mg/m3
|
Xavf darajasi
|
Modda holati
|
Organizmga ta’sir turi
|
Ammiak
Benzin
Chang:
don
un va yog’och
paxta
tamaki
choy
|
20,0 100,0
4,0
6,0
2,0
3,0
3,0
|
4
4
3
4
4
3
3
|
b
b
a
a
a
a
a
|
-
-
A,f
A,f
A,f
A
-
|
Mineral o’g’itlar
|
Superfosfat
Sulfoammiakli o’g’itlar
Fosforantlar
Kaliy xlorid
Kaliy sulfat
Ammofos
Kaliy nitrat
|
5
25
6
5
10
6
5
|
3
4
4
3
3
4
3
|
a
b-a
a
a
a
a
a
|
-
-
0
-
-
F
-
|
Pestitsidlar
|
Gensaxlorbutadiyen
Geterofos
Karbofos
Metafos
Ftalofos
Bayleton
Vitavaks
|
0,005
0,02
0,5
0,1
0,3
0,5
1,0
|
1
1
2
1
2
2
2
|
b
b-a
b-a
b-a
b-a
b-a
a
|
-
-
-
-
-
-
-
|
Eslatma; b-bug’ yoki gazlar; a-aerozol; b-a- bug’ va aerozollarning aralashmasi; 0-ta’sir qilish mexanizmi o’tkir yo’naltirilgan moddalar. A-ishlab chiqarish sharoitida allergik kasalliklarni keltarib chiqarishi mumkin bo’lgan moddalar; f-fibrogenli ta’sir etadigan aerozollar.
Shovqin. Turli chastota (Gs) va kuchga (dB) ega bo’lgan tovushlar jamlammasi shovqin deb yuritiladi. Shovqin darajasi dB-detsibel va tig’izligi (chastotasi)-Gerslarda o’lchanadi. Barcha turdagi mashina va mexanizmlar ishlayotgan joylarda, detallarni o’zaro ta’siri natijasida shovqin yuzaga keladi. Ish joylarida yuzaga keladigan shovqinlar darajasi, tig’izligi va davomiyliga qarab, kishilarni sog’lig’iga turlicha ta’sir ko’rsatib, turli kasallanishlar va jarohatlanishlarni kelib chiqishiga sabab bo’ladi.
Tabiiy havoning tarkibiy qismi 3. 2-jadval
Tabiiy havo tarkibidagi gazlar
|
Havodagi miqdori, %
|
Gazlar nomi
|
Havodagi miqdori, %
|
Azot
|
78,09
|
Vodorod
|
0,00005
|
Kislorod
|
20,55
|
Ksenon
|
0,000008
|
Karbonat angidridi
|
0,03
|
Ozon
|
0,000001
|
Argon
|
0,93
|
Metan
|
0,0002
|
Geliy
|
0,0052
|
Is gazi
|
0,0001
|
Neon
|
0,0018
|
Radon
|
6.10-18
|
Kripton
|
0,0001
|
|
|
Shovqinning turlari, tasnifi va ruxsat etilgan darajasi to’g’risidagi ma’lumot va talablar hamda o’lchash usullari SanQvaM 0325-16 “Ish joylarida shovqinning ruxsat etilgan darajasi” hamda davlatlararo Mehant xavfsizli standartlar tizimi ГОСТ 12.1.003-2014 Система стандартов безопасности труда ССБТ. Шум. Общие требования безопасности va ГОСТ 12.1.050-86 ССБТ. Методы измерения шума на рабочих местах da keltirilgan.
Insonning jismoniy va biologik imkoniyatlari 16 Gs dan 20000 Gs oraliqda bo’lgan tovush va shovqinlarni sezish imkoniyatiga ega. 16 Gs dan kichik va 20000 Gs dan yuqori bo‘lgan chastotadagi tovush va shovqinlarni kishi eshitmaydi va his etmaydi. Bu tovushlar infra va ultra tovushlar deb yuriniladi.
Kundalik faoliyat davomida ko’p uchrab turadigan 50-60 dB miqdordagi shovqinlar, inson asab tizimiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatib, asabni zo’riqishi, stress holatlarni kelib chiqishi, qon bosimining oshishi, yurak kasalliklarini kelib chiqishi va oshqozonni kasallanishiga sabab bo’ladi. Ayniqsa, bunday turdagi shovqinlar aqliy faoliyat bilan shug’ullanuvchilarning mehnat samaradorligini keskin tushib ketishiga sabab bo’ladi.
Shovqin darajasi 85—90 dB bo’lgan ish joylarida ishlayotgan har qanday kishining birinchi navbatda yuqori chastotadagi tovushlarni eshitish qobiliyati susayadi. Uzoq vaqt kuchli shovqin ta’sirida ishlagan odam tez toliqib, befarq, hatto kar bo‘lib qolishi, ya’ni kasb kasalligiga uchrashi mumkin. Bundan tashqari, yuqori darajadagi shovqin muhitida uzoq vaqt davomida bo’lgan shaxslarda asabiylashish, toliqish jarayoni tezlashadi, hissiy reaksiyalari susayib, jarayonlardagi mexanizmlar signallarini eshitish, ko’rish yoki nazorat qilish qobiliyati keskin pasayib ketib, natijada turli jarohatlanish va baxtsiz holatlarni kelib chiqishiga sabab bo’ladi.
120 dB dan yuqori darajaga ega bo’lgan shoqinlar kishining eshitish a’zolariga jiddiy jarohat yetkazishi mumkin. Ayniqsa, shovqin darajasi 145 dB ga yetganda quloq pardalari jarohatlanib, kishi umrbod nogiron bo’lib qolishi mumkin.
Zararsiz va oddiy shovqinlar darajasi 40 detsibelgacha bo’lib, adabiyotlardagi ma’lumotlarga asosan, belgilangan darajadagi miqdordan yuqori bo’lgan shovqin darajasi va jadallik, kishining umrini 3-12 yilgacha qisqartirishi, yosh organizmning o’sish tezligini 15-57% gacha kamaytirishi mumkin. Sanoat korxonalarini loyihalashtirishdagi sanitariya me’yorlari, qurilish qoidalari va me’yorlaridagi talablarga binoan, ishlab chiqarish korxonalarining xonalari va ularning hududlarida ruxsat etilgan shoqin me’yori ish turiga qarab 50 -80 dB dan ko’p bo’lmasligi belgilab qo’yilgan.
Ish beruvchi ishchilarga shovqin ta'sirini kamaytirishni ta'minlash uchun mas'ul hisoblanadi. Birinchidan, shovqinni kamaytirish bo’yicha tegishli tadbirlarni ishlab chiqish orqali gigiyena standartlariga rioya qilinishini va ishchilarga shovqin ta'sirining xavfini kamaytirishni ta'minlashi maqsadida quyidagi ishlarni amalga oshirishi lozim:
- xodimning eshitish qobiliyatini yo'qotish xavfini baholash;
- xavfning maqbul darajasini hisobga olgan holda ish joylarini loyihalash;
- past shovqinli mashinalardan foydalanish;
- shovqin va titrash tarqalishiga to'sqinlik qiladigan materiallar va inshootlardan foydalanish;
- shovqin ta’siriga nisbatan sog’lom va muntazam tibbiy ko'rikdan o'tishni talab etmaydigan shaxslarni jalb qilish;
- ishchilarni mashinadan to'g'ri foydalanishga o'rgatish;
- shoqin ta’siridan himoyalanish uchun qabul qilgan choralarga rioya qilmagan xodimga nisbatan qo'llanilishi mumkin bo'lgan jazolash turidan xabardor qilish;
- mashina va mexanizmlarni shovqin chiqarish xususiyatlarini muntazam monitoringini o'tkazish;
Agar ishlab chiqarish jarayoni ish joyida shovqinni gigienik me'yor darajasiga tushirishga yo'l qo'ymasa, shovqinga qarshi shaxsiy himoya vositalarini qo'llash tadbirlarini amalga oshirishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |