Ishlabchiqarishda boshqaruv fakulteti «buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi



Download 0,95 Mb.
bet61/131
Sana19.09.2021
Hajmi0,95 Mb.
#179288
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   131
Bog'liq
Бугалтерия ҳисоби 2-3-модул маърузалар матни

3. Ta’minot jarayonining hisobi. Ta’minot jarayoni muomalalari ta’minotchi (xom ashyo, materiallar, yoqilg‘i, butlovchi buyumlar, yarim tayyor mahsulotlar, ehtiyot qismlar, tovarlar, shuningdek korxonani bir me’yorda faoliyat ko‘rsatuishi uchun zarur bo‘lgan mehnat qurollari va mehnat vositalarini va boshqa moddiy qiymatliklarni yetkazib beruvchi) korxonalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki birja brokerlari orqali oldindan tuziladigan shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Bu shartnomalarda, odatda, xarid qilinayotgan moddiy qiymatliklarning nomi, miqdori, bahosi, sifati, yuklab jo‘natish, qanday transport vositasida yetkazib berish hamda hisoblashish shartlari ko‘rsatilgan bo‘ladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarining marketing va buxgalteriya bo‘limi xodimlari shartlarning basharilishi ustidan nazorat olib boradilar.

Quyidagilar ta’minot jarayoni buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari bo‘lib hisoblanadi:

1. Marketing, moliya-reja va boshqa bo‘linmalari bilan hamkorlikda hisobot davri uchun korxonaning barcha faoliyatiga zarur bo‘lgan moddiy qiymatliklar (mehnat qo‘rollari va mehnat buyumlari) miqdorini aniqlash .

2. Marketing bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda moddiy qiymatliklarni xarid qilish uchun ishlab chiqarish korxonalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki birja brokerlari orqali shartnomalarni rasmiylashtirishni tashkillash.

3. Shartnoma shartlarini to‘g‘rigini nazorat qilish.

4. Shartnomalarni bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatish.

5. Xarid qilinayotgan moddiy qiymatliklarning shartnoma baholarini to‘g‘riligini tekshirish va nazorat qilish.

6. Moddiy qiymatliklarni kelishiga, omborlarga qabul qilib olinishiga, saqlanishiga va foydalanishga ya’ni mahsulot ishlab chiqarish maqsadlari uchun berilishiga nazorat o‘rnatish.

7. Moddiy qiymatliklarni saqlash joylaridagi butligini ta’minlash.

8. Moddiy qiymatliklarni zahiralarini me’yorlar doirasida ta’minlanishiga nazorat o’rnatish.

9. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisoblashuvlarni o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash.

10. Moddiy qiymatliklarning korxona omborlaridan chiqib ketishini o‘z vaqtida hujjatlar bilan rasmiylashtirish.

11. Xarid qilingan moddiy qiymatliklarning haqiqiy tannarxlarini (baholarini) to‘g‘ri va o‘z vaqtida aniqlash.

12. Moddiy qiymatliklarni qayta ro‘yxatga olishni o‘z vaqtida o‘tkazish.

13. Moddiy qiymatliklarni omborlardagi hisobini to‘g‘ri olib borilayotganligini nazorat qilish.

14. Moddiy qiymatliklarning kelishini va chiqib ketishini sintetik hisobini to‘g‘ri tashkil qilish.

Ta’minot jarayonida sodir bo‘ladigan xo‘jalik muomalalarini hisobga olish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisob siyosatida ko‘rsatilgan hisobga olish baholaridan kelib chiqqan holda quyidagi sintetik schyotlardan foydalaniladi:

1. 1000 - “Materiallar hisobga olinadigan schyotlar”.

2. 1500 - “Materiallarni xarid qilish va sotiib olishni hisobga oladigan schyotlar”.

3. 1600 – “Materiallar qiymatidagi farqlarni hisobga oladigan schyotlar”.

4. 2900 – “Tovarlar hisobga olinadigan schyotlar”.

5. 6000 – “Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarni to‘lovga olingan schyotlarini joriy qismi”.

6. 7000 – “Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarni to‘lovga olingan schyotlarini uzoq muddatli qismi”.

7. 5000 – “Kassadagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar”.

8. 5100 – “Hisob kitob schyotidagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar”.

9. 5200 – “Chet el valyutasidagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar”.

Sotib olingan xom ashyo, materiallar, yoqilg‘i, butlovchi buyumlar, yarim tayyor mahsulotlar, ehtiyot qismlar, tovarlar, shuningdek korxonani bir me’yorda faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan mehnat qurollari va mehnat vositalarini va boshqa moddiy qiymatliklarni joriy hisobi “Materiallar hisobga olinadigan schyotlar”da haqiqiy tannarxlarida yoki hisob siyosatida nazarda tutilgan boshqa, rejalashtirilgan ulgurji baholarda, sotib olishning reja tannarxlarida, o‘rtacha sotib olish baholarida aks ettiriladi.

Moddiy qiymatliklarning haqiqiy tannarxi, ularni sotib olishning barcha xarajatlarini hamda moddiy qiymatliklarni o‘rnashgan joyiga hamda ishlatish holatiga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan transport tashish sarflarini o‘zida aks ettiradi va quyidagi xarajat moddalaridan tashkil topadi:

1. Xarid qilingan moddiy qiymatliklarning mol yetkazib beruvchilarning hujjatlarida ko‘rsatilgan sotib olish baholari xarajatidan (sotib olish tannarxidan).

2. Tashib keltirish uchun qilingan transport xarajatlaridan.

3. Yuklab – tushirish xarajatlaridan.

4. Saqlash va tayyorlash xarajatlaridan.

5. Tashib keltirishdagi tabiiy kamayishlarni me’yorlar doirasida qoplash xarajatlaridan.

Agar moddiy qiymatliklarning joriy hisobi rejalashtirilgan ulgurji baholarda yoki korxonaning buxgalteriya hisobi siyosatida nazarda tutilgan boshqa baholarda (sotib olishning reja tannarxlarida, o‘rtacha sotib olish baholarida) olib borilsa, ularga tegishli bo‘lgan materiallarning qiymatidagi farqlar “Materiallar qiymatidagi farqlarni hisobga olinadigan schyot”da alohida hisobga olib boriladi. Hisobga olish baholaridan foydalanganda moddiy qiymatliklarni korxonaning asosiy ishlab chiqarish va boshqa maqsadlari uchun foydalanishga berganda yoki chetga sotganda, ularga tegishli bo‘lgan materiallarning qiymatidagi farqlarni qo‘shib, haqiqiy tannarxlarda yoki boshqacha qilib aytganda haqiqiy ulgurji baholarda hisobdan chiqariladi. Ularning haqiqiy tannarxini yoki haqiqiy ulgurji baholarini topish uchun hisobot oyi tugagandan keyin asosiy ishlab chiqarish va boshqa maqsadlari uchun foydalanishga bergan yoki chetga sotgan moddiy qiymatliklarga tegishli bo‘lgan materiallarning qiymatidagi farqlar summasi topiladi. Buning uchun, eng avvalo, moddiy qiymatliklarni rejalashtirilgan ulgurji baholariga nisbatan yoki boshqa hisobga olish bahosiga nisbatan materiallarning qiymatidagi farqlarni o‘rtacha foizi topib olinadi. Buni matematik modulini quyidagi formula bilan ifodalash mumkin:

∑F1+ ∑F2

 = ---------------------------- × 100

∑Sm1+ ∑ m
Bu yerda:


  1. ∑F1– oy boshiga barcha moddiy qiymatliklarga to‘g‘ri keladigan farqlar summasi;

  2. ∑F2- oy davomida xarid qilingan barcha moddiy qiymatliklarga tegishli farqlar summasi;

  3. ∑Sm1– moddiy qiymatliklarni oy boshiga qoldiq summasi;

  4. ∑ m- oy davomida sotib olingan moddiy qiymatliklar summasi;

  5.  -o‘rtacha foiz.

Topilgan o‘rtacha foizni ishlab chiqarishga sarflangan yoki chetga chiqarilgan moddiy qiymatliklarni rejalashtirilgan ulgurji baholariga yoki hisob siyosatida nazarda tutilgan boshqa (sotib olishning reja tannarxlarida, o‘rtacha sotib olish baholarida) bahosiga ko‘paytirish bilan, ularga tegishli bo‘lgan materiallarning qiymatidagi farqlar summasi topiladi. Moddiy qiymatliklarni rejalashtirilgan ulgurji baholariga yoki hisob siyosatida nazarda tutilgan boshqa (sotib olishning reja tannarxlarida, o‘rtacha sotib olish baholarida) bahosiga materiallarning qiymatidagi farqlar summasini qo‘shish bilan asosiy ishlab chiqarish va boshqa maqsadlari uchun foydalanishga bergan yoki chetga sotilgan moddiy qiymatliklarni haqiqiy tannarxlari topiladi. Ta’minot jarayonining hisobi quyidagi chizmada keltirilgan.

Birinchi variant. Moddiy qiymatliklarni joriy hisobi haqiqiy tannarxlarda olib borilganda:


d-t 5100 k-t d-t d-t 6010 k-t d-t 1010 k-t

Qoldiq Qoldiq Qoldiq

3 1

2


Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish