Birinchi operatsiya. Tuzilgan shartnoma asosida mol yetkazib beruvchilardan haqiqiy sotib olish tannarxlarida materiallar olindi 1.550.000 so‘m. Shu jumladan:
“A” materialdan 5000 kg, har bir kilosi 220 sumdan umumiy hisobda 1.100.000 so‘mlik
2. “B” materialdan 3000 kg, har bir kilosi 150 so‘mdan umumiy hisobda 450.000 so‘mlik.
3. Materiallarni temir yo‘l transportida tashib keltirish xarajatlari ta’minotchi tomonidan to‘langan - 800.000 so‘m
4. Moddiy qiymatliklarni temir yo‘l bekatidan omborgacha 2504- avtokalonaning transportida tashib keltirilgani uchun transport tashilotiga hisoblandi- 150.000 so‘m.
Birinchi operatsiya yuzasidan quyidagicha buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi
A). Sotib olingan materiallarning sotib olish tannarxlaridagi qiymatiga,
Dt – 1610 - “ Materiallarni xarid qilish va sotib hisobga oladigan schyotlar” - 1.550.000 so‘m.
Kt- 6010 - “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar” - 1.550.000 so‘m.
B). Moddiy qiymatliklarni mol yetkazib beruvchilar tomonidan to‘langan temir yo‘l xarajatlariga,
Dt - “ Materiallarni xarid qilish va sotib hisobga oladigan schyotlar” - 800000 so‘m.
Kt - “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob- kitoblar”- 800000 co‘m.
V) Moddiy qiymatliklarni temir yo‘l bekatidan omborgacha tashib keltirish xarajatlariga,
Dt - “ Materiallarni xarid qilish va sotiib hisobga oladigan schyotlar.” - 150000 so‘m.
Kt - “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar” - 150000 co‘m.
Sotib olinadigan tovar moddiy qiymatliklarning rejalashtirilgan ulgurji baholaridagi umumiy qiymati 2040000 so‘mni tashkil qildi. Bu qiymat mol yetkazib beruvchilardan sotib olingan moddiy qiymatliklarning haqiqiy miqdorini, ularning rejalashtirilgan ulgurji baholariga ko‘paytirish yo‘li bilan topiladi.
1. “A” materialdan 5000 kg, har bir kilosini 300 so‘mdan umumiy hisobda 1500000 so‘mlik “B” materialdan 3000 kg, har bir kilosi 180 so‘mdan umumiy hisobda 540000 so‘mlik.
Omborlarga qabul qilingan moddiy qiymatliklarning rejalashtirilgan ulgurji baholariga,
Dt - “ Materiallarni xarid qilish va sotib hisobga oladigan schyotlar” - 2040000 so‘m.
Kt - “ Materiallarni xarid qilish va sotib hisobga oladigan schyotlar” – 2040000 so‘m pravodkasi tuziladi.
“Materiallarni xarid qilish va sotib olishni hisobga oladigan schyotlar”ni debet va kredit oborotlarini solishtirib sotib olingan materiallarni hisobga olish baholari bilan haqiqiy tannarxi orasidagi farq topiladi. Balans tuzishda, agar bu schyotlarning Dt oborotlari Kt oborotlaridan ko‘p bo‘lsa, qoldiq materiallarning hisobga olish baholariga qo‘shiladi, agar schyotlarning Dt oborotlari Kt oborotlaridan kam bo‘lsa, qoldiq materiallarning hisobga olish baholaridan ayirib tashlanadi. Omborlarga qabul qilingan moddiy qiymatliklarning hisobga olish baholari bilan haqiqiy tannarxi orasidagi farqga quyidagicha pravodka tuziladi:
Dt - “ Materiallar qiymatidagi farqlarni hisobga oladigan schyotlar” - 510000
Kt - “Materiallarni xarid qilish va sotib olishni hisobga oladigan schyotlar” – 510000
Do'stlaringiz bilan baham: |