Tayyor mahsulotlar - mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasida nazarda tutilgan barcha bosqichlardan o‘tgan, davlat standarti talablariga javob beradigan, korxona texnik nazorat bo‘limi nazoratidan o‘tkazilib xaridorlarga jo‘natilgunga qadar, omborga qabul qilib olingan yoki buyurtmachilarga foydalanish uchun topshirilgan mehnat buyumlaridir. Misol kiyimlar, poyafzallar, bosh kiyimlari, oziq-ovqatlar mahsulotlari, har xil markadagi avtomobillar, xo‘jalik mollari, elektr tovarlari, uy ro‘zg‘or mollari, mebellar, sotish uchun mo‘ljallangan kompyuter texnikasi va shular kabi boshqa mahsulotlardir.
Pul mablag‘lari - korxona kassasidagi pullar, mijozlardan olinadigan cheklar, bankdagi joriy schyotdagi pul mablag‘lari va pul o‘tkazmalari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |