5. Buxgalteriya hisobining maktablari haqida. Ba’zi mualliflarning fikricha O‘rta Osiyo yerlariga, ya’ni Movarounnaxrga (arablar daryo ortidagi yerlar deb ataganlar) shu jumladan, O‘zbekistonga buxgalteriya uchyoti haqidagi fikrlar 8 asr boshlarida kirib kelgan (bu mualliflar haqli tarzda O‘rta Osiyo yerlariga buxgalteriya uchyoti haqidagi fikrlarni kirib kelishini arablarning O‘rta Osiyoni isloh qilish bilan bog‘lashadi).
Amir Temur o‘zining “Temur tuzuklari” nomli asarida shunday deb yozadi: “Saltanatning har bir idorasida bo‘ladigan kirim-chiqimlarni, kundalik xarajatlarni yozib borish uchun bir kotib tayinlansin”. Bu O‘rta Osiyoda buxgalteriya hisobining ilk bor kurtak otishi Amir Temur tomonidan hisob daftarini yurituvchi shaxslar – kotiblarni tayinlagani bilan bog‘liq ekanligidan dalolat beradi.
Rivoyatlarga ko‘ra Amir Temur lashkarlarining har biriga, jangga kirishidan oldin, idishda anor suvi bergan (anor suvi birinchidan, inson badaniga tez singib qonga aylanib quvvat bo‘ladi, ikkinchidan, badanga rohat baxsh etib, asablarni tinchlantiradi) va jangdan eson-omon chiqqan jangchilarga yana o‘sha idishda anor suvi bergan. Bo‘sh qolgan idishlar soni jangda halok bo‘lgan jangchilar sonini bildirgan. Bu buxgalteriya hisobining “kirim – chiqim – qoldiq” usulini ifodalaydi. Xulosa qilish mumkinki, O‘rta Osiyo markazi bo‘lgan O‘zbekistonda buxgalteriya hisobi XV asrdan shakllana boshlagan.
Respublikamizda buxgalteriya hisobini fan sifatida shakllanishida O‘zbek olimlaridan S. B. Qodirxonov, M. Ostonaqulov, Y. M. Itkin, R. Abdullayev, I. T. Abdukarimov, K. F. Abdukarimovalarni, shuningdek, buxgalteriya hisobini isloh qilish va milliy hisobchilik tizimini yaratishda S. Yuldoshev, M. Umarova, D. Qudbiyev, M. Pardayev, M. Tulaxadjayeva, K. Urozov, I. Ismanov, Z. Mamatov,
B. Hoshimov, I. Qayumov, A. Abdullayev, S. Valiyev, N. Jo‘rayev, H. Qayumov, E. Gadoyev, Z. Niyozov, A. Karimov, F. Islomov, R.Xolbekov, A. Avloqulov va boshqa ilm ahllarining qo‘shgan hissalari kattadir.
Tarixiy ta’limotlarga ko’ra buxgalteriya hisobini tashkil qilish va takomillashtirish borasida Italьyan, Frantsuz, Nemis va Angliya - Amerika maktablari mavjuddir. Ularning ta’limotlarida buxgalteriya hisobi fanining asosi ham har xil talqin qilinadi, shuning uchun, ham buxgalteriya hisobining tashkiliy jihatlari borasida bu maktablarning qarashlari bir-biriga o’xshamaydi. Masalan, Italьyan maktabi vakillari (Professor Yan Krouford va boshqalar) buxgalteriya hisobi fanining asosini algebra va huquq, Frantsuz maktabi vakillari aniq siyosiy iqtisod, Nemis maktabi vakillari matematika, Angliya-Amerika maktabi vakillari psixologiya deb qaraydilar. SHu sababli buxgalteriya hisobi fanining vazifasi, predmeti, ob’ekti, usul va uslubiyoti, tamoyillari va tarkibiy tuzilishi borasidagi ularning qarashlari turlichadir.
Buyuk Britaniya buxgalterlar maktabining namoyondalari Angliya iqtisodiyotida faoliyat ko’rsatayotgan firma va kompaniyalarida tashkil qilingan buxgalteriya hisobi usullari rahbarning fe’l-atvoriga hamda dunyo- qarashiga bog’liqligini ko’rsatib o’tadilar. Angliya - amerika maktablarida yagona uslubiyotga amal qilinmaydi, ular Angliya iqtisodiyotida faoliyat ko’rsatayotgan firma va kompaniyalarda buxgalteriya hisobi ma’lumotlari ikki xil mazmunga ega bo’lishi va biri tadbirkor uchun, ikkinchisi xukumat tashkilotlari uchun hizmat qilishini aytadilar. Buxgalteriya hisobining ma’lumotlarida muhimlik va aniqlikni yo’qligi tufayli Angliya firma va kompaniyalari tez-tez bankrotga uchraydi. Buxgalteriya hisobining ma’lumotlarida muhimlik va aniqlik tamoyilini amal qilmasligi sababli bu davlatda audit va uning rivojlanishiga alohida e’tibor beriladi.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnik – texnologik qayta jihozlashni amalga oshirish tufayli alohida yo’nalishga ega bo’lgan hisob tizimi tarkib topa boshladi. Bunday hisob tizimining asosiy bo’g’ini hisoblangan buxgalteriya hisobi ham milliy iqtisodiyotimizning o’ziga xos xususiyatlari va xalqaro standartlarga mos holda rivojlanib bormoqda. Mulkiy munosabatlarning erkinlashuvi tufayli iqtisodiyotimizda faoliyat ko’rsatayotgan barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar mustaqil o’z-o’zini boshqarish tamoyiliga o’tdi. Erkin iqtisodiyotning shakllanishi va rivojlanishining muhim hamda ajralmas qismi hisoblangan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda ishlab chiqarishni boshqarishda ularning mablag’lari va tashkil topish manbalari to’g’risidagi ma’lumotlar katta ahamiyatga egadir. Bunday ma’lumotlar xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda tashkil qilingan buxgalteriya hisobi tizimi orqali yetkazib beriladi. Ma’lumotlarning qay darajada aniq, haqqoniy va xolisona bo’lishi tashkil qilingan buxgalteriya hisobi tarkibiy tuzilishining sifatiga bog’liqdir. Boshqa fanlar kabi buxgalteriya hisobi ham jamiyatdagi o’zgarish va rivojlanishlarga mos holda takomillashib boradi.
O’zbek milliy maktabining shakllana boshlaganiga hali ko’p bo’lgani yo’q. Bu qisqa davr ichida respublikamizda buxgalteriya hisobi tizimining shakllanib borishida xukumatimiz, olimlarimiz, mutaxassislarimiz tomonidan ko’plab uslubiy, ilmiy, nazariy, amaliy ishlar qilindi va qilinmoqda. Masalan, 1996 yil 30 avgustda buxgalteriya hisobi tizimining huquqiy asosi hisoblangan O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan “Mahsulot (ish,xizmat)ni ishlab chiqarish va uni sotish bo’yicha xarajatlar tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida” Nizom qabul qilindi, Buxgalteriya Hisobi Milliy Standartining 24 ta standarti ishlab chiqildi va amaliyotga joriy qilindi va xokazo.
O’zbekistonda buxgalteriya hisobining Toshkent (namoyondalari: S. Qodirxonov, Yu. M. Itkin, S.Valiev, S.Sotvoldiev, B. Hoshimov, R.Xolbekov va boshqalar), Samarqand (R.Abdullaev, M.Pardaev, K.O’rozov), Farg’ona (D. Qudbiev, I.Ismanov, N.Toshmamatov, I.Qayumov, A.Abdullaev) milliy maktablarini ajratib ko’rsatish mukin.
Do'stlaringiz bilan baham: |