Asosiy materiallar - ishlab chiqariladigan mahsulotlarning moddiy asosini tashkil qiladigan mehnat buyumlari bo‘lib, ularsiz mahsulot ishlab chiqarib bo‘lmaydi. Misol paxta tozalash zavodida chigitdan va boshqa chiqindilardan tozalangan tola, ip yiguruv korxonasi tayyorlangan kalava (ip), to‘quv sexi uchun, to‘quv sexida tayyorlangan mato (bo‘z), gul bosish sexi uchun, to‘quvchilik sanoatida ishlab chiqarilgan mato, tikuvchilik sanoat uchun, oshlangan va ishlov berilgan teri, charmdan mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun asosiy material bo‘lib hisoblanadi. Shuningdek, metallurgiya kombinatida tayyorlangan prokat, mashinasozlik sanoati uchun, qazib chiqarilgan neft, neftni qayta ishlash zavodlari uchun asosiy material bo‘lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |