Ishlabchiqarishda boshqaruv fakulteti «buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi


Buxgalteriya hisobining maqsadi, vazifalari va funktsiyalari



Download 0,95 Mb.
bet26/131
Sana19.09.2021
Hajmi0,95 Mb.
#179288
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   131
Bog'liq
Бугалтерия ҳисоби 2-3-модул маърузалар матни

3. Buxgalteriya hisobining maqsadi, vazifalari va funktsiyalari. Har bir fanning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi, vazifasi va funksiyasi bor. O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonunning 4-moddasida buxgalteriya hisobining asosiy maqsadi barcha xo‘jalik operatsiyalarini yaxlit, uzluksiz, hujjatlar asosida hisobga olish yo‘li bilan buxgalteriya axborotini yig‘ish, qayd etish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimidan, shuningdek uning asosida moliyaviy va boshqa hisobotni tuzishdan iboratdir deb ko‘rsatib o‘tilgan.

Iqtisodiyotimizga bozor munosabatlarini kirib kelishi, xalqaro integratsiyani kuchayishi, mulkka bo‘lgan munosabatlarining o‘zgarishi, korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyatlariga xorijiy investorlarni kirib kelishi kabi jarayonlar buxgalteriya hisobi tizimida qo‘shimcha vazifalarni keltirib chiqaradi.

Iqtisodiyotning rivojlanishida muhim hamda ajralmas bo‘g‘in hisoblangan korxona faoliyatini zamonaviy usullar bilan boshqarishda, korxona mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar katta ahamiyat kasb etadi. Bunday ma’lumotlar korxonada tashkil qilingan buxgalteriya hisobi tizimi orqali yetkazib beriladi. Ma’lumotlarning qay darajada aniq, haqqoniy va xolisona bo‘lishi korxona buxgalteriyasining tarkibiy tuzilishiga, u yerda faoliyat yuritayotgan buxgalter kadrlarning bilimiga, malakasiga hamda buxgalteriya hisobini jamiyatda bo‘layotgan o‘zgarish va rivojlanishlarga mos holda takomillashib, yangilanib borishiga bog‘liq bo‘ladi.

Me’yoriy hujjatlarda keltirilgan va e’tirof etilgan buxgalteriya hisobini vazifalarini quyidagi guruhga keltirish mumkin:



  1. Buxgalteriya hisobi schyotlarida aktivlarning holati va harakati, mulkiy huquqlar va majburiyatlar to‘g‘risida to‘liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish;

  2. Korxonani samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish;

  3. Soliqqa doir hisobotlarni va boshqa moliyaviy hisobotlarni o‘z vaqtida tuzish va tegishli idoralarga taqdim etish;

  4. Buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalanuvchilarni korxona mablag‘lari va uning tashkil topish manbalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlash;

  5. Korxona mulkini muhofoza qilish;

  6. Korxona mablag‘laridan foydalanishda iqtisodiy tejamkorlik tamoyilidan foydalanish hamda uni takomillashtirib borish.

Buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalanuvchilarni, korxona mablag‘lari va uning tashkil topish manbalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlash quyidagi ishlarni bajarish bilan izohlanadi:

  1. Mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish reja bajarilishi, rejada belgilangan mahsulotlar nomenklaturasini, turini, sifatini kuzatish, nazorat qilish, reja bajarilishiga ta’sir etuvchi omillarini aniqlash;

  2. Mahsulotlar tannarxini kalkulyatsiya qilish, tannarxni tobora pasaytirish omillarini topish;

  3. Korxonada foydalilik darajasini bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatish;

  4. Korxona biznes rejasini bajarilishini nazorat qilish.

Korxona qaysi mulkchilik shakliga tegishliligidan qat’iy nazar buxgalteriya hisobi shu korxona mulkiga nisbatan tejamli munosabatda bo‘lishni ta’minlashi lozim.

Buxgalteriya hisobi oldida turgan vazifalar uning bajaradigan funksiyalarini belgilab beradi:



  1. Korxona, tashkilot va muassasalarda sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayonlarini kuzatib borish;

  2. Kuzatish orqali olingan ma’lumotlarni miqdoriy ko‘rsatkichlarda ifodalash;

  3. Korxona faoliyatini kuzatish natijalarini maxsus hujjatlarda qayd etish;

  4. Hujjatlarda aks ettirilgan ma’lumotlarni umumlashtirish va guruhlash;

  5. Xo‘jalik jarayonlari ustidan nazorat o‘rnatish va ularga ta’sir etish.

Buxgalteriya hisobi bajaradigan funksiyalar korxonaning iqtisodiy jihatdan asoslangan joriy va istiqbol ko‘rsatkichlarini shakllantirish va bajarilishi ustidan nazorat olib borishni ta’minlaydi.


Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish