollari ham sodir bo‘ladi. Noishlab chiqarish iste’moli tarkibiga uy-joy, maishiy xizmatlar, sog‘liqni saqlash va boshqa shu kabi maqsadlar uchun mablag‘lar sarflash kiradi.

Korxonalar faoliyatini uzluksizligi1 tamoyili bo’yicha ularning mablag’lari doimiy doiraviy aylanishda bo’ladi: pul – ishlab chiqarish zaxiralari -. ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish, ishlar bajarish) – mahsul+otlarni, xizmatlarni va bajarilgan ishlarni sotish - pul (4- shakl.).





4- shakl. Xo‘jalik jarayonlarining o‘zaro bog‘lanishi
Ta’minot jarayoni xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining birinchi bosqichi bo‘lib uni tashkillash bilan, ularning marketing bo‘limi xodimlari shug‘ullanishadi. Bu jarayonda xo‘jalik yurituvchi subyektlarining asosiy faoliyatini uzuliksizligini ta’minlash uchun, ularning ish xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, misol uchun, sanoat korxonalarida xom – ashyo, materiallar, yoqilg‘i, butlovchi buyumlar, yarim tayyor mahsulotlar, ehtiyot qismlar, savdo korxonalarida esa, tovarlar harid qilinadi. Shuningdek, ta’minot jarayoni xodimlari korxonani asosiy faoliyatini tashkillash uchun zarur bo‘lgan mehnat qurollari va mehnat vositalarini sotib olish bilan ham shug‘ullanishadi. Sanoat ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanadigan xo‘jalik subyektlari faoliyatida mahsulot ishlab chiqarish asosiy o‘rinni egallaydi.

Ishlab chiqarish jarayoni korxonaning faoliyatida mablag‘lar aylanishidagi asosiy bosqich bo‘lib hisoblanadi. Bu yerda qiymatga va iste’mol qiymatiga ega bo‘lgan yangi mahsulot tayyorlanadi. Yangitdan yaratilgan mahsulotning qiymati unga sarflangan mehnat vositalarining qiymatidan va xodimlar mehnati bilan yaratilgan zaruriy va qo‘shimcha mahsulotlar qiymatidan tashkil topadigan iste’mol qiymatdan iborat bo‘ladi.

Ishlab chiqarish jarayonini buxgalteriya hisobini tashkil qilishdan maqsad, birinchidan, shu jarayonda sarflangan mablag‘lar va ishchi kuchini hisobga olish, ikkinchidan, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni tayyor buyumlar sifatida qayd etish, uchinchidan, yangitdan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish tannarxini aniqlash va nihoyat, to‘rtinchidan, korxonaning ishlab chiqarish faoliyati natijalarini aniqlashdan iborat bo‘ladi.

Ishlab chiqarish jarayonida sarflangan xarajatlar natura, mehnat va qiymat o‘lchovlarda hisobga olinadi. Xarajatlarni qiymat o‘lchov birligida hisobga olish, tayyor bo‘lgan mahsulotlarning tannarxi haqida pul ifodalarida (xarajat sarflarini solishtirish imkoniyatini beradigan) ma’lumot olish imkoniyatini beradi. Korxona pul mablag‘lari ta’minot va tayyor mahsulotlarni sotish bosqichlarida ishtirok etib, ta’minot bosqichida, korxona o‘ziga zarur bo‘lgan moddiy boyliklarni sotib oladi, sotish bosqichida esa, ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan mahsulotlar iste’molchilarga sotilib, korxona moddiy zahiralari pul shakliga aylanadi. Korxonaning ta’minot, ishlab chiqarish va sotish jarayonlarini hisobga olish deganda shu jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tushuniladi.

Tayyor mahsulotlarni sotish takror ishlab chiqarish jarayonining, shuningdek, har bir korxonaning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini yakunlovchi bosqichi bo‘lib hisoblanadi. Sotish jarayonining yakunlanishi moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilgan sof daromadni taqsimlash imkonini beradi. Korxona mablag‘larining bunday doiraviy aylanishi uning boshqa korxonalar bilan aloqalarini yuzaga keltiradi. Bunday aloqalar mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar bilan ta’minot va mahsulotlarni sotish jarayonida, bank muassasalari bilan ulardan ssudalar olishda, byudjetdan tashqari tashkilotlar bilan ijtimoiy ehtiyojlarga doir hisob-kitoblarni amalga oshirishda, byudjet tashkilotlari bilan soliqlar va to‘lovlarni amalga oshirish paytida sodir bo‘ladi. Korxona xo‘jalik aloqalari buxgalteriya hisobida, korxona mablag‘larini aylanish davrining tegishli bosqichi sodir bo‘lgan paytda aks ettiriladi.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida mavjud bo’lgan mablag‘lardan foydalanish buxgalteriya hisobida aks ettiriladi chunki, buxgalteriya hisobi barcha xo‘jalik operatsiyalarini yaxlit, uzluksiz, hujjatlar asosida hisobga olish yo‘li bilan buxgalteriya axborotini yig‘ish, qayd etish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimi bo’lib, xo‘jalik operatsiyasini buxgalteriya hisobining kamida ikkita schyotida bir vaqtda va o‘zaro bog‘liq holda pulda baholab aks ettirish yo‘li bilan ikki yoqlama yozuv usulida yuritiladi2. Shunga ko’ra korxonalarning xo‘jalik jarayonlari buxgalteriya hisobining obyekti sifatida namoyon bo‘ladi.




Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish