Rentgen nurlar. Chorvachilik ishlab chiqrishida, chorva hayvonlari kasalliklarini diagnostika qilish va davolash ishlarini samarali tashkil qilishda ultra tovushlar, rentgen va boshqa nurlanuvchi qurilmalaridan keng foydalaniladi. Ayniqsa, rentgen nurlari yordamida amalga oshiriladigan jarayonlarda nurlanishlarni belgilangan me’yordan oshib ketishi, xizmat ko’rsatuvchi xodim sog’lig’i uchun xavli va zararli muhitni keltirib chiqaradi. Rentgen nurlari - gamma nurlariga juda o‘xshash, sun’iy rentgen trubkalari orqali hosil qilinadi, rentgen trubkalari elektr energiya orqali ishlagani uchun bu nurlarni yoqish va o‘chirish mumkin. Rentgen apparatlari qo‘llanish maqsadiga qarab ikki xil – diagnostik va terapevtik uskunalar ko’rinishida tafovutlanadi. Ularda nur manbai – rentgen trubkasi. Diagnostik va terapevtik rentgen trubkalari tuzilishining prinsipial farqi yo‘q.
Rentgen nurlari manbalarida 1 rentgen nur chiqaradigan o‘zgarishlarga ekvivalent doza - ber (биологический эквивалент рентгена) deyiladi. SI birliklarida ber - Zivert (Zv) deb aytiladi. 1 Zv = 100 ber. Agar ish joylaridagi nurlanishning yillik miqdori 170 mBer dan oshib ketsa, bu inson hayoti uchun xavfli hisoblanadi.
Rentgen nurlanishi natijasida qon tarkibi o’zgaradi, asab tizimining ishlash faoliyati buziladi, doimo uyqu bosadi yoki uyqusizlik kuchayadi, ter bosadi, bosh og’riydi, xotira pasayadi, ko’z xiralashadi, teri quriydi, soch tusha boshlaydi.
Rentgen nurlar salbiy ta’sitridan xodim va atrofdagi kishilar sog’lig’ini himoyasi, amaldagi SanQvaM №0029-94 “Radiatsiya xavfsizligi bo'yicha sanitariya qoidalari va me'yorlari”, SanQvaM № 0194-06 “Rentgen xonalari, apparatlarini o‘rnatish va ishga tushirish hamda rentgen tadqiqotlarini olib borishga oid” gigiyenik talablar asosida me’yorlashtirilishi shart.
Ishlab chiqarishda ish beruvchi tomonidan, nurlanish xavfini oldini olish maqsadida 18 yoshdan kichik bo'lgan shaxslarni qat’iy nurlanish manbalari bilan ishlashga ruxsat etilmslik, ayollar homiladorlikning butun davri uchun tashqi ta'sir bilan bog'liq bo'lgan mehnat faoliyatini va ochiq manbalar bilan ishlashda - bolani ovqatlantirish davridan ozod qilish, yangi xodim ishni boshlashdan oldin, boshlang’ich tibbiy ko'rikdan o’tayotganida, qon takibini tekshirish asosidagi tavsiyanoma bo’yicha ishga qabul qilinishi lozim.
Xodim ish joyidagi radiatsiyaviy xavfsizlik va shaxsiy gigiyena bo'yicha bilimlarni o'rganishi va sinovdan o’tilishi, davriy ravishda (yiliga kamida 1 marta) tibbiy ko'rikdan o’tishi shart va ushbu ma’lumotlar maxsus jurnalda qayd etilishi lozim.
Nurlanish uskunalari mavjud ish joylarida quyidagi tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish, nurlanishdan zararlanish holatlarini oldini olishga xizmat qiladi:
• radiatsiya hududida faoliyat davomiyligi vaqtini qisqartirish;
• jarayonni to'liq avtomatlashtirish;
• jarayonni masofadan turib boshqarish;
• nurlanish yuzaga keladigan manbalarni qaytargich ekranlar bilan jihozlash;
• manipulyatorlar va robotlardan foydalanish;
• shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish;
• radiatsiya xavfi borligi to’g’risidagi ogohlantiruvchi belgilar o’rnatish;
• ish joylarini nurlanish darajasini doimiy kuzatib boruvchi umumiy yoki shaxsiy nazorat asboblari bilan jihozlash,
Ultrabinafsha nurlar. Quyosh nuri spektri tarkibiga kiradigan ultrabinafsha nurlarning bakteritsid ta’siri, gigiyenik jihatdan alohida ahamiyatga ega. Ultrabinafsha nurlar ta’siri ostida bakteriyalarning rivojlanishi sekinlashib, bu nurlar yetarlicha uzoq ta’sir ko‘rsatishi natijasida ularni nobud bo’lishiga olib keladi. Sun’iy ultrabinafsha nurlanishning bakteriotsid ta’siridan havoni, suvni, sutni va boshqalarni zararsizlantirish uchun foydalaniladi.
Quyosh nurlariining spektrial tahlili natijalariga ko’ra ultrabinafsha nurlar 1% ni tashkil etadi. Shu sababli xonalarga tabiiy ultrabinafsha nurlar tushib turishini ko‘paytirish uchun maxsus oynalardan foydalaniladi.
Ultrabinafsha nurlarni yuzaga kelishiga, quyoshdan chiqayotgan nurlar, plazmali payvandlash uskunasi, cho’g’lamli va gaz razryadli yoritgichlar, lazerli hamda elektr gaz payvand qurilmalari manba sifatida xizmat qiladi. Utltrabinafsha nurlardan (tabiiy, sun’iy) issiqxonalarda o’simliklarning o’sishini jadallashtirish maqasadida, veterinariya sanitariyasi binolari va laboratoriyalarida havoni tozalash (dezinfeksiyalash), chorvachilik komplekslarida chorva mollari va mo’ynali hayvonlardan olinadigan mahsulot sifati va miqdorini oshirish maqsadida keng foydalaniladi.
Ammo, ultrabinafsha nurlarning belgilangan me’yordan oshib ketishi natijasida teri ostidagi kuyishlar, ko'zning o'tkir shikastlanishi, terining keksayishi, xatarli o'smalarning rivojlanishi ehtimolini oshiradi, havo tarkibidagi kimyoviy moddalar changi va gazi fotosfera reaksiyalarini rivojlanishi bilan organizmning nurga nisbatan sezuvchanligini oshiradi.
Shu sabali ultrabinafsha nurlar bo’lishi talab etiladigan yoki ishlab chiqarishning texnologik jarayonlari natijasida yuzaga keladigan ish joylarida, inson sog’lig’i uchun xavfsiz bo’lgan ruxsat etilgan me’yorlari SanQvaM №0142-03” Ishlab chiqarish muhitida ultrabinafsha nurlanishning sanitariya qoidalari va me'yorlari” hamda davlatlararo standartda - ГОСТ 12.4.308-2016 Система стандартов безопасности труда “Cредства индивидуальной защиты глаз. Очки для защиты от лазерного излучения” belgilab qo’yilgan.
Infraqizil nurlar. Infraqizil nurlar asosan qizigan metall materiallardan, elektr yoyi, alanga, qizdirgichlar, cho’lg’amli yoritgichlar va tabiiy holda, quyosh nurlari spektri tarkibidan (59% ni tashkil etadi) ajralib chiqadi. Ushbu turdagi nurlarning salbiy ta’sir etish holati, ularning ta’sir etish miqdori va vaqti belgilangan me’yordan oshib ketishi natijasida, og’ir oqibatlarga olib keladi. Jumladan kishilarni teri to’qimalariga o’tib, tana haroratini oshiradi, terining qizarishiga va me’yoridan ortiqcha tanadagi suvni bu’g’lanishga, terining yuza qismini kuyishiga, ko’z to’r pardasining shikastlanishiga va ayrim hollarda oftob urishiga olib keladi.
Ammo belgilangan darajadagi infraqizil nurlar inson tanasi uchun xavfsizdir. Infraqizil nurlarni kishi organizmiga foydali ta'sir qilish natijalari:
• moddalar almashuvini tezlashtiradi;
• teri to'qimasini tiklaydi;
• qarish jarayonini sekinlashtiradi;
• ko'p miqdorda yog' tanadan ajraladi.
•tana harorati ko’tarilishi natijasida, kapillyarlar kengayadi;
•tana bo’ylab qon aylanishi yengillashadi;
•organizmni turli omillar ta’siariga barqarorligi, immuniteti oshadi.
Zararli miqdordagi infraqizil nurlar ta’siridan himoyalanishda jamoaviy va shaxsiy himoya vositalaridan keng foydalaniladi.
Jamoaviy homoya usullari sifatida: infraqizil nur chiqaruvchi manbalar yuzasini issiqlik himoyalovchilar bilan to’sish, manbalarni yoki ish joylarini himoya pardalari bilan to’sish, ish joylarini harakatlanadigan havo qatlami bilan himoyalash yoki kichik dispersli suv pardalari bilan to’sish, umumiy shamollatish va havoni namlatish uskunasi (konditsioner) bilan namlashni qo’llash mumkin.
Infarqizil nurlanish ta’siriga qarshi himoya vositalari ish joylarida 0,14 Vt / m2 dan oshmaydigan issiqlik yo’lagini hosil qilishi, issiqlik manbai ichidagi haroratda 100°S gacha bo’lganda yuza qismidagi harorat 35°S dan va 100°S dan yuqori bo’lganda 45°S dan ko’p bo’lmasligini ta’minlashi lozim.
Konstruktsiaysi jihatidan issiqlikdan himoyalovchi materiallar quyuq surtiladigan (mastik) vosita, mustahkam zichlikdagi o'rovchi ip-gazlamali, mineral tolali, asbestli, (brezent, asbest) materiallardan bo'lishi mumkin.
Infraqizil nurlardan himoyalanish uchun, shaxsiy himoya vositalari sifatida paxta, zig'ir mato, qo'pol matolardan tayyorlangan himoya kiyimlaridan foydalaniladi. Yuqori darajadagi infraqizil nurlanishdan himoyalanish uchun, kiyimlar ustki qismiga yupqa metall qatlami qoplangan matolardan foydalaniladi. Ekstremal sharoitlarda (yong'in o'chirish, va hokazo) ishlash uchun maxsus yuqori issiqlikdan himoyalovchi xususiyatlarga ega kostyumlardan foydalaniladi.
Ishlab chiqarishda, mexanizm va mashinalardan ajralib chiqadigan infraqizil nurlarnishlar xavfsziligini ta’minlash va nazorat qilish SanQvaM №0208-06 “Ishlab chiqarish uskunalari uchun texnologik jarayonlarni va gigiyenik talablarni tashkil etish sanitariya qoidalari” talablari asosida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |