Yordamchi materiallar - tayyorlanadigan mahsulotlarni moddiy asosini tashkil qilmaydigan mehnat buyumi. Ular ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ma’lum bir sifat beradi. Misol yengil sanoat korxonalarida yordamchi materiallarga har-xil bo‘yoqlar, kislotalar, kraxmal, moylovchi materiallar, qurilish sanoatida qurilish ishlarini pardozlash uchun zarur bo‘lgan qurilish-ta’mirlash materiallari (bo‘yoq, lak, emulsiya, rang beruvchi parashoklar va boshqalar) kiradi.
Ehtiyot qismlar - jihozlarni, stanoklarni, transport vositalarini ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan va korxonaning o‘zida tayyorlangan yoki mol yetkazib beruvchilardan sotib olingan detallar, uzellar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |