Ishlabchiqarishda boshqaruv fakulteti «buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi


-MAVZU. FANNING PREDMETI VA USULLARI



Download 0,95 Mb.
bet16/131
Sana19.09.2021
Hajmi0,95 Mb.
#179288
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   131
Bog'liq
Бугалтерия ҳисоби 2-3-модул маърузалар матни

2-MAVZU. FANNING PREDMETI VA USULLARI
2-Ma’ruza: Buxgalteriya hisobi fanining predmeti tavsifi

Reja:

1. Buxgalteriya hisobi fanining predmetini umumiy tavsifi

2. Xo’jalik mablag’lari va ularni paydo bo’lish manba’larini turkumlash

3. Buxgalteriya hisobining maqsadi va vazifalari. Buxgalteriya hisobining

funktsiyalari.

4. Buxgalteriya hisobining sub’ektlari va ob’ektlari.

5. Buxgalteriya hisobini boshqa iqtisodiy fanlar bilan o’zaro bog’liqligi

6. Buxgalteriya hisobining kontseptual asoslari.

1. Buxgalteriya hisobi fanining predmetini umumiy tavsifi. Har bir fanning o‘rganadigan predmeti va obyekti mavjud. Fanning predmeti deganda shu fanda nima o‘rgatilishi tushuniladi. Masalan, kimyo fani tabiatda mavjud bo‘lgan kimyoviy elementlarni tarkibini va tuzilishini, anatomiya inson organizmning tuzilishini, zoologiya hayvonot dunyosini, falsafa olamning paydo bo‘lish va rivojlanish qonuniyatlarini, tarix kishilik jamiyatini yuzaga kelishi va rivojlanishini o‘rganadi. Shunga ko‘ra, buxgalteriya hisobi fan sifatida nimani o‘rganadi? Buxgalteriya hisobi fanining predmeti, nima bo‘lib hisoblanadi? Ya’ni buxgalteriya hisobi fanida nimalar o‘rganiladi, degan haqli savollar paydo bo‘ladi.

Buxgalteriya hisobiga doir chop etilgan adabiyotlarda buxgalteriya hisobining maqsadi va vazifalari, subyektlari va obyektlari xalqaro andozalar talabi doirasida keng yoritilgan. Ammo uning predmetini bayon etishda mualliflar turlicha yondashishgan. Jumladan, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining professori I. A. Lamikin universitet talabalari uchun tayyorlagan darsligida buxgalteriya hisobi predmetini quyidagicha ta’riflaydi: “...ijtimoiy mulk va birlashmalar (korxonalar)ni va xalq xo‘jaligi tarmoqlarining rejali xo‘jalik-moliya faoliyati sotsialistik buxgaltetiya hisobining predmeti bo‘lib hisoblanadi”. Fikrini davom ettirib, buxgalteriya hisobi predmetining obyektlarini quyidagicha ta’riflaydi: “Korxonalarning xo‘jalik materiallari va pul mablag‘lari; xo‘jalik mablag‘larini kelar manbalari; xo‘jalik jarayonlari; korxonalarning xo‘jalik-huquqiy aloqalari; xo‘jalik faoliyatlari natijalari uning obyektlaridir. Bu ta’rifning birinchi qismida ijtimoiy mulk, ikkinchi qismida esa birlashmalarning (korxonalarning) va xalq xo‘jaligi tarmoqlarining rejali moliyaviy-xo‘jalik faoliyatlari buxgalteriya hisobining predmetini sifatida ta’riflanadi. Bizningcha, muallif fanning predmeti va obyektlarini chalkashtirib yuborgan.

Professor M. Ostonaqulov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi oliy o‘quv yurtlarining talabalariga mo‘ljallangan darslikda buxgalteriya hisobi predmetiga quyidagicha ta’rif berilgan “...buxgalteriya hisobi predmeti kengaytirilgan takror ishlab chiqarish sharoitida korxonaning pul ifodasida aks ettiriladigan xo‘jalik mablag‘lari va shu mablag‘lar manbalari, ularning xo‘jalik faoliyati va moliyaviy natijalaridir”. Mazkur ta’rifda xo‘jalik mablag‘lari va shu mablag‘lar manbalariga buxgalteriya hisobining predmeti sifatida qaralgan. Muallif xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalarini yoritib “...buxgalteriya hisobi har bir korxonada xo‘jalik jarayonida sodir bo‘layotgan xo‘jalik operatsiyalarini va bu operatsiyalar ta’sirida xo‘jalik faoliyatidagi o‘zgarishlarni aks ettirishi zarur”, shuningdek buxgalteriya hisobi obyektlari to‘g‘risida “...buxgalteriya hisobi yuqorida ko‘rib o‘tilgan obyektlari uning predmetining asosiy mazmunini tashkil qiladi” degan xulosaga kelgan.

Iqtisodchi olimlar A. Karimov, F. Islomov, A. Avloqulovlarning fikricha, buxgalteriya hisobi predmeti “...korxonaning pul ifodasida aks ettiriladigan xo‘jalik mablag‘lari, shu mablag‘lar manbalari, ularning xo‘jalik faoliyatlari va moliyaviy natijalaridir”. Mualliflar professor M. Ostonaqulov tomonidan yuqorida keltirilgan ta’rifni yanada ham soddalashtirib, buxgalteriya hisobi predmeti doirasidan takror ishlab chiqarish jarayonini chiqarib yuborishgan. Ularning fikricha “Asosiy va joriy aktivlar, majburiyatlar, o‘z sarmoyasi, daromad va xarajatlar, foyda va zararlar hamda ularning harakati bilan bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobi obyektlari hisoblanadi”.

Professor N. Jo‘rayev va boshqalar muallifligida “Moliyaviy va boshqaruv hisobi” darsligida buxgalteriya hisobining predmetiga “...buxgalteriya hisobining predmeti – ishlab chiqarish jarayonidagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning samarali boshqarilishida mablag‘lar holati hamda ulardan unumli foydalanish haqidagi axborotlarni shakllantirish hisoblanad”, - deb ta’rif berishgan. Bu ta’rifda mualliflar, birinchidan, buxgalteriya hisobini faqatgina ishlab chiqarish sohasida tashkil qilinishiga ishora qilishgan; ikkinchidan, fanning predmeti bilan obyektlari chalkashtirib yuborilgan; uchinchidan, buxgalteriya hisobiga faqatgina mablag‘lar holati hamda ulardan unumli foydalanish haqidagi axborotlarni shakllantirish vositasi sifatida qaralgan; to‘rtinchidan esa, xo‘jalik mablag‘larining tashkil topish manbalarini buxgalteriya hisobi doirasidan chiqarib yuborishgan.

Angliyalik olim Frenk Vud buxgalteriya hisobi fanini predmetini “...eng avvalo, yozuvlar nima uchun belgilanganligi, ularni tahlil etish va bayon etishdir”, - deb izohlaydi. Uning fikricha, xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirish, tahlil qilish va ularni keyinchalik bayon etishni, ya’ni qaysidir maqsadlarda foydalanish, masalan, moliyaviy hisobotlar tuzish va boshqa maqsadlar, buxgalteriya uchyotining predmetini tashkil qiladi. Bu ta’rifda ham fanning predmeti va obyektlari chalkashtirib yuborilgan. Tahlil qilingan boshqa ba’zi bir xorijiy adabiyotlarda buxgalteriya hisobining predmeti yoritilmagan.

Bozor munosabatlari sharoitida mulkchilik shakli va makoni mutlaq yangicha munosabat kasb etadi, shuning uchun ham ushbu tushunchalarga yangicha yondoshish lozimligi talab qilinadi. Buxgalteriya hisobining predmetini aniqlashda, eng avvalo, u kimga xizmat qilishini hisobga olgan holda yondoshish zarur, deb hisoblaymiz.

O‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonunning 4 – moddasida “Buxgalteriya hisobi barcha xo‘jalik operatsiyalarini yaxlit, uzluksiz, hujjatlar asosida hisobga olish yo‘li bilan buxgalteriya axborotini yig‘ish, qayd etish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimidan, shuningdek uning asosida moliyaviy va boshqa hisobotni tuzishdan iboratdir”, deb ko’rsatib o’tilgan.

Buxgalteriya hisobining predmeti faqat ishlab chiqarish jarayonidagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning mablag‘lari holati hamda ulardan unumli foydalanish haqidagi axborotlarni shakllantirish yoki xo‘jalik operatsiyalarini qayd qilish, tahlil qilish yoki axborotlarni keyinchalik bayon etish bo‘lmasdan, balki ko‘p mulkchilikka asoslangan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning xo‘jalik faoliyati va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi keng qatlamli aholining daromadlari va xarajatlaridir.

Korxonalarning xo‘jalik faoliyati va aholining daromadlari va xarajatlari statistika, moliya, bank ishi, soliq va soliqqa tortish, makro va mikro iqtisodiyot, marketing, menejment, audit, iqtisodiy tahlil kabi fanlarning ham predmeti bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ham har bir iqtisodiy fanga tegishli bo‘lgan faoliyatni aniqlab olish, u yoki bu fanni o‘rganishni osonlashtiradi.

Korxonalar faoliyatida sodir bo‘ladigan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, takror ishlab chiqarishning, ishlab chiqarish, taqsimot, sotish va iste’mol sikllarida kechadi. Shuningdek, har qanday korxonaning xo‘jalik faoliyatini asosiy mazmunini ta’minot, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, ishlarni bajarish va sotish jarayonlari tashkil etadi. Bu jarayonlar bir-biri bilan uzviy bog‘langan. Korxonada ishlab chiqarish jarayoni ta’minot jarayoniga, sotish jarayoni esa, ishlab chiqarish jarayoniga bog‘liq. Agar bu bog‘liqlikni butun bir jamiyat doirasida ko‘radigan bo‘lsak, bir korxonaning sotish jarayoniga boshqa korxonalarning ta’minot, ishlab chiqarish va sotish jarayonlari bog‘liq bo‘ladi. Bu holda, buxgalteriya hisobi boshqaruvning funksiyasi sifatida kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini nazorat qilish vositasi o‘rnida ishtirok etadi. Shuningdek, huquqiy shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish aholi daromadlari, ularning manbalari va xarajatlari tarkibini ko‘payishiga olib keladi. Bu oila buxgalteriyasini tashkil qilishni taqozo etadi. Shuning uchun boshqa iqtisodiy fanlar qatori buxgalteriya hisobi nafaqat xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining qaysidir bir jihatini qamrab oladi, balki, aholi (oila) daromadlari va xarajatlarini ham hisobga olishni taqozo etadi.


Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish