Ishlabchiqarishda boshqaruv fakulteti «buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi


-ma’ruza: Buxgalteriya hisobi schyotlarida ikkiyoqlama yozuv



Download 0,95 Mb.
bet52/131
Sana19.09.2021
Hajmi0,95 Mb.
#179288
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   131
Bog'liq
Бугалтерия ҳисоби 2-3-модул маърузалар матни

7-ma’ruza: Buxgalteriya hisobi schyotlarida ikkiyoqlama yozuv

Reja

1. Ikkiyoqlama yozuv haqida tushuncha va uni asoslanishi

2. Ikkiyoqlama yozuvning nazorat qilish xususiyatlari.

3. Joriy buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish
1. Ikkiyoqlama yozuv haqida tushuncha va uni asoslanishi. Korxonalarning faoliyatlarida, ularning bajarilayotgan ishlariga qarab ko‘plab iqtisodiy o‘zgarishlar yuz beradi. Bunday o‘zgarishlar, xo‘jalik mablag‘lari va ularning manbaalarini, shuningdek, xo‘jalik jarayonlarini o‘z vaqtida hisobga olib borishni talab qiladi. Buxgalteriya hisobida korxona xo‘jalik mablag‘lari va ularning manbaalarida bo‘ladigan o‘zgarishlar, odatda, xo‘jalik operatsiyalariga binoan tuziladigan buxgalteriya pravodkalari yordamida ikkita schyotning qarama-qarshi tomoniga yozish bilan aks ettiriladi.

Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi adabiyotlarda ikki yoqlama yozuv mohiyatini xo‘jalik operatsiyalari ta’sirida vujudga keladigan iqtisodiy hodisalarni schyotlar tizimi bilan o‘zaro aloqador holda aks ettirish usuli, deb dogmalashtirilib izohlanadi. Bu masalada ilmiy izlanishlar deyarli yo‘q. Schyotlarda ikki yoqlama yozuvni moddiy asosini yaxshi bilish schyotlar va ikki yoqlama yozuv tizimi mohiyatini osonroq tushunishga imkon beradi.

Har qanday ilmiy asoslashda, hodisani o‘zini yoki uning tashqi mohiyatini tushuntirish yoki ochish bilan cheklanmasdan, shu bilan birga shu hodisani paydo bo‘lish sabablarini ko‘rsatish va uning ichki aloqalar qonuniyatlarini bilish zarur. Bu esa, o‘z navbatida, hodisaga nazariy asos berish kerakligini bildiradi.

Ikki yoqlama yozuv tamoyilini qanday amalga oshirilishini nazariy jihatdan asoslashda va uning mazmunini yoritishda, sodir bo‘lgan xo‘jalik operatsiyalarini bir schyotning debetiga va ikkinchi bir schyotning kreditiga yozishni moddiy asosi nimada ekanligiga va bu yozuvlarni teng summalarda amalga oshirish kerakligini qanday obyektiv zaruriyat taqoza etganligi asos qilib olinadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, birinchidan, gap qiymatda hisobga olish va ikkinchidan, har qanday xo‘jalik operatsiyasi pul ifodalarida teng summalarda qayd qilinishi to‘g‘risida bormoqda. Bu belgilar tovar ishlab chiqarish sharoitida buxgalteriya hisobini tashkil qilishni nazarda tutadi.

Ma’lumki, tovar ikki xil xususiyatga ega, birinchidan iste’mol qiymatiga, ya’ni odamlarni iste’molini buyum sifatida qondirish, ikkinchidan, almashuv qiymatiga, ya’ni boshqa tovarlar bilan teng almashtirish. Tovarlar iste’mol qiymati jihatidan turlicha, ammo qiymat jihatdan bir xil taqqoslanadi. Chunki tovar abstraktlashgan ijtimoiy-zaruriy mehnat xarajati sifatida namoyon bo‘ladi. Tovarlarni bozorda ayriboshlash qiymati bo‘yicha amalga oshiriladi. Ayriboshlashda doim ikkita mulkdor ishtirok etadi, birinchi, tovar egasi – sotuvchi, ikkinchi, puldor – sotib oluvchi.

Tovar ishlab chiqaruvchi bozorda sotuvchi sifatida namoyon bo‘lganda, uning xo‘jaligidagi tovar pulga almashadi, qachonki u xaridor sifatida namoyon bo‘lsa, uning xo‘jaligidagi pul tovarga aylanadi. Bunday o‘zgarish ayriboshlashning ekvivalent kuchiga teng qiymatlarda kechadi.

Har bir tovar ishlab chiqaruvchi ayriboshlash jarayonini amalga oshirish uchun unda qancha, qanday tovarlar va qancha puli borligini doimo bilishi kerak. Axborotlar oqimining ko‘pligi tufayli tovar va pullarda sodir bo‘ladigan hamma o‘zgarishlarni yodda saqlab bo‘lmaydi. Shuning uchun tovarni pulga, pulni tovarga aylanishini bilgan har bir mulkdor pullar va tovarlar schyotini alohida – alohida olib boradi. Shu bilan birga har xil tovarlar schyotlarini ham alohida olib boradi, chunki bitta tovarni sotsa, ikkinchi bir tovarni sotib oladi.

Har bir korxona bir holatda sotuvchi, yana bir holatda sotib oluvchi rolini bajaradi. Har ikkala holatda ham uning xo‘jaligida tovarlar kamayib pullar ko‘payadi, yoki teskarisi, pullar kamayib tovarlar ko‘payadi. Pullarda va tovarlarda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni qayd qilish ikkita o‘lchovlarda, ko‘payish yoki kamayish, sifatida qayd qilib borish bilan ifodalanadi. Binobarin, xo‘jalik muomalalarining matematik ifodasi qarama-qarshi, ikki xil qiymat bo‘yicha qayd qilinar ekan (plyus, minus), unda ularning yozuvini ham ketma-ket shu bilan birga birini ikkinchisidan alohidalangan holda olib borish zarur.

Faraz qilaylik birinchi mulkdorning tovarlar schyotida har bir metri 10000 so‘mdan bo‘lgan “Atlas” matosidan 25 metr, ikkinchi mulkdorning tovarlar schyotida esa har bir kilosi 50000 so‘mdan bo‘lgan “Ipak” mahsulotidan 5 kilo mavjud. Birinchi mulkdorning buxgalteriya hisobida tovarlar metamarfozasi quyidagi tartibda aks ettiriladi:

1) Tovarini sotganda:

Kredit – “Atlas” - 250000 so‘m

Debet – “Pul mablag‘lari” - 250000 so‘m.

2) Ikkinchi mulkdorni tovarini sotib olganda:

Kredit – “Pul mablag‘lari” – 250000 so‘m

Debet – “Ipak” – 250000 so‘m.

Ikkinchi mulkdorning buxgalteriya hisobida esa tovarlar metamarfozasi quyidagi tartibda aks ettiriladi:

1) Tovarini sotganda:

Kredit – “Ipak” - 250000 so‘m

Debet – “Pul mablag‘lari” – 250000 so‘m.

2) Birinchi mulkdorni tovarini sotib olganda:

Kredit – “Pul mablag‘lari” – 250000 so‘m

Debet – “Atlas” – 250000 so‘m.

Bundan xulosa qilishimiz mumkinki, ikki yoqlama yozuv tamoyili bir iste’mol qiymatiga ega bo‘lgan tovarni boshqa iste’mol qiymatidagi tovarga almashtirish jarayoni natijasidir.

Ikki yoqlama yozuvni amalga oshirish uchun sodir bo‘lgan xo‘jalik operatsiyalari asosida buxgalteriya pravodkasi tuziladi. Buxgalteriya pravodkasi sodir bo‘lgan xo‘jalik operatsiyalarini qaysi bir schyotning debetiga va qaysi bir schyotning kreditiga yozish kerakligini ko‘rsatib beruvchi buxgalteriya formulasidir.

Buxgalteriya pravodkalari tuzishda to‘rt asosiy qoidaga amal qilish kerak:

1. Birinchi qoida, sodir etilgan xo‘jalik operatsiyasining tub iqtisodiy mazmunini tushunish;

2. Ikkinchi qoida, mazkur operatsiyada ishtirok etuvchi sintetik schyotlarni aniqlash;

3. Uchinchi qoida, ishtirok etuvchi schyotlarning aktiv yoki passiv ekanligini aniqlash;

4. To‘rtinchi qoida, xo‘jalik operatsiyasini schyotlarning debet va kredit tomonlarga to‘g‘ri qo‘yish.

Mazkur qoidalarga amal qilgan holda ba’zi misollarni ko‘rib chiqamiz. Misol №1. “Toshmuhammadhoji” xususiy firmasining bankdagi hisob-kitob schyotidan oylik maosh to‘lash uchun naqd pul olib kelindi va kassaga kirim qilindi - 50000 so‘m. Ushbu operatsiya natijasida firmaning kassasidagi naqd pullarini ko‘payishi va bankdagi hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘larini kamayishi kuzatiladi. Ya’ni pul mablag‘larining bir joydan ikkinchi joyga ko’chishi sodir bo‘ladi. Bu operatsiyada ikkita sintetik schyot ishtirok etgan. Biri “Kassa” schyoti, ikkinchisi esa “Hisob-kitob” schyoti. Xo‘jalik operatsiyasida ishtirok etuvchi schyotlarning ikkalasi ham aktiv, chunki ular balansning aktiv moddalariga xos schyotlardir. Bizga ma’lumki, aktiv schyotlarni ko‘payishi schyotning debet tomonida, kamayishi esa uning kredit tomonida ko‘rsatiladi. Shuning uchun ham mazkur xo‘jalik operatsiyasi ta’sirida schyotlarda quyidagicha o‘zgarish sodir bo‘ladi “Kassa” schyotida pul mablag‘lari 50000 so‘mga ko‘payadi va bir vaqtning o‘zida “Hisob kitob” schyotida pul mablag‘lari 50000 so‘mga kamayadi. “Kassa” schyoti aktiv bo‘lganligi uchun ko‘payish uning debet tomoniga yoziladi, “Hisob kitob” schyoti ham aktiv shuning uchun pul mablag‘larining kamayishi “Hisob kitob” schyotning kredit tomonga yoziladi. Bu operatsiya quyidagi buxgalteriya pravodkasi bilan rasmiylashtiriladi:

D-t “Kassa” schyoti - 50000 so‘m

K-t “Hisob-kitob” schyoti - 50000 so‘m

Mazkur pravodka schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi:


“Hisob-kitob”











“Kassa”


Qoldiq

50000

Qoldiq










1.50000



































Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish